O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch so‘zlari: Litsenziyalash, joylashtirish, industriya, faoliyat, turistik, 
xizmatlar, iste‘molchi, qonun, huquq, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, turizm faoliyati, 
hujjatlar, qayta rasmiylashtirish.
Nazorat savollari 
1. Litsenziyalash nima? 
2. Litsenziyalashdan maqsad nima? 
3. Litsenziya, litsenziyaga talabgor, litsenziyachi, litsenziyalovchi organlar, 
litsenziya talablari va shartlari tushunchalarini ifodalab bering.
4. O‘zbekistonda turistik faoliyatni litsenziyalashda davlat tomonidan 
qo‘yilgan talablar va
shartlarni ayting.
 
 
133 
10-bob. TURIZMDA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASH VA 
STANDARTLASH 
10.1. Standartlash tushunchasi, uning mazmun mohiyati. Hozirgi zamon 
sharoitida standartlashning yangi modeli
10.2. «Xizmatlar» tushunchasi va ularning turlari
10.3. 
Turistik 
xizmatlar xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha 
standartlashtirish talablari
10.4. Sertifikatlash tushunchasi
10.5. Turistik mahsulotlarni sertifikatlash va uni tashkil etish tartiblari 
10.1. Standartlash tushunchasi, uning mazmun mohiyati. Hozirgi zamon 
sharoitida standartlashning yangi modeli 
Standartlashtirish - bu me‘yorlar, tartib-qoidalar va harakteristikalar bo‘yicha 
maqsadlarni ta‘minlash uchun belgilangan faoliyati bo‘lib, u o‘z tarkibiga 
qo‘yidagilarni kiritadi: - mahsulotlar xavfsizligi, atrof-muhit, hayot, salomatlik va 
mulk uchun xizmatlar va ishlar; - mahsulotlar sifati, fan taraqqiyoti, texnika va 
texnologiyalar darajasiga muvofiq xizmatlar va ishlar; - o‘lchov birliklari; - barcha 
turdagi resurslarni tejash; - xo‘jalik obyektlari xavfsizligi; - mamlakat mudofaa 
qobiliyati va boshq.
Bundan tashqari, standartlashtirish - muxandislik, ishlab chiqarish, tashqi 
iqtisodiy aloqalari va boshqa ko‘plab jarayonlarni ratsionallashtirish usuli va 
boshqaruvning me‘yoriy metodi (usuli)dir. Standartlashning asosiy bosh sharti - 
standart, u o‘zida tadqiqot optimal natijalari yoki amaliy tajriba va kompleks 
me‘yorlar majmuasi yoki alohida obyektlarga bo‘lgan talablar yoki takrorlanuvchi 
harakatlarni aks ettirgan, tan olingan rasmiy xujjat. Standartlarning amaliy shartlari 
quyidagi xususiyatlari tufayli namoyon bo‘ladi: - standart o‘sha predmetning aniq 
etaloni yoki yaratilishi uchun xizmat qiladi, qaysikim uning asosida o‘sha predmet 
takror ishlab chiqariladi; - standartlar buyumlar yoki jarayonlarning optimal hal etish 
mazmunidan iborat; - standartlar ma‘lum iqtisodiy samarali vaqtda o‘zgarmasdan 
qoladi. Hozirgi vaqtda standartlashtirishning yangi modeli yaratilmoqda, u quyidagi 
@TDIU_ARM


134 
tamoyillarga asoslangan: - Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarni
standartlashtirishning yangi tizimi maqsadlariga mosligi va ularni mamlakatni 
standartlashtirish milliy tizimi maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish orqali bozor 
iqtisodiyotini rivojlantirish; - O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini 
jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish va eksportda texnik 
to‘siqlarni bartaraf etish, barcha turdagi resurslarni tejash va ishlab chiqarish iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash; - O‘zbekistonda standartlashning milliy tizimi iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlardagi singari qonunchilik hujjatlariga tayanadi va xalqaro 
me‘yorlar va tartib qoidalarning ana shunday hujjatlariga muvofiq keladi. 
Shuningdek, 
texnologiyalar 
sohasida 
tegishli 
mamlakatlarning 
milliy 
qonunchiliklariga mosdir. Ana shu tamoyillarga amal qilgan holda xalqaro va xorijiy 
standartlarni bevosita qo‘llash, jumladan, sertifikatlash maqsad qilib qo‘yilgan.
O‘z faoliyatida standartlardan oqilona foydalanish va amalda faol qo‘llash 
(birinchi navbatda xalqaro) va sifat sertifikatlari mamlakat korxonalari uchun 
iqtisodiy jihatdan juda ham maqsadga muvofiqdir. Bu mahsulotlarni (xizmatlarni) 
talab qilingan sifatini ta‘minlash, texnologik jarayonlarni bir maromida uzluksiz 
ishlashini tashkil etish va albatta, pirovard natijada tashqi bozorda texnik to‘siqlarni 
bartaraf etishga olib keladi. Bu esa xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqarish bazasini 
kengaytirish imkonini beradi. Mahsulot (xizmat)ga yuqoriroq darajada narx 
belgilashga sharoit to‘g‘diradi va bu bilan respublika korxonalarning jahon bozorida 
raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling