O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


“Xizmatlar” tushunchasi va ularning turlari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

10.2. “Xizmatlar” tushunchasi va ularning turlari 
“Aholiga xizmat ko‘rsatish” standarti amalga joriy etildi. Ushbu xujjatga 
muvofiq “Xizmat” natijasi, shuningdek ijrochining iste‘molchi ehtiyojini qondirish 
bo‘yicha o‘z xususiy faoliyati tushuniladi. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar 
mo‘ljallangan vazifasiga ko‘ra, moddiy va ijtimoiymadaniyga bo‘linadi. Moddiy 
xizmat - bu xizmat iste‘molchining moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha 
ko‘rsatiladigan xizmatdir. Moddiy xizmat buyumlarning iste‘mol xususiyatlarini 
tiklash (saqlash, o‘zgartirish)ni ta‘minlaydi yoki fuqarolarning buyurtmasiga ko‘ra, 
135 
yangi buyumlarni tayyorlaydi. Shuningdek, yuklarni va odamlarni ko‘chirish, 
iste‘mol uchup sharoit yaratish maqsadini ko‘zda tutadi. Xususan, moddiy 
xizmatlarga buyumlarni ta‘mirlash va tayyorlash bilan bog‘liq maishiy xizmatni, uy 
joy kommunal xizmatini, umumiy ovqatlanish xizmatini, transport xizmati va 
boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy - madaniy xizmat - bu iste‘molchining ma‘naviy, itellektual ehtiyojini 
qondirish va uning risoladagidek hayot faoliyatini qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha 
ko‘rsatiladigan xizmatdir. Ijtimoiy madaniy xizmat shaxsning ma‘naviy va jismoniy 
rivojlanishi, salomatligini tiklash, kasbiy mahoratini oshirish imkonini beradi va 
ta‘minlaydi. Ijtimoiy-madaniy xizmatlarga tibbiy xizmat, madaniy xizmat, ta‘lim va 
turizmni, boshqalarni kiritish mumkin. Shunday qilib, standart aholiga 
ko‘rsatilayotgan ko‘p qirrali xizmatlar orasida turistik xizmatning o‘rnini aniqlash 
imkonini beradi va ularni ijtimoiy-madaniy xizmatlar sirasiga kiritish mumkin. 
«Turistik xizmatlar, Umumiy talablar»ga muvofiq turistik xizmatlar - turistlarning 
tegishli ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha turistik korxona faoliyati natijasidir.
10.3. Turistik xizmatlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
standartlashtirish talablari 
O‘zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq barcha turdagi turistik xizmatlar uchun quyidagi 
talablar majburiy hisoblanadi: - hayot va salomatlik xavfsizligi; - ekskursiyachilar va 
turistlar mulkining tabaqalanishi; - atrof- muhitni muhofaza qilish. O‘zbekistonda 
birinchi marta «Turistik - ekskursion xizmat ko‘rsatish. Turistlar va ekskursiyachilar 
xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha talablar» standarti amalga joriy etildi. Bu turistik 
xizmatlarni majburiy sertifikatsiyalash chog‘ida asosiy xujjat bo‘lib hisoblanadi. U 
aholiga turistik xizmat ko‘rsatuvchi hamma korxonalar, tadbirkor fuqarolar uchun 
tashkiliy-huquq shakldagi mezon vazifasini bajaradi. Turistik xizmat ko‘rsatish 
chog‘ida ushbu standartga muvofiq turistlar salomatligi va hayoti uchun ham oddiy 
sharoitda ham favqulodda vaziyatlarda (tabiiy ofatlar chog‘ida va boshq.) maqbul 
darajasi taminlanishi lozim.
@TDIU_ARM


136 
Turistik xizmat ko‘rsatishda inson sog‘ligi va hayoti uchun xavf-xatar quyidagi 
sharoitlarda vujudga keladi: - xatar manbai mavjudligi; - ushbu manbaning inson 
uchun xavfli darajaga etishi; - insonning xavf manbi ta‘siriga mahkumligi. Zararli 
omillar (xatar omillari) turizmda quyidagi tarzda klassifikatsiyalanishi mumkin: - 
jarohat xavfi; - atrof-muhit ta‘siri; - yong‘in xavfi; - biologik ta‘sir; - ruhiy-jismoniy 
zo‘riqish; - nurlanish xavfi; - kimyoviy ta‘sir; - gazlanish va changlanishning 
yuqoriligi; - xavf-xatarning spetsifik omillari; - boshqa omillari. Jarohat xavfi 
mexanizm va predmetlarni, murakkab relefli joydagi jismlarni, tog‘qatlamlari (tosh 
qulashi, sel kelishi, qor ko‘chishi) ni ko‘chirish tufayli paydo bo‘ladi. Shuningdek, 
turistik jihozlar sifatida foydalaniladigan buyumlar, kiyimlar, poyafzal va 
boshqalarning noqulayligi ham jarohat xavfini keltirib chiqaradi.
Bularga yana xavfli atmosfera hodisalari (atmosfera elektri, chaqmoq, yashin 
va boshq.) ni ham kiritishi mumkin. Turizmda jarohat xavfini kamaytirishni 
ta‘minlaydigan asosiy vositalar qo‘yidagilardan hisoblanadi: - territoriyadagi xavfli 
uchastkalar, mexanizmlar va qurilmalarni ehtiyoj tusiqlari bilan ajratish, 
(ko‘targichlar, arqon yo‘llar, suv havzalari, tog‘chang‘isi va boshq.); - individual 
himoya vositalaridan foydalanish (ehtiyot iplari, murakkab turistik marshrutdagi 
xavfli uchastkalardan o‘tishda bog‘lanmalar, bosh shlyomlari, muz qo‘poruvchi, 
ehtiyot ipchalari jihozlari);
- turistik jihozlar va inventorlarga ergonom talablarga rioya etish; - yashash 
joylari, jamoat binolarida qurilish normalari talablariga turistlarni tashish uchun 
foydalaniladigan transport vositalari texnik xolati tegishli normativ xujjatlari 
talablariga rioya kilish (suzish vositalari, ekskursiya avtobuslari va boshq.); - 
foydalaniladigan uskunalar va inventorlar ekspluatatsiya koidalariga rioya etish 
(liftlar, aravachalar, ko‘targichlar va boshq.); - jarohatdan ogoh etish bo‘yicha 
choralar va xatar omillari haqida turistlarni xabardor qilish; - turistlar xatardan holi 
bo‘lish jarohat olganda nima kilishlari, qanday choralarni ko‘rishlari haqida xabardor 
qilingan bo‘lishlari shart. Atrof - muhit ta‘siri. Atrof-muhit harorati ko‘tarilgan yoki 
pasayganlik, turistlarga xizmat ko‘rsatiladigan zonada namlik va havo 
o‘zgaruvchanligi, barometrik bosimning tushib ketishi bilan shartlangan. 
137 
Turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligini saqlash maqsadida oziq-ovqat 
mahsulotlari tayyorlash, transportda tashishda me‘yoriy hujjatlarda, sanitariya 
qoidalari va me‘yorlarida belgilangan talablarga qat‘iy amal qilinishi kerak. 
Ekskursiyalar, poxodlar va sayohatlar paytida turistlarni transportda tashish aniq 
transport turlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning amaldagi qoidalari talablariga 
muvofiq amalga oshiriladi (avtomobil, temiryo‘l, havo, suv transportlar va 
boshqalar). Turistlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan turistik anjomlar va 
inventorlar amaldagi o‘sha tur jixozlarga belgilangan me‘yoriy hujjatlar talablariga 
mos kelishi zarur. Har bir turistik korxonada favqulodda vaziyatlarga xodimlarni 
maxalliy boshqaruv organlari bilan qutqaruv ishlarida hamkorlikda harakat qilish 
rejalari ishlab chiqilib, tasdiqlanishi kerak (tabiiy ofatlar, yong‘in va boshq). Turistik 
korxona rahbari xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi va harakati uchun 
javobgardir. Turistik korxona turistlarni har bir xizmat aniq xatar elementlari va uni 
bartaraf etish choralari bilan tanishtirishga majbur. Turistlarning hayoti va sog‘lig‘ini 
saqlash uchun zarur axborotlar dam olish boshlanguncha ham, xizmat ko‘rsatish 
jarayonida ham taqdim etiladi. Turistik trassaning tabiiy murakkabligini 
harakterlovchi axborot, turistning shaxsiy jismoniy tayyorgarligi zarur darajasi, 
individual ekipirovka - keyinish xususiyatlari reklama - axborot materiallarida va 
turistik yo‘llanmaga ilova axborot varaqasida o‘z aksini topishi kerak.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling