O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Erkaklar va ayollar uchun zamonaviyliq
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
Erkaklar va ayollar uchun zamonaviyliq Kiyim ma‘lum davr va ijtimoiy
sharoitda kishilarning go‗zallik haqidagi qarashlari mujassamlashadigan moda – rusm bilan bog‗liq. Kishilik jamiyati rivoji jarayonida bu qarashlar o‗zgara boradi, shu munosabat bilan ―moda‖ ham o‗zluksiz o‗zgarib turadi. O‗zbek xalqining milliy madaniyati, urf-odatlari asrlar davomida davr va sharoitga, jamiyat taraqqiyotiga moslashib o‗zgarib kelgan. Tarixga aylangan kiyim va liboslarni qanday kiyish urfi va qoidalari deyarli istisnoli jihatlardagina o‗z kuchini saqlab qolgan. Ammo odamlar kiyimlarni tanlashda va ixtiro qilishdan toyganlari yo‗q. Aksincha zamonaviylikka bo‗lgan talablar oldingi davrdagiga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. 22 Кондрашов В.А., Чичина Е.А. Этика, Эстетика. Ростов н/Дону: «Феникс», 1998. 56 YAxshi kiyinish o‗ziga xos san‘at. Kishi bu san‘atni egallashi uchun moda talablariga rioya qilibgina qolmay, o‗z didini ham tarbiyalashi kerak Didni tarbiyalash uchun qonunlari me‘yor, va o‗zaro mos tushunchalarga asoslangan san‘atning barcha turlari bilan tanishib borishi lozim. Zehn bilan tanlangan orasta libos uning egasinining didini yaxshiligini bildiradi. Ko‗ylak javoni to‗la bo‗lmasdan turib ham did bilan kiyinish mumkin. YAngi chiqqan zamonaviy libos ketidan quvish emas, balki siz uchun zarur bo‗lgan narsa haqida o‗ylab ko‗rgan ma‘qul. Zamonaviy moda mato turlarining yangiligi, uning tusi bilan ham belgilanadi. Jiddiy erkaklarga nisbatan ayollar zamonaviylik masalalarida ko‗proq qayg‗uradilar. Erkaklarga nisbatan ayollar modasi o‗zgaruvchanroqdir. YUbka va kamzullar bir kaltalashib ketsa, bir-ikki yildan so‗ng – o‗zunlashib ketadi. Ko‗ylakda ba‘zida belni ko‗rsatib turadigan holatlari paydo bo‗lsa, ba‘zida aksi bo‗ladi. Erkaklarga nisbatan matolarning rangdor tuslari va fakturasi turli- tumandir va albatta, turli xil zamonaviy ziynatlar ham ayollar uchundir. Ammo erkaklar umuman zamonaviylikdan yiroq desak noto‗g‗ri bo‗lar edi. Kuchli jins sohiblarining zamonaviylikka bo‗lgan qiziqishi – oxirgi yillarda etarli darajada salohiyatga ega. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling