O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

11.3. Bojxona rasmiyatchiligi 
Bojxona rasmiyatchiligi - davlat chegarasidan o‘tishida shaxslarning tovar va 
buyumlarni olib chiqish, olib kirishi bilan bog‘liq tartib-qoidalarga amal qilishidir. 
Bojxona rasmiyatchiligini amalga oshirish chegara punktlarida bojxona xizmati 
zimmasiga yuklangan. Turistlar uchun bojxona rasmiyatchiligi odatda bojxona 
deklaratsiyasi to‘ldirish, zarurat tugilganda yuklarni ko‘zdan kechirish bilan 
bajariladi. Bojxona deklaratsiyasi - davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida 
yo‘lovchilar, turistik organlarning o‘zlari bilan olib kelinayotgan yuklar yoki alohida 
buyumlar va tovarlar haqida bojxona nazorati uchun takdim etadigan yozma 
arizasidir. Bojxona deklaratsiyasi odatda belgilangan shakldagi maxsus blankaga 
tuziladi. Bojxona nazoratidan o‘tayotgan shaxs bojxona dekloratsiyasini shaxsan o‘zi 
to‘ldirishi shart.
Bojxona nazorati - mamlakat qonunchiligiga rioya etish maqsadida bojxona 
organlari tomonidan tegishli choralarni amalga oshirish hisoblanadi. Bojxona nazorati 
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan 
o‘tkaziladi: - bojxona uchun zarur ma‘lumotlar va hujjatlarni tekshirish; - transport 
vositalari va tovarlarni bojxona ko‘rigi, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish bojxona nazorati 
mutloq shakli; - transport vositalari va tovarlar hisobi; - jismoniy va huquqiy 
shaxslarning og‘zaki so‘rovi; - hisobdorlik va hisob tizimini tekshirish va boshq. 
Bagaj ko‘rigi - davlat chegarasini kesib o‘tayotgan yo‘lovchilar bagajini bojxona 
nazorati vakillari tomonidan tekshiruv – ko‘rikdan o‘tkazilishi. Shuningdek 
tashkillayotgan bagajga belgilangan bojxona poshlinasini undirish.
Bojxona poshlinasi - davlat chegarasi orqali o‘tkazilayotgan tovarlar uchun 
belgilangan ta‘rif bo‘yicha bojxona nazorati organlari tomonidan olinadigan pul 
yig‘imi. Jismoniy shaxslar uchun bojxona rasmiyatchiligi va tovarlar nazoratining 
quyidagi tartiblari mavjud: Jismoniy shaxslar imtiyozli va soddalashtirilgan tartibda 
@TDIU_ARM


150 
tijoriy faoliyat yoki ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib o‘tishga 
haqli, jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar bojxona poshlinasidan qisman yoki to‘liq 
ozod qilinishni o‘z ichiga oladi. Soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilgan 
shaxslar bundan mustasno. Alohida kategoriyadagi tovarlar uchun qiymat va 
miqdoriy cheklovlar qo‘llanishi mumkin. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish va 
nazorat uchun ariza berilganda deklaratsiya (bayonnoma)ning soddalashtirilgan 
shakllari qo‘llaniladi: yozma shaklda dekloratsiya uchun maxsus blanka; og‘zaki 
shaklda, boshqa shakllarda, masalan, yo‘lovchilarning «qizil» va «yashil» yo‘lak 
orqali o‘tishi. Bojxona to‘lovlarini soddalashgan usulda olish bojxona to‘lovlarini 
hisoblash uchun yagona bojxona to‘lovlari stavkasini qo‘llanishda aks etadi.
Bojxona yagona to‘lovlari stavkasi majburiy to‘lov shart, tovarlar bojxona 
qiymatidan foiz ulushlarda ifodalangan aniq tovarga xos ma‘lum fizik o‘lchovlarda 
olinadigan to‘lovlarni o‘zida namoyon etadi. Misol uchun, avtomobillar uchun 
bunday birlik dvigatel hajmini o‘lchov birligi hisoblanadi, qo‘lda bagajda olib 
o‘tiladigan tovarlar uchun esa – og‘irlik (kg) birligi va boshq. Yagona stavka 
bo‘yicha to‘lovlarga odatda tovarlarni saqlash uchun bojxona yig‘imlari kirmaydi. 
Shuningdek bojxona organlari ish vaqtidan tashqari va bu oy uchun belgilanmagan 
tovarlarni bojxona rasmiylashtirish ham bunga kirmaydi. Tijoriy foydalanish uchun 
tovarlar odatdagi tartibda rasmiylashtiriladi.
Bunda bojxona yuk dekloratsiyasi, bojxona to‘lovlari umumiy tizimi iqtisodiy 
siyosat choralari va boshqalar qo‘llanishi bilan amalga oshiriladi. Soddalashtirilgan 
tartibda yozma deklaratsiya to‘lg‘azish chog‘ida shaxslar o‘zlari olib kslayotgan 
bagajdagi aniq soni ko‘rsatishi shart, ya‘ni bojxona nazorati uchun taqdim etiladigan 
valyuta va qimmatbaho buyumlar, deklaratsiya shaklda ko‘zda tutilgan undagi 
buyumlar ro‘yxati, qo‘lda olib o‘tiladigan buyumlar. Ma‘lum qilingan ma‘lumotlar 
to‘g‘riligi bojxona rasmiy- lashtirilishida nazorat qilinadi. Bojxona deklaratsiyasi 
rasmiylashtirilgach va bojxona nazorati tugagach, bojxona xodimi tomonidan 
tasdiqlanadi. Shundan keyin yo‘lovchiga qaytiriladi va deklaratsiyada ko‘rsatilgan 
buyumlar, valyuta va qimmatbaho narsalarni to‘siqsiz chetga olib ketish yoki chetdan 
olib kelish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tranzit bilan ketayotgan shaxslar 
151 
tomonidan to‘ldirilgan bojxona deklaratsiyasi kirishda bojxona punktida tasdiqlanadi 
va chiqish bojxona punktida ko‘rsatilgan shaxsga beriladi. Bojxona deklaratsiyasi 
yo‘qotib qo‘yilganda yangilanmaydi, chegara orqali boradigan shaxs o‘zida mavjud 
valyuta, qimmatbaho bumlarni maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan bojxona 
chegarasidan to‘siqsiz olib o‘tish huquqidan mahrum qilinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling