O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Ekskursiya xizmatlar ko‘rsatishda ekskursovod va uning roli
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruktiv qobiliyat
- Tashkilotchilik qobiliyati
8.4. Ekskursiya xizmatlar ko‘rsatishda ekskursovod va uning roli
Ekskursovod - mutaxassis uning rahbarligi ostida ekskursiya o‘tkazish metodlari talablariga muvofiq atrof hakiqiyligini bilish jarayoni yuz beradi. Ekskursovod ishi bir qator xususiyatlari bilan harakterlanadi. U chuqur nazariy bilimdon tashqari ekskursovodga shaxs sifatida ma’lum amaliy ko‘nikmalar va o‘quv hamda aniq talablar qo‘yadi. U quyidagi harakterli qirralarga ega bo‘lishi zarur: x salohiyatli; x individuallik; x ma’suliyatli; x shaxsiy munosabatlik; x faol hayot pozitsiyasiga egalik. Ekskursovod kasbini o‘zlashtirishda quyidagi qobiliyatlar turi muhim hisoblanadi: x konstruktiv; 121 x tashkilotchilik; x kommunikativlik. Konstruktiv qobiliyat-ekskursiya materiallarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va tanlab olish mahoratida, uni ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishga tabaqalashgan yondoshuv hisobga olingan holda tinglovchilarga to‘liq yetkazish shaklini tanlash o‘quvida o‘z aksini topadi. Tashkilotchilik qobiliyati - ekskursovodlik mahoratini ekskursiya guruhi rahbariyati bilan hamfikorlikka erishishi bilan belgilanadi. Kommunikativ qobiliyat ekskursovodning ekskursiya o‘tkazish jarayonini shunday tashkil etish mahoratida namoyon bo‘ladiki, muloqat bo‘yicha barcha sheriklar o‘rtasida (ekskursiyachilar, haydovchilar, muzey, ko‘rgazma xodimlari va h.k.) to‘liq o‘zaro hamkorlik va o‘zaro hamfikrlik vujudga keladi. Muloqatga qobiliyat hamisha muhim insoniy sifatga kirib kelgan. Shuning uchun ekskursovod tomonidan mohirona yetkazilgan g‘oyalar, obrazlar, fikr va qis-tuygular odamlar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro bogliqlik o‘rnatishda muhim hayotiy maqsadga xizmat qiladi. Ekskursovod kasbini egallashda ulkan rol harakterning quyidagi sifatlariga ajratiladi: intellektual (aql-farosatlilik, kuzatuvchanlik) irodali (o‘zini qo‘lga ola bilish, qat’iyatlilik, sobitlik), hissiyotlilik (sezgirlik). Ekskursiya samaradorligiga shuningdek quvnoqlik, xushmuomilalik, odamlarga e’tiborlik, optimizm, individuallik, hayotsevarlik, zarurat sezmaslik kabi sifatlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekskursovod individualligi uning tomonidan zkskursovodlik mahoratini egallash, individual xususiyatlarni hosil qilish va takomillashtirish jarayonida shakllanadi: nutq, imo-ishoralar, materialni sharxlash uslubi, ekskursiyani olib borishda foydalaniladigan o‘zining sevimli usullari. Ekskursovodning asosiy mahorati mantiq, psixologiya, pedagogika, tabiiy yoki texnik, gumanitar fanlarning ma’lum qismini chukur bilish hisoblanadi. Ushbu mahoratga yana quyidagilar kiradi: x salohiyat, ichki hissiyot-eruditsiya, madaniyat darajasi; @TDIU_ARM 122 x ekskursiya faoliyati metodologiyasini bilish; x ekskursiyani olib borish amaliy ko‘nikmalari va notiqlik san’atiga egalik. Kasbiy mahorat kuchi - ekskursovodning gapga chechanligida. Ushbu shaxs tomonidan ifoda etilgan ekskursiya og‘zaki shaklidagi matniga ommaviy nutq sifatida qarash lozim, qaysikim, mavzu, maqsad, vazifa, tanlangan materialga xosdir. Ekskursovod tomonidan har xil temalarda ekskursiyalar olib borish uning nutqida turli usullardan foydalanishni taqozo etadi: axborot berish, ishga doir, ilmiy, badiiy publitsistik va boshqa usullar. Xususan, axborot usuli obyekt olamida ayrim hodisalar, voqealarni ta’sirli va maroqli tarzda hikoya qilish, tushuntirish uchun foydalaniladi. Ekskursovod nutqi uchun bu uslub statistik ma’lumotlarni xabar qilishda qulay, lekin iloji boricha undan kamroq foydalangan ma’qul. Ilmiy uslub ekskursantlarni «dalillash», «ko‘rsatish» orqali betaraf ifodaviy his-tuyg‘ularini o‘ziga jaob etadi, nuqtai nazarlarni xolisligiga, ishontiradi, «xabarlar» rostligiga ishontirishga xizmat qiladi, aniq dalillarga asoslangan va maroqli ohangda hikoya qilinishi bilan aytilganlarni tasdiqlaydi. Bunda ilmiy dalillar va tasdig‘ini topgan hujjatlardan foydalaniladi. Ekskursovod tomonidan foydalaniladigan ta’sirchan hikoya usullari (adabiy montaj, sitatalar keltirish) badiiy uslubga xosdir. Axborotli va badiiy uslub mazmundorligi o‘ziga publitsistik uslubni birlashtiradi. Bunday uslubdagi nutq tashviqot - targ‘ibot harakterida bo‘ladi va ekskursiyada tinglovchi ishonchini shakllantirish yoki o‘zgartirishga yo‘naltirilgan, o‘zining dolzarb vazifalarini hal etishga safarbar etilgan. Ekskursovodning nutqi barcha matnlari ma’lum belgilangan me’yorlarga qaratilgan holda tuziladi. Nutq me’yori va asosiy yutuqlaridan biri uning aniqligi (so‘zlarni talaffuzi, intonatsiya, urg‘ular, ohang va tinish belgilari qo‘llanishi, ular orasidagi ifodalarga qat’iy amal kilinishi ta’sirchanligi): fonetik va leksik to‘g‘rilik (tarixan shakllangan til me’yorlariga muvofiqlik so‘z qurilishi, shakliy tuzilishi, talaffuz qilinishi, urg‘u so‘z ifodalanishi); ta’sirchanlik (ta’sirchan nutq nafaqat yaxshi eshitiladi, balki tinglovchilarni o‘ziga jalb etib, oson qabul qilinadi, qiziqishini orttirib, diqqatini 123 tortadi); nutqning boyligi (xilma-xilligi), (nutq va sintaksis tuzilishda bitta so‘z qancha kam qo‘llanilsa, hadeb takrorlanmasa so‘z lug‘ati qancha boy bo‘lsa, ekskursovod nutqi shunchalik rang-barang va jozibali bo‘ladi, go‘zal so‘z tashbehlari uning ma’no va ohangdorligini oshiradi); tozalik - adabiy tilga begona so‘zlarning bo‘lmasligi; dialektizmlar (mahalliy dialektlarga xos so‘z va ifodalar); begona tildagi so‘zlar (boshqa tildan olingan zarur bo‘lsa, bo‘lmasa hadeb nutqqa tiqishtiriladigan bsgona so‘zlar - varvarizmlar); jargonizmlar (ko‘pol, beadab, bo‘lmag‘ur so‘zlar va ifodalar - vulgarizmlar); parazit - so‘zlar (ekskursovod nutqini tushunishta halaqit beradigan, hadeb takrorlanaveradigan bir-biriga bog‘lanmagan siyqasi chiqqan so‘zlar). Ifodali, ta’sirchan nutq (uning nuqsoni sifatida) texnik vositalardan foydalanib kuchaytirilishi, tuzatilishi mumkin. Ekskursovod uchun mikrofon bilan ishlashni bilish juda muhim. Mikrofon orqali nutq texnikasini egallashga intila turib, eng avvalo erkin va vazmin ohang bilan ta’sirchan ifodali tovushga erishish zarur. Ekskursovodning lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi: x o‘tkazilayotgan ekskursiya va ekskursiya yo‘lidagi axborotlar mazmunini yaxshi bilish; x ekskursiya nazorat matniga (yo‘ldagi axborotlar) muvofiq ekskursiyani o‘tkazish istaklarini egallash va metodik ishlab chiqish (texnologik karta bilan); x ekskursiya texnologik kartasi, boshqa materiallar yoki metodik ishlanmalarni tuzish, matnlarni tayyorlash; x ekskursiya o‘tkazilayotganda foydalaniladigan ma’lumotlar (yo‘l axborotlari)ni o‘z vaqtida yangilash, ekskursiya matnlari (yo‘l axborotlari)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish; x ekskursiya marshrutlari va yangi mavzularni ishlab chiqishda ishtirok etish; x aholining turli guruhlari uchun ekskursiya variantlari va yangi mavzularni o‘zlashtirish; x ekskursovodlar ijodiy guruhlari va metodik seksiyalari, konferensiyalar, seminarlar ishlarida ishtirok etish; @TDIU_ARM 124 x marshrutda ekskursovodlarning ekskursiyaning resenziyalanadigan matnlari (yo‘l axborotlari)ni eshitishda ishtirok etish; x ekskursiya roli, targ‘iboti va ekskursiya reklamalari to‘g‘risidagi xabarlar bilan chiqish; x ekskursiya (sayohat) marshrutiga rioya qilish; ekskursantlarni (turistlarni) ekskursiya (sayohat) chog‘ida o‘zlarini tutish to‘g‘risida xabarlar qilish; ekskursiyasi (sayohat) chog‘ida ekskursantlar va turistlar xavfsizligi choralarini ko‘rish; x ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishga belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling