O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Mavzuni o‘qitishga «Aqliy hujum» texnologiyasini joriy qilish


Download 1.91 Mb.
bet33/41
Sana08.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1674468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
BLI ilhom

Mavzuni o‘qitishga «Aqliy hujum» texnologiyasini joriy qilish. «Aqliy hujum» talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishiga va qunt bilan ishlashlariga yordam beradi. Hit metodni amalga oshirish uchun o‘tiladigan mavzu bilimlarini o‘ziga qamrab oladigan g‘oyalar tanlanadi. «Aqliy hujum»ni ikki usulda amalga oshirish mumkin.

1-jadval

2-jadval

Fraksiyasining tarkibi

Fraksiyaning ajralish temperatura oralig‘i

1. Metilspirt CH3OH

64 °C

2. Etilspirt C2H5OH

78.3 °C

3. Propilspirt C3H7OH

92 °C

4. Etandiol C2 H4 (OH)2 ikki atomli spirtlar

198 °C

5. Glitserin C2 H5 (OH)3, ko‘p atomli spirtlar

273 °C

Birinchi usul kimyodan amaliy mashg‘ulot vaqtida olib boriladi. Talabalarga «Aqliy hujum» o‘tkazish mavzusi bir hafta oldin mustaqil o‘qish uchun uyga vazifa sifatida beriladi va o‘qituvchi mavzu bo‘yicha bir necha g‘oyalarni tayyorlab, ularni talabalarga ma’lum qiladi. Talabalar mustaqil tayyorlanib kelgan mavzuga oid g‘oyalar bo‘yicha guruhda o‘tkazilgan «Aqliy hujum»dagi talabalarning javoblarini 2 ta a’lochi talaba yozib oladi. Takrorlangan va noto‘g‘ri javoblar hisobga olinmaydi. Noto‘g‘ri javoblar uchun talaba tanqid qilinmaydi. Birinchi «Aqliy hujum» g‘oyasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bu jarayonda talabalarning qaytargan taxminiy javoblarini keltiramiz. Bir talaba spirtlarning olinish usullariga oid misollar keltiradi. Masalan:Sanoatda va labaratoriyada olinishi kiradi.
Ikkinchi talaba spirtlarning tarkibi va xossalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Unga ko’ra ko’p atomli spirtlarning hossalarini ham aytib beradi.
Uchinchi talaba esa Farg‘onada, Andijonda, Toshkentda ishlaydigan juda katta spirt zavodi borligini aytadi. Farg’ona viloyatidagi spirt zavodi yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
To‘rtinchi talaba esa spirtlarning tarihiy, sistematik va ratsional nomenklatura bo’yicha nomlanish hamda ishlatilishi haqida gapirib o’tadi. Ikkinchi usulda tanlangan mavzu bo‘yicha olingan g‘oyalarni hal qilish uchun har bir amaliyot guruhi ikkita guruhchaga bo‘linadi. G‘oyalarni hal qilishda ikkila guruhni orasida o‘zaro raqobat asosida «Aqliy hujum» amalga oshiriladi.
Guruh talabalarining javobi navbatma-navbat yozib boriladi va bunda har bir guruhda talabalar soni bir xil bo‘lishi kerak. G‘oyalarni hal qilishda ikkala guruhning javoblari yozib olinadi. Har bir talabaning javoblari to‘g‘ri va to‘liqligiga qarab ball qo‘yiladi va g‘olib guruh nomi e’lon qilinadi.


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling