O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch so‘zlari: standartlash, tushunchasi, mohiyati, hozirgi zamon, yangi 
modeli, tushunchasi, xizmatlar, xavfsizligi, talab, mahsulotlar, xavfsizligi, atrof-
143 
muhit, hayot, salomatlik, sifati, fan taraqqiyoti, texnika va texnologiyalar, xorijiy 
standartlar.
Nazorat savollari: 
1. Standartlashtirish deyilganda nima tushuniladi va u nimaga mo‘ljallangan?
2. Standartlarning qanday xususiyatlarini bilasiz va ularni amaliy faoliyatda 
qo‘llanish standart belgilarining ayting?
3. Aholiga ko‘rsatiladigan ko‘p qirrali xizmatlarda turistik xizmatlar qanday 
o‘rinni egallaydi?
4. Qanday standartlar talablari barcha turistik xizmatlar uchun majburiy 
hisoblanadi? 
 
 
@TDIU_ARM


144 
11-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA 
RASMIYATCHILIK 
11.1. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasida rasmiyatchilik tushunchasi 
va uning mohiyati.
11.2. Pasport - viza rasmiyatchiligi.
11.3. Bojxona rasmiyatchiligi. 
11.4. Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik.
 
11.1. Turizmda rasmiyatchilik tushunchasi va uning mohiyati 
Sayohat jarayonida turist davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida bajirilishi 
shart hisoblangan turli xil rasmiyatchiliklarga duch keladi. Turistik rasmiyatchilik - 
qonun va amaldagi belgilangan tartiblarga ko‘ra, turistik sayohatni rasmiylashtirish 
va takomillashtirish nuqtai nazaridan majburiydir. Shuningdek, chegarani kesib o‘tish 
bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish hisoblanadi. Turizm sohasida rasmiyatchilik 
pasport - viza, bojxona, sanitariya (tibbiy) tartiblar, valyuta nazorati va valyuta 
almashtirish, mamlakatga kelish va harakatlanish, immigratsiya tartiblari va boshqa 
yumushlarga bo‘linadi. Turizm sohasida turli xalqaro tashkilotlar faoliyati va xalqaro 
hamkorlik bunday rasmiyatchiliklarni soddalashtirish yo‘lidan borayapti. Bu xalqaro 
turizm va sayohatni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. 
Turistik rasmiyatchilikni soddalashtirish obyektlari butun bir qator xalqaro bitimlar 
va shartnomalar hisoblanadi: - fuqaro aviatsiyasining 1944- yil xalqaro tashkiloti 
(IKAO) Chikago konvensiyasi; - 1951- yil Butunjahon sog‘liqni saqlash 
tashkilotining xalqaro tibbiyot qoidalari; - 1965- yil xalqaro dengiz tashkilotining 
xalqaro dengiz transporti hamkorligi bo‘yicha konvensiyasi; - bojxona yumushlari 
(Kioto konvensiyasi)ni uyg‘unlashtirish va soddalashtirish bo‘yicha (kelishish) 
xalqaro konvensiyasi, 1973- yil; - Evropada hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha 
yigilishi xulosaviy hujjat, 1975- yil; - turizm sohasida xalqaro siyosat bo‘yicha OESR 
Soveti tavsiya qarorlari, 1985- yil; - Evropa hamjamiyatining yagona Evropa hujjati 
1987- yil; - turizm bo‘yicha xalqaro parlamentning Gaaga dekloratsiyasi 1998- yil; - 
Shengen bitimini qo‘llash haqida konvensiya 1985- yil. BTT Butunjahon turistik 
tashkiloti turistik rasmiyatchiliklarini soddalashtirishga alohida ahamiyat berib, 
tsgishli qismida tavsiyalar paketini ishlab chiqdi va qabul qildi:
145 
- pasport rasmiyatchiligi: pasport xizmatiii detsentralizatsiya qilish; xorijiy 
pasportlarni rasmiylashtirish yumushlarini soddalashtirish va muddatini qisqartirish: 
maqbul yig‘imlarni joriy etish; pasport amal qilish muddatini cheklanmagan safarlar 
bilan kamida 5 yilga belgilash; xorijiy pasportni olib ko‘yish huquqisiz egasida 
saqlash; IKAO standartlariga muvofiq pasportlarga kompyuter tizimi yordamida 
tekshirish imkonini beradigan belgilar kiritish; - viza rasmiyatchiliklari: 3 oy 
muddatgacha vizasiz borish; bir yoki bir necha marta barcha manzillar va barcha 
marshrutlar bo‘yicha borib kelishga 12 oy muddatga berilgan vizalarni amal qilishini 
keng yoyish, bunda ushbu muddatga berilgan viza bilan turistga hamma yo‘llar ochiq 
va har qanday transportdan foydalanishi mumkin. Ushbu vizani bir qator davlatlar 
o‘zaro tan olishishi, nazorat-o‘tkazish punktida kirishga ruxsat berilgan hollari 
bundan mustasno; bojxona dekloratsiyasida ko‘rsatilgan miqdorda valyuta olib chiqib 
ketishga ruxsat berish; badavlat tashrif buyuruvchilar va turistlarga valyuta 
almashtirishning koidalari va joriy kursi haqida to‘liq axborot berish; majburiy tarzda 
chiqish nazorat – o‘tkazish punktlarida tegishli axborotlarni joylashtirish; kelgan 
mamlakatdan qaytib ketayotganda valyuta almashtirishni ta‘minlash imkoniyatini 
yaratish; olib ketilayotgan valyutani faqat ixtiyoriy ravishda almashtirish.
Turistlarga o‘z mamlakati bo‘ylab qaytishi uchun zarur miqdorda milliy pul 
birligiga ega bo‘lish huquqini yaratish; - bojxona rasmiyatchiligi: turistlardan kirish - 
chiqishda yig‘imlar, soliq va poshlina undirish; alohida tovarlar turlari va ma‘lum 
soni bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona poshlinasidan tashqari; biletlar, 
yo‘llanmalar, safarlar qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘im bilan birga tashrif 
buyuruvchilarning bevosita turistik ob‘ktlari yangilangani uchun bilvosita soliqqa 
tortish tarkibi qoidalariga ko‘ra undiriladigan soliq va yig‘imlarni qo‘shish; - tibbiy 
rasmiyatchilik va turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatish: tibbiy turistik axborotlar 
xarakterida barcha manfaatdor shaxslar, milliy guristik tashkilotlar va sog‘liqni 
saklash organlari bilan hamkorlikni kengaytirish; turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatish 
va tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha ko‘p tomonlama davlat shartnomalari tuzish; barcha 
turistlarga so‘zsiz kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish; o‘tkir shaklda 
kasalanganda yoki o‘lim ruy berganda darhol konsullikka va qarindoshlariga xabar 
@TDIU_ARM


146 
berish: jasadni vataniga eltish yoki dafn qilish; talab qilinadigan hujjatlarni zudlik 
bilan rasmiylashtirish. Ushbular turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida aksini 
topgan turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish prinsiplaridan kelib chiqadigan 
tavsiyalarga asoslangan.
Turistik rasmiyatchilik xorijiy turistlarni davlat hududiga kirishi va bo‘lishiga 
qo‘yiladigan tartiblar, talablar va qoidalarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, ularning 
belgilangan va aniqlangan doirada harakat qilishi mutlaqo o‘sha davlatlarning huquqi 
hisoblanadi. Turistik siyosatni ishlab chiqishda ko‘rsatkichlar muhim elementi bo‘lib 
turizmdan keladigan daromad hisoblanadi. Bu ko‘pincha mazkur korxonalardan 
tushumlar va xarajatlar mikdori bo‘yicha aniqlanadi. Nazardan qochirmaslik kerak, 
turistik rasmiyatchilikdan ko‘zda tutilayotgan murakkablik, ham birinchi, ham 
ikkinchi ko‘rsatkichlar pasayishiga ta‘sir qilishi mumkin.
Pasport-viza rasmiyatchiligi va milliy hudud bo‘yicha xorijiy fuqarolar 
yurishini rasmiylashtirish murakkab bo‘lib, turistik oqimlarning kamayishiga olib 
keladi. Shuningdek, xorijliklarni diqqatga sazovor joylarga borishini cheklab qo‘yadi. 
Bu o‘z navbatida turistik korxonalar daromadlarini kamaytiradi va xorijliklarni ushbu 
mamlakatda bo‘lganida xarajatlarini cheklaydi. Turistik rasmiyatchilik turistik 
korxonalar xorijiy mamlakatlarga uyushtiradigan safarlarda hisobga olinadigan tashqi 
muhit omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U yokibu mamlakatga uyushtiriladigan 
safarlar chog‘ida turistlarni unga kirishi va bo‘lishinita‘minlash uchun zarur 
yumushlar va tartiblarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling