O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar 
tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — 
qimmatli 
qogʻozlar
(
aksiya

obligatsiya
) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga 
jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, 
tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar. 
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi: 
@TDIU_ARM


158 
1. Ichki investitsiyalar. 
2. Tashqi investitsiyalar. 
Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan 
amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda 
olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga 
qo‘yiladigan investitsiyalardir. 
12.2. Turizm industriyasida xorijiy sarmoyalarning usullari va shakllari 
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada 
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 
intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda 
tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning 
kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning 
hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu 
birinchi navbatda 
foiz to‘lovlari
bilan qaytarishni talab etadigan 
kreditlar
va qarzlarga 
taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt 
o‘tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. 
Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan 
kreditlarninig o‘ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar 
doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi. 
„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston 
Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin: 

chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari; 

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan 
yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar; 

chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar 
yoki uyushmalar; 
159 

chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan 
shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. 
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari 
mavjud: 

ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish; 

100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni 
tashkil etish; 

yirik 
xorijiy 
kompaniya 
va 
firmalarning shoʻʼba 
korxonalari va filiallarini tashkil etish; 

konsessiya va lizing shartnomalari tuzish; 

tenderlar eʼlon qilish; 

erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; 

moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling