13.2. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab
chiqarish tarmoqlari turlari
Hunarmandchilik – milliy an‘analar xususiyatini saqlab qolgan holda, oddiy
mehnat qurollari yordamida yakka tartibda mayda tovarlar ishlab chiqarish sohasi
hisoblanadi. Bu soha respublikamizda qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, u quyidagi
tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: - kulolchilik; - duradgorlik; - temirchilik; - zargarlik; -
zardo‘zlik; - buyoqchilik;
- tunukasozlik; - terichilik; - etikdo‘zlik; - o‘ymakorlik; - tikuvchilik; -
to‘qimachilik va boshq. Hunarmandchilik uchta shakldan iborat bo‘lib, u uy
hunarmandchiligi, buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik va
bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmanchilikka bo‘linadi. Bularning ichida
eng ko‘p tarqalgan shakli uy hunarmanchilik sohasi ya‘ni kasanachilik bo‘lib
hisoblanadi. Kasanachilik xalqimiz o‘rtasida xalqimiz o‘rtasida chuqur
ixtisoslashgan soha bo‘lib, o‘z tarkibiga xilma-xil kasb egalarini qamrab oladi.
Jumladan terini qayta ishlovchi ko‘nchilar, etikdo‘zlar, maxsido‘zlar, kavushchilar,
167
telpakchilar, po‘stinchilar, egar-jabduqchilar, kamarchilar, to‘qimachilar (bo‘zchilar,
atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar va boshq.), metallni ishlash sohasida
(temirchilar, taqachilar, misgarlar va boshq.), tikuvchilik (chevarchilik, kashtachilik
h.k.) duradgorlik, kulolchilik kabi kabi kasblardir. Ma‘lumki, respublikamizda
hunarmandchilik sohasining asosiy markazlari bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Urgut,
Buxoro, G‘ijduvon, Shahrisabz, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Chust,
Marg‘ilon, Xiva kabi shaharlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni
qo‘lga kiritgandan so‘ng hunarmandchilik sohasi ham bozor iqtisodiyoti qoidalari
asosida rivojlana bormoqda. Respublikamizdagi barcha hunarmandchilik korxonalari
davlat tasarufidan chiqarilgan va hunarmandlarning xususiy mulkiga aylantirilgan.
Keyingi paytlarda hunarmandchilik korxonalari faqat ichki bozorga emas, balki
eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilik sohasida kichik oilaviy korxona va
yakka tartibdagi mehnat faoliyati shakllari rivojlanib bormoqda.
1997- yilda respublika xalq amaliy san‘ati va hunarmandlari ustalarining
«Usto» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tuzildi. Respublika Prezidentining 1997-
yil 31 martidagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘atini yanada
rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
farmoni va boshqa tadbirlar O‘zbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada
rivojlanishida, uning unitilgan ba‘zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Hozirgi kunda respublikamizdagi barcha hunarmandlar maxsus tashkilot –
«Hunarmand»
Do'stlaringiz bilan baham: |