O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Turoperatorning asosiy funksiyalari
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
7.2. Turoperatorning asosiy funksiyalari
Turoperatorlar turistik mahsulotlarni ulgurji sotuvchilari hisoblanishadi Turoperatorlar turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ularni chakana sotuvchilar o‘rtasida bog‘lovchi o‘rinni egallaydi. Ommaviy turistik mahsulotlar (inklyuziv safarlar) yaratish uchun ular mehmonxona, restoranlar, transport korxonalari katta hajmdagi xizmatlarini sotib oladilar. Ulardan belgilangan yo‘nalishda guruh va individual sayohatlar uchun safar paketlarini shakllantiradilar. Turoperatorlar uyushtirilgan turizmning bosh generatorlari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi bozor talablarini o‘rganish va qondirishdan iborat. Ulgurji turfirmalarga o‘z biznesini rivojlantirish uchun sezilarli moliyaviy vositalarni investitsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z savdo markazi va mahsulotning harakati, samarali sotish tarmog‘i yaratish va boshqalar uchun zarurdir. Turistik bozorning katta bo‘lakligi va segmentatsiyasi va talab tuoperatorlarning faoliyatini o‘z mahsulotini aniq ixtisoslangan yo‘nalishga qaratishiga zarurat tug‘diradi. Tuoperatorlik faoliyatining asosiy ixtisoslashga yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 99 1. Xorijiy sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar qabul qilish bo‘yicha turoperatorlar deyiladi. O‘zlarining asosiy vazifalarini bajarish uchun ular: mamlakatda mavjud turistik resurslarni va ulardan foydalanish, egallash, o‘z mamlakati bo‘ylab turistik sayyohatlar xususiyatlari haqida axborotlarni yaxshi bilishi; o‘z mamlakatida turizmning moddiy-texnik bazasi haqida axborotga ega bo‘lish, turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan ishchan aloqada bo‘lish va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari; xorijiy turistlarni vizali qo‘llab-quvvatlash, turfirma taklif etadigan mamlakatga safarlarni sotib olish huquqi (referens)ga ega bo‘lish; xorijiy turistik bozorda o‘z mahsulotini sotish va harakatlanish kanallariga ega bo‘lish. 2. O‘z mamlakati fuqarolarining xorijga turistik safarga borishini tashkil qilishga ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar yo‘nalish bo‘yicha turoperatorlar deyiladi. O‘zlarinining asosiy funksiyalarini bajarish uchun ular: o‘z mamlakatida chiqish turizmi bozorida yaxshi o‘ringa ega bo‘lishi, o‘z yurtdoshlariga xorijga turistik sayohatlarni taklif etish va sotish imkoniga ega bo‘lishi; o‘z turistlarini xalqaro uchastkalarga borishini ta’minlash uchun xalqaro tashrifchilar (avia va avtotransport, temiryo‘l va suv transporti) bilan mustahkam ishchanlik aloqasida bo‘lish; qabul qilinadigan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va vizaviy qo‘llab – quvvatlashni ta’minlash uchun qabul qilish bo‘yicha chet el turoperatorlari bilan mustahkam sherikchilik munosabatlariga ega bo‘lish; turli mamlakatlarga turistik sayohatlar shartlari bo‘yicha zarur axborotga ega bo‘lish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling