O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 370.83 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi370.83 Kb.
#1618813
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ku

Banklarining foizli va foizsiz daromadlari
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari va xarajatlari
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to’g’risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari, xarajatlari hisobini yuritish va ularning daromad solig’ini hisoblash to’g’risida» Muvaqqat Nizomida tijorat banklarining faoliyat qilish tartibi belgilangan bo’lib, banklar bu me’yoriy hujjatlar asosida o’z daromadlari va xarajatlarini amalga oshiradilar.
Har bir tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib borishdan maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko’paytirish yo’llarini tijorat banklari o’zlari mustaqil ravishda belgilaydilar.
Foizli daromadlar. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari asosiy daromadlarini bajaradigan operatsiyalardan oladi. Eng avvalo, bank oladigan daromad bo’lib uning kredit operatsiyasi hisoblanadi. Tijorat banklari mijozlarga ma’lum muddatga qat’iy belgilangan foizlarda kredit beradi. Bank bundan tashqari aholiga ko’rsatadigan xizmatlar uchun haq oladi.
Foizli daromadlar oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo’yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo’lib banklar o’z kapitalini tezroq ko’paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ulardan foydalganda ko’proq foyda olish uchun, qisqa muddatli kreditga ko’proq mablag’ yo’naltiradi. Chunki bu qisqa muddatli kredit juda oz fursatda yana bankka qaytib u bo’yicha hisoblangan foizlar ham bank daromadiga kelib tushadi.
Banklar mijozlarning hisobidan ularning topshiriqlarini bajarish bilan bog’liq komission operatsiyalarni ham olib boradilar.
Bunday komission operatsiyalar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o’tkazishda, bank o’z mijozlariga ularning hisob-kitob, joriy, valyuta, qarz va boshqa hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish bo’yicha ko’rsatadigan xizmatlar, naqd pul berish (olish) shuningdek axborot, maslahat, ekspertiza hamda boshqa xizmatlar ko’rsatishda yuzaga keladi va ulardan olinadigan haqlar ham bank daromadini tashkil etadi.
Bundan tashqari banklar investitsiya bo’yicha, ya’ni qimmatli qog’ozlarni sotib olish orqali ham yuqori daromad oladilar.
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug’ullanishi mumkin. Ya’ni, bank qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish orqali daromad ko’radi.

Download 370.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling