O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra


Download 1.91 Mb.
bet7/41
Sana08.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1674468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
BLI ilhom

Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra:

  • Talabalarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari har bir talabaning iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Ikkita talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, talabalarning bir-birini o‘qitish, o‘zaro hamkorlikda o‘quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o‘zaro nazoratni amalga oshirishi;

  • Talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda talabalar o‘rtasida muloqot, o‘quv bahsi va munozara, o‘zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

O‘qituvchi mazkur modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlaridan qo‘llab, talabalarning o‘quv materialarini mustaqil va ijodiy o‘zlashtirish ko‘nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, ikkita talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so‘ng, kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:
1. Musobaqa usuli.
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, o‘quv bahsi musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Guruhlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi. Guruh ahzolari o‘z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2.Kichik konsul’tantlar usuli.
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsul’tantlar tayinlanadi. Kichik konsulg‘tantlar guruh ishini boshqaradi, talabalarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, o‘quv bahsi o‘tkaziladi. O‘zaro nazorat orqali talabalar baholanadi.
Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi. Talabalar o‘quv materialini modul dasturidan o‘rin olgan o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil o‘zlashtiradilar va o‘z o‘quv faoliyatining sub’ektiga aylanadilar. Shu tariqa yagona ta’lim-tarbiya jarayonining ikkita subekti o‘qituvchi va talaba o‘quv jarayonidan ko‘zlangan maqsadga erishadi.
O‘qituvchi o‘quv materiallarini modullarga ajratadi va modul dasturini yaratadi. Har bir modulning xususiy didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlarini aniqlaydi. Mashg‘ulot yuzasidan nazorat test topshiriqlari va mustaqil ish topshiriqlarini tuzadi. Talabalarning mustaqil o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Modul dasturining didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. Talabalarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.
Modul dasturidan o‘rin olgan har bir modul yakunida o‘quv bahsi, savol-javob, munozara, aqliy hujum o‘tkazadi. Modul dasturini yakunlaydi.
Mashg‘ulot yuzasidan test topshiriqlari yordamida o‘qituvchi nazoratini amalga oshiradi. Erishilgan natijani tahlil qilib talabalarga erishilgan natijasiga muvofiq holda mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini tavsiya etadi. Talabalar modul dasturining didaktik maqsadi, modullar, modullarning xususiy didaktik maqsadlari, mashg‘ulot davomida bajariladigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlar yuzasidan ko‘rsatmalarni anglaydi. O‘z o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Mashg‘ulot matnini mustaqil o‘zlashtiradi, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajaradi, savollarga javob topadi. Muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal variantlarini taklif etadi. O‘quv bahsi, savol-javob, munozara va aqliy hujumda faol ishtirok etadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘qituvchi tomonidan talabalarning bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoni o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”, “Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”,6x6, tezkor o‘yinlar va o‘yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir.
Modul dastur-bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.
O‘quv modulinisbatan mustaqil, mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta’minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.
Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan taqdirda o‘z–o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni kuchaytiruvchi “sub’ekt-sub’ekt” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi.
An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu sub’ekt-ob’ekt munosabatlaridir. Bu yondashuv nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan. Bunday yondashuvda pedagog sub’ekt rolini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday masalalarni talabalar bilan ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay yo‘nalishda rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda ob’ekt rolini bajaradi. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushinish, qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi g‘oyani amerikalik pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952 ) chiqadi. Uning fikricha nimani va qanday o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va uning hoxishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rniga ega.
Aytish joizki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o‘z aksini modulli ta’limda topdi.
“Modulli ta’lim ” tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel tomonidan kiritildi. Rassel modulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga o‘quv materialining konseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiratadi. B.M.Goldshmid– modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga etishga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi (1972 y).
G.Ouens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va bu kompleksga o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, vositalarni kiritadi (1975 y).
Zamonaviy tadqiqotchildardan biri P.A.YUsyavichene modulni ma’lum darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida tahlil etadi.
N.V. Borisova, V.M. K.YA. Vazina, Gareev, E.M. Durko, V.V. Karpov, M.N. Katxanov, S.I. Kulikov, P. YUsyavichene va boshqa olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida quyidagi ko‘rinishlardagi modullarni ajaratish mumkin:
-mustaqil konseptual kichik birlik;
-modul mustaqil birlik sifatida bir o‘quv kursini o‘z ichiga olib, bir necha bloklarni o‘zida mujassam etadi;
-modul ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi;
-aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli.
Bundan tashqari “modul” tushunchasiga tegishli bo‘lgan bir qancha xususiyatlarni ajratish mumkin:
-Maqsad;
-Turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integrasiyasi;
-Metodik ta’minot;
-Mustaqil rivojlanish;
-Ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;
-O‘quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko‘nikmasi;
-Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
-Talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy traektoriyasi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling