O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Organik kimyoda muhim kimyoviy atamalarning mazmuni (glossariy)


Download 1.91 Mb.
bet36/41
Sana08.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1674468
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
BLI ilhom

Organik kimyoda muhim kimyoviy atamalarning mazmuni (glossariy)
Organik kimyo–uglerod birikmalari– uglevodorodlar va davriy sistemadagi barcha elementlarning ular bilan hosil qilgan hosilalari haqidagi fan.
Uglevodorodlar– uglerod va vodorodning birikmalari
Uglerod zanjiri – uglerod atomlarining o’zaro bog’lanib zanjir hosil qilishi.
Gibridlanish-valent elektronlarning o’ziga tegishli orbitaldan energiyasi yuqori bo’lgan orbitalga o’tib kimyoviy bog’ hosil qilishda ishtirok etishi
Atom(Atomos)-kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachasidir.
Erkin aylanish prinsipi–atom va atomlar guruhining o’z o’qi atrofida aylanma harakat qilishi
Konformatsiya–molekula qismlarining erkin aylanishi natijasida energiyalari farqlanuvchi alohida struktura holatlarining yuzaga kelishi.
Tuzilish formulasi–molekuladagi atomlarning joylashish holati (tartibi)ni ifodalovchi formula.
Fazoviy struktura – molekuladagi atomlarning fazoda joylashish holatini ifodalovchi formula
Moddalarning fizik-kimyoviy o`zgarishlari (Physical and Chemical Properties of Matter)- Bu xususiyat barcha moddalarda bo`ladi. Shunga ko`ra moddalarni bir-biridan ajratish mumkin.
Izomeriya–modda kimyoviy tarkibi o’zgarmagan holda molekuladagi atomlar yoki guruhlarning joylashish tartibi (o’rni) o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan formulalar.
σ–Bog’-elektron bulutlarning bir- birini qoplashi natijasida tuxumsimon orbitaning hosil bo’lishi bilan atom orbita energiyasining kamayishi oqibatida molekulyar orbitaning hosil bo’lishi.
sp3 Gibridlanish(Hybridization)–uglevodorodlarda ugleroddagi to’rtta tetraedrik orbitallarning 1s vodorod atomi orbitallari bilan qoplanishi.
sp2 Gibridlanish–qo’shbog’ning hosil bo’lish jarayonida bitta s va ikkita p atom orbitallarining gibridlanishi natijasida teng qiymatli uchta gibrid orbitallarining hosil bo’lishi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling