O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari. 13.2. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab
Tayanch iboralar: Xalqaro turizmni, xorijiy sarmoyalar, turizm
industriyasida, moliyaviy, siyosati, strategiyasi, mehmonxonalar, sarmoyalar, investorlar, mablag‘, capital. Nazorat savollari: 1. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasining tavsifini bering. 163 2. Turizmdagi aylanma kapitalning tuzilishini tavsiflab bering. 3. Turizm sohasida davlat rag‘batlarining asosiy turlari va ularning ahamiyati. 4. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va mablag‘ bilan ta‘minlashga beriladigan imtiyozlarning turlari. @TDIU_ARM 164 13-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK VA SAVDO XIZMATLARI 13.1. Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari. 13.2. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari turlari. 13.1. Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari Turizm industriyasini rivojlantirishda iqtisodiyotning bir qator aralash tarmoqlari ham anchagina sezilarli ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ular sanoat tarmoqlari, yangi xo‘jalik shakllarini joriy etish, aholining bandlik darajasi, kabilar shular jumlasidandir. Bu aniq bir hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda ahamiyati kattadir. O‘zbekiston Respublikasi hududlarining an‘analarini hisobga olgan holda, bu erda xalq badiiy hunarmandchiligi va badiiy sanoat sohasi, shuningdek mahalliy xalq hunarmandchiligi tarmoqlari ko‘proq istiqbolli yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin. Mamlakat va xorijiy turistlar oqimlarini istiqbolda kutilayotgan ko‘payishi sanoat ishlab chiqarishning bu sektorida sanoat asosida suvenirlarni sifatli va assortimenti bo‘yicha sezilarli darajada rivojlanishiga olib keladi. Mahalliy sanoat tarmog‘i. Mahalliy sanoat respublika iqtisodiyotida xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish bo‘yicha ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Ushbu soha korxonalarida asosan mahalliy xom ashyo resurslaridan turli-tuman xalq iste‘mol mollari ishlab chiqaradi va respublikamiz ichki bozorini xilma-xil tovarlari bilan to‘ldirishda faol eshtirok etadi. Mahalliy sanoat tarkibida metalga qayta ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash (mebellar ishlab chiqarish, xalq hunarmandchiligining zardo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (so‘zana, gulko‘rpa, choyshab, zardevol, palak, kirpech), do‘ppi do‘zlik, to‘nduzlik (chopondo‘zlik), misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, kulolchilik, o‘zbek milliy cholg‘u asboblarini yasash, kosibchilik kabilar alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda respublikamiz mahalliy sanoat tarmoqlarida uch mingdan ortiq xilma-xil madaniy, maishiy, ro‘zg‘or va xo‘jalik mollari ishlab chiqarilmoqda. Mahalliy sanoati tarmog‘i ilk bor o‘tgan XX asrning 20 yillaridan hunarmandlar va kosiblar shirkatlari ko‘rinishida paydo 165 bo‘lgandi. Mahalliy sanoat tarmog‘ining asosiy markazlari bo‘lib, Shahrixon, Kosonsoy, Chust, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Oltiariq, Rishton, Toshkent, Shahrisabz, Kitob, Buxoro, Samarqand, Urgut, Xiva, Jizzax shaharlari hisoblanadi. Mamlakatimiz mahalliy sanoati ishlab chiqarishida kasanachilik alohida o‘rin egallaydi. Ya‘ni u uyda ishlaydigan ishchilardan foydalanishga ixtisoslashgan usul bo‘lib, keyingi paytlarda keng rivojlanib bormoqda. Kasanachilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni (2006- yil 6- yanvar) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chinni – fayans sanoati ishlab chiqarish tarmog‘i. Chinni, fayans va boshqa nafis keramika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmog‘i bu ro‘zg‘or idishlari: choynak, piyola, kosa, likopchalar, laganlar, bezak buyumlari, guldon, haykalchalar, ko‘zalar sovg‘abop to‘plamlar, me‘morlik detallari, sanitariya-gigiena buyumlari va boshqalarga ixtisoslashgan. O‘zbekistonda chinni-fayans buyumlarini sanoat asosida ishlab chiqarish 1952- yildan boshlandi. O‘sha yili Toshkentda chinni zavodi qurilib ishga tushirildi va milliy bezakli chinni idishlari ishlab chiqarila boshlandi. 1970- yilda esa Samarqand shahrida, 1978- yilda Quvasoy shahrida (Farg‘ona viloyati) chinni zavodlari qurilib ishga tushirildi. «Toshkent chinni zavodi» aksiyadorlik jamiyati, Samarqand «Nafis» chinni aksiyadorlik jamiyati va «Quvasoy chinnisi» aksiyadorlik jamiyati korxonalari «Oq oltin», «Tong», «Uzum», «Tovus» kabi to‘plamlari xalqaro ko‘rgazmalarda yuqori darajada baholanib, oltin medallarni olishga sazovor bo‘lishgan. Bulardan tashqari, respublikamiz turli viloyatlari va shaharlarida yog‘och o‘ymakorligi, naqsh buyumlari, tabiiy ipakdan tayyorlangan shoyi buyumlar va gazmollar, nafis zargarlik buyumlari, taqinchoqlar, yumshoq o‘yinchoqlar, suvenir qo‘g‘irchoqlar, sopol buyumlar, qandolatpozlik mahsulotlari, tayyorlangan turli xil xalq iste‘moli va madaniy tovarlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ma‘lumki, turistik infratuzilma tarkibiga engil va shishasozlik sanoatlari, badiiy hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa tarmoqlar ham kiradi. @TDIU_ARM 166 Xalq hunarmanchilik amaliy dekorativ san‘atining keng, rang-barang shakllari asosiy faoliyat sohasining ikki yo‘nalishi bo‘yicha guruhlanadi: xalq badiiy hunarmandchiligi va xalq badiiy ishlab chiqarish sanoati sohasi. Xalq hunarmanchiligi. Ushbu sohaga alohida xalq ustalarining qishloqlardagi va shaharlardagi qo‘l ijodiyoti tarmoqlarkiradi. Ko‘pincha hunarmand ustala rva tadbirkorlar uy sharoitida ishlashadi, an‘anaviy yagona va kam nusxada quyidagi yo‘nalishda mahsulotlarni ishlab chiqarishadi: - metallarni qayta ishlash (bog‘lanish, chekanka qilish, bimetallga galvan qoplama yugurtirish); - kulolchilik va sapol buyumlari tayyorlash; - yog‘ochlarga o‘yib ishlov berish; - tilla va zar bilan xalq kashtachiligi (zardo‘zlik sohasi); - xorijiy turistlar uchun qiziqarli hisoblangan xalq kastyumlari va kiyim – kechaklari tayyorlash; - qadimiy masjid va madrasalar bezaklari, haykaltaroshlik nusxalari, kichik va juda kichiklashtirilgan ko‘lamda gipsli mahsulotlar tayyorlash; - natural (tabiiy) yog‘ochdan musiqiy asboblar va uy mebellari tayyorlash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling