O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
O‘zbekiston mehmonxonalarini rivojlantirishda sarmoyalar va
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
12.4. O‘zbekiston mehmonxonalarini rivojlantirishda sarmoyalar va
ularning roli Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish va tarmoqlar iqtisodini jadal rivojlantirish sarmoyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda sarmoyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish 161 va investitsiya faoliyatini boshqarish o‘zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo‘jalik yuritishning zamonaviy yo‘lini tanlash investitsiya siyosatni ham tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Investitsiya siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya‘ni investitsiya jara topshirishgailarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish, mamlakatda investorlar uchun to‘laqonli raqobatni ta‘minlash, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bugungi kunda sarmoya va investitsiya jarayoniga turli olim va amaliyotchilar har xil nuqtai nazardan qaraydilar, ayrim olimlar sarmoyani hali «kapital quyulmalar», «kapital qurilish», kategoriyalariga tenglashtirib keladilar. Aslini olganda, sarmoya hajmi jihatidan ham hozir aytilgan kategoriyalardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyotida ushbu katigoriyalar sarmoyalarningn tarkibiy qismidir. Sarmoyaning mehmonxona menejmentini rivojlantirishdagi iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritiladigan bo‘lsa, bu o‘rinda sarmoya tushunchasining moliyaviy, mulkiy va intelektual qadriyatlarini takror ishlab chiqarishni unutmaslik kerak. Ko‘pgina mehmonxona menejmentidagi iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning asarlarida mehmonxona menejmentiga qo‘yilgan sarmoyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolar to‘g‘risida fikrlar mavjud. Mehmonxonalarda va turistik majmualarda xizmat ko‘rsatish — inson faoliyatining sohasi bo‘lib, insonning dam olish, turizm, ish safarlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-madaniy, informasion, sog‘lomlashtiruvchi va boshqa extiyojlarini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Mehmonxona servisi mutahassisi iste’molchilarga yuqori samarali xizmat ko‘rsatadi, ularning mehmonxonalarda va turistik majmualarda yashashlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi, xodimlarning ishini nazorat qiladi, mehmonxonalar va turistik majmualardagi xonalarda tozalik va tartibning ta’minlanishini kuzatadi, ya’ni mehmonxona servisi sohasida barcha tashkiliy-koordinasion vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, u mehmonxona biznesining marketing faoliyatini boshqarish, valyuta va to‘lov hujjatlari bilan muomala qilish, hamda horijiy tilde muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. @TDIU_ARM 162 Ushbu mutahassislik talabalari quyidagilarni o‘rganadilar: x tarix, falsafa asoslari, horijiy til; x informatika, ahborot-kommunikasion tehnologiyalar; x menedjment, buhgalterlik hisobi, hayot faoliyati xavfsizligi, professional faoliyatning huquqiy va hujjatli ta’minlanishi; x mehmonxonalar binolari va muhandislik tizimlar, mehmonxona xizmatlarini bronlash xizmatlarining faoliyatini tashkil etish, mehmonlarni qabul qilish, joylashtirish va ro‘yhatdan chiqarish xizmati, mehmonlarga yashash mobaynida xizmat ko‘rsatish, mehmonxona mahsulotlarining sotilishini tashkillashtirish. Katta ahamiyat quyidagi masalalarga beriladi: turistlarga mehmonxonalarda, turistik majmualarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish, mehmonxona mahsuloti iste’molchilarining talablarini o‘rganish, taqdim etilayotgan xizmatlarning hilma hilligi masalasi, huquqiy, me’yoriy va hisob hujjatlarini olib borish. Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari professional faoliyatning quyidagi turlariga tayyorlangan: x mehmonxona xizmatlarini bronlash; x mehmonlarni qabul qilish, joylashtirish va ro‘yhatdan chiqarish; x mehmonlarga yashash mobaynida xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtirish; x mehmonxona mahsuloti va xizmatini sotish; x mehmonxona hodimlarini boshqarish. Ishga joylashish O‘qish jarayoni nihoyasiga yetgach bitiruvchilar muvaffaqiyatli tarzda quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradilar: x mehmonxonalarda, turistik va mehmonxona majmualarida, sanatoriylarda, pansionatlarda, dam olish uylarida. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling