O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati


Download 1.91 Mb.
bet23/41
Sana08.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1674468
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
BLI ilhom

Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1.R.A.SHoymardonov “Organik kimyo” o’quv qo’llanma T.,”Fan”, 2008.
2.M.Hasanov, A.Sottiqulov “Organik kimyo” T., “O’qituvchi”, 2007.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy maqsadi talabani mustaqil fikrlashga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo’lib, mahlumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan Organik kimyo fanida foydalanish mumkin.
KEYS: SPIRTLARNING NAZARIY VA AMALIY AXAMIYATI
Spirtlar mavzusiga keys stadi
Yechimini kutayotgan muommo
(1-muommoli vaziyat)
Ahmad bilan Dilshod bir qishloqda yashardi. Ular bolalikdan bir-biri bilan do’st edi. Ahmad har kuni maktabga Dilshodni chaqirib ketardi, lekin Dilshod dadasini mashinasiga suv quyib Ahmadni ham vaqtini olar, maktabga kech qolib o’qituvchisidan tanbex eshitardi. Ahmadga buhol yoqmas edi. Dilshodni maktabga chaqirmasdan ketaman desa do’sti hafa bo’lib qolishdan qo’rqardi. Lekin u hech narsaga tushinmas edi, negaki Ahmadning dadasida ham huddi Dilshodning dadasinikidek mashinasi boru lekin Ahmad unga hech suv quyganini eslolmas edi.
Savollar:
1.Muammo nimadan iborat?
2.Bu yerda qanday kimyoviy jarayon bor?
3.Buni to’liq kimyoviy jarayonlar bilan yoritib bering.
Yechimini kutayotgan muommo
(2-muommoli vaziyat)
Maktabda kimyo fanidan dars o’tayotgan edik. O’qituvchimiz darsga stakanda chamasi 10ml tiniq suyuqlik olib keldi va unga ozroq paxtani botirib ho’llab oldi. Ho’llangan paxtani temir qisqich bilan tutgan holda gugurt chaqib yondirdi. Paxtaga shimilgan eritma tamom bo’lgunga qadar bir necha sekund katta alanga hosil qilib yonib turdida, keyin o’chib qoldi. Paxta hatto qoraymadi ham. Shundan so’ng o’qituvchimiz so’mkasidan dastro’molchasini oldida huddi shu tajribani dastro’molchada bajardi, tajriba yanada qiziqarliroq chiqdi. Sinfimizdagi bolalar hammasi hayron bo’lib qoldi. Shundan so’ng men uyga borib piyolaga suv quydimda har qancha o’qituvchimiz qilgan tajribani takrorlamay, paxta ham ro’molcha ham yonmadi. Qiziq o’qituvchimiz nima sexrgar ekanmi degan hulosaga keldim.
Savollar:
1.Bu qanday suyuqlik edi.
2.Nega paxta ham dastro’molcha ham yonmadi.
3.Siz bu jarayonni qanday izohlaysiz.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling