O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Internet portali – bu birinchi sayt unga foydalanuvchi tarmoqqa kirishda 
tashrif buyuradi. Brauzer tarmog‘ining dastur ta’minoti uy –sahifasi deb atalgan 
sahifani yaratish imkonini beradi. Bu Web –sayt bo‘yicha avtomatik jimlik 
foydalanuvchi onlayn rejimiga chiqishda displey ekranida paydo bo‘ladi. Har bir 
portalning vazifasi o‘z uy sahifasini shakllantirish. Internet xizmati provayderi bilan 
shartnoma imzolab, iste’molchi dastur ta’minot oladi, tugmacha bosilishi bilan 
avtomatik tarzda uy sahifasi paydo bo‘ladi, mohiyatan bu pravayder Web –saytidir. 
Ayrim ko‘proq mashhur portallar provayderlar hisoblanadi, masalan, AOL yoki 
“Compu Serve”, lekin Excite Hotbot kabi qidiruv direktoriyalari yoki yangiliklar 
sayti CNN ham portal bo‘lishlari mumkin. Foydalanuvchilar ishonchini qozonish 
uchun ko‘pchilik portallar o‘z xohishiga ko‘ra bo‘limlar tanlab uy sahifalari 
mazmunini almashtirish imkonini taklif qiladilar. 
@TDIU_ARM


88 
Portallar axborot jarayonlari va ma’lumotlar oqimini nazorat qiladi. Tarmoqda 
faoliyatni amalga oshirishni xohlovchi har qanday turistik korxona portal bilan 
sherikchilik haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Portal egalari nuqtai nazaridan 
turistik korxona qimmatli axborotlar taqdim etadi, bu foydalanuvchilarni qiziqtirishi 
shubhasiz. Shuning uchun ham portallar sifatli mahsulot taklif etishi mumkin bo‘lgan 
turistik korxonalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdordirlar. “Forrester Research” 
tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, saytlar yaratuvchi kompaniyalar o‘z Web – saytlariga 
tashrif buyuruvchilar oqimining 31 % ni portallardan – taqsimlanish bo‘yicha 
sheriklaridan olishlarini bildirdilar. “Biznet. com” tadqiqotlariga ko‘ra onlayn 
rejimida karidorlarning 33 % tanlangan ishonchli portal saytlariga to‘g‘ri keladi. 
Bozorning rivojlanishi Internetda yetarli foydalanuvchilarga ega bir necha 
portallarni tijoriy sheriklarining muvaffaqiyatini kafolatlash uchun yashab qolishiga 
olib kelishi mumkinligi ma’lum xavotir uyg‘otadi. Bir necha katta kompaniyalar 
onlayn rejimida taqsimlash bozorini bo‘lib olishadi. “Vohoo” kompaniyasi bugun 
masalan, kuniga 50 mln. tashrif buyuruvchiga ega, portallar turistik xizmatlarni 
sotishda keng tarmoqlarni ta’minlovchi yagona kanal bo‘lib qolishi mumkin. 
Iste’molchilar sheriklarning Web –saytlari aloqa kanallariga kirib, xohishlariga 
ko‘ra bevosita bilayn rejimida yoki telefon orqali bronlashtirishni amalga oshirishlari 
mumkin. Agar real vaqt rejimida mahsulot vositachi orqali bronlashtirish imkoniyati 
bo‘lmasa, mahsulotni yirik yetkazib beruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harid qilish 
istiqbolli bo‘lib qoladi. Negaki ko‘pchilik kompaniyalar o‘zlarining an’anaviy 
bronlashtirish tizimlarida lrtml axborot blokini joriy etishni boshladilar. “MSN 
Expedio” kabi portallar bilan hamkorlik qilish turistik korxonalarga foydali, chunki 
portallar “Expedia Associate” dasturi orqali yoki “MSN Expedia Travel Network” da 
ishtirok etib, saytga qo‘shilib sheriklariga kerak sharoit yaratadilar. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling