O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

11.4. Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik 
Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik - davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslar 
va ularning hayvonlarini (agar bo‘lsa) vaksinatsiya - (emlash) haqidagi belgilangan 
talablarga rioya etilishini tekshirish bilan bog‘liq yumushlardir. Bu rasmiyatchilikka 
rioya etilishi nazorati chegara punktlaridagi sanitariya xizmatlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Nazorat, tekshiruvda odatda mamlakatdan chiquvchi, unga kiruvchi 
turistlar va sayohatchilarning emlangani haqida xalqaro sertifikatlari bor-yo‘qligi 
ko‘zdan kechiriladi. Emlanganlik haqida sertifikat - uning egasini ayrim yuqumli 
kasalliklar (chuma, xoleravabo, bezgak, chechak va boshq.)ga qarshi emlanganini 
tasdiqlovchi guvohnoma. Sertifikat mamlakat rasmiy tibbiy tashkilotlari tomonidan 
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining belgilangan shaklida beriladi. U 
mamlakatga boradigan turistlar uchun juda muhim, chunki turistlarga o‘sha hujjat 
bo‘lgandagina borayotgan mamlakatiga kirishga ruxsat beriladi.
Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilikda sayohatchilar va turistlarni zarur hollarda 
joyida yoki ularni vaqtincha karantin izolyasiyasida yuqumli kasalliklar tarqatilishi 
ehtimoliga qarshi emlash ko‘zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib borayotgan 
hayvonlar uchun tegishli veterenariya sertifikatlari talab qilinadi. Belgilangan 
sanitariya (tibbiy) qoidalariga turistik safarlarda rioya etilishi bevosita turistlarning 
hayoti va salomatligi xavfsizligi bilan bog‘liq. Butunjahon turistik tashkiloti - BTT 
ning 1995 yil oktyabrdagi o‘ninchi assambliyasida BTTning oziq-ovqat mahsulotlari 
ustidan sanitariya nazorati, safarlar xavfsizligi, turistlar salomatligini muhofaza 
qilishdagi choralarni qo‘llab-quvvatlanishiga erishishi e‘lon qilindi. O‘z navbatida 
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) xorijga safar chog‘ida emlash 
to‘g‘risidagi guvohnomaga talablar ishlab chiqdi. Ushbu talablar turistik tashkilotlar 
va turistlarning o‘zlari uchun ham Amaliy qo‘llanma bo‘lib xisoblanadi. Shuningdek, 
@TDIU_ARM


152 
BSST «Epidemiologik yilnoma» va tavsiyalar chiqarmoqda. Ular xavfli, yuqumli 
kasalliklarning oldini olish, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik (shu jumladan, turizm) ga 
qaratilgan. BSST bilan ishchi bitimga ega. Unga muvofiq sanitariya (tibbiy) 
rasmiyatchilik to‘g‘risidagi joriy axborotlar BTTning Xorijiy turizm – chegara 
rasmiyatchligi» yillik nashrida e‘lon qilinadi. BSSTning xalqaro sanitariya (tibbiy) 
tartib-qoidalari 1951- yildan buyon amal qilib kelinmoqda. Ma‘lum sanitariya 
(tibbiy) tartib-qoidalari mavjud bo‘lib, ular sayohat chog‘ida xavfli yuqumli 
kasalliklardan qochish imkonini beradi. Ushbu qoidalar turistik korxonalar tomonidan 
majburiy tartibda turistik yo‘llanmaga ilova tarzida safardan_oldin mijozlarga 
ma‘lumot shaklida etkazilishi kerak.
Tipovoy (namunaviy) shakldagi turistik yo‘llanmada eslatma bor. Undagi 
axborotga muvofiq turist sayohat uchun to‘lovdan va uni imzolashidan oldin 
boradigan mamlakati, unda o‘zini tutish xususiyatlari bilan tanishib chiqishi shart. 
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, turistik rasmiyatchilik xalqaro sayohatlar 
elementlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu odamlarni o‘z milliy hududidan 
xorijga chiqishi bilan bog‘liqdir. Xalqaro turizmdan manfaatdorlik turli davlatlarda 
turizm sohasidagi turistik rasmiyatchilikning soddalashtirish imkoniyatlari hisobga 
olingan holda milliy siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi. Chunki haddan tashqari 
ko‘plab talablar mamlakatga turistlar oqimini kamaytiradi, ular bo‘ladigan mamlakat 
daromadlariga salbiy ta‘sir o‘tkazadi. Tashrif imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. 
Turistik korxonalar o‘z faoliyatida barcha rasmiyatchiliklarni tashkiliy yo‘l bilan hal 
etib, mijozlarni o‘z vaqtida xabardor qilishlari va ularni viza bilan, boshqa 
maslahatlar, tavsiyalar o‘z vaqtida ta‘minlashlari zarur.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling