O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 1.91 Mb.
bet10/41
Sana08.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1674468
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
BLI ilhom

1.3.O‘qitish natijalari. Modulni o‘rganish natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanady ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi sanab o‘tiladi. O‘zlashtirish jarayoni tugagandan so‘ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara olishi ko‘rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bo‘lib, o‘qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan holda shakllantirilishi lozim. Natijalarni tekshirish jarayonida bir necha ko‘nikmalarni egallanishi nazarda tutilishi lozim. Odatda bir modul 3-5 turdagi ko‘nikmani egallashga qaratilgan bo‘lib, uni egallanganligi maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Erishiladigan natijalar aniqlashtirilgan maqsadlarni shakllantirish qoidalari asosida shakllantiriladi.
1.Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
1.1Baholash mezonlari. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat ob’ekti, bajariladigan faoliyat turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari ko‘rib chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘qitish natijalariga mos holdagi faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish mezonlari 4 yoki 6 tadan oshmasligi tavsiya etiladi.
1.2O‘zlashtirish darajasi. O‘zlashtirilganlik darajasini chuqurligini ko‘rsatuvchi mezonlar ishlab yaiqiladi, ba’zi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u baholash mezonlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa. O‘zlashtirilganlik darajasini isbotlovchi erishilgan natija turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘zlashtirish ob’ekti- tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, og‘zaki yoki yozma javoblar tarzida bo‘lishi mumkin.
1.3Modulga kirish nazorati. Modulni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ta’lim va bilimlar tizimini ko‘rsatadi.
1.4O‘quv jarayonini davomiyligi. Davomiylik O‘quv soatlari yoki zachyot birliklari ko‘rinishida aks etadi.
1.5Baholash. Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Ba’zi modullarda yagona baho ham qo‘yilishi mumkin. Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi.
1.6Modulning tushuntirish xati. Ushbu xat taviyalar ko‘rinishida bo‘lib, pedagog shaxsiga yo‘naltirilgan. Unda pedagogga qo‘shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini olib borishning yangi imkoniyatlari, qo‘llash mumkin bo‘lgan usullarga tavsif beriladi. Proekt, portfolio kabi usullardan ham foydalanish mumkin.
2.O‘quv materiali.
O‘quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o‘zida aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o‘z aksini topadi. Qaytar aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi. Axborot materiali tushunarli, lo‘nda va ko‘rgazmali bo‘lishi lozim.
Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi.O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. O‘qituvchiga o‘zlashtirish jarayonini to‘g‘ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o‘z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling