O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti


Download 0.68 Mb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1618948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс лойиха

HISOBLASH QISMI. ……………………………………………………... 24

  1. Moddiy balans, …………………………………………………………….… 24

  2. Issiqlik balansi. ………………………………………………………….…… 26

XULOSA. …………………………………………………………………….… 44
FOYDALANILGAN MANBALAR RO'YXATI. ………………………….… 45

3.
KIRISH


Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” , “Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi.
Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.

4.
I.TEXNIK QISM


1.1 Adabiy sharh
Moy fraktsiyalarini tozalash usullari, moy fraktsiyalarini tanlab ta`sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash
Hozirgi vaqtda parafinsizlantirish jarayoni parafinli neftlarni qayta ishlanadigan moy ishlab chiqarish yo'nalishidagi neftni qayta ishlash zavodlarida texnologik zanjirning ajralmas bo'g'ini hisoblanadi. Bundan tashqari, neftli moylarda nomaqbul bo'lgan parafinlar parafinsizlantirish jarayonida olinganidan va moysizlantirilganidan so'ng qimmatli xom-ashyo hisoblanadi (texnik parafinlar va texnik serezinlar).
Qattiq uglevodorodlar kimyoviy tarkibi fraksiya qaynab chiqishi harorat chegaralaridan bog'liq bo'ladi. Neftning past qaynaydigan moyli fraktsiyalarida asosan normal tuzilishli qattiq parafin uglevodorodlar bo'ladi. Qaynab chiqishi harorat chegaralari oshishi bilan n-alkanlar miqdori kamayadi, parafin va siklik uglevodorodlar, ayniqsa naften uglevodorodlar kontsentratsiyasi esa ortadi.
Mazut haydalishidan qoldiqda kontsentrlanadigan qattiq uglevodorodlarning (serezinlarning) asosiy komponenti bo'lib ko'proq izotuzilishli yon zanjirli naften uglevodorodlar hisoblanadi; kamroq miqdorda ularda shuningdek uzan alkil zanjirli parafin va aromatik uglevodorodlar mavjud bo'ladi. Fraksiya qaynab chiqishi harorati oshishi bilan qattiq uglevodorodlar umumiy miqdori ham ortadi va ularning erish harorati ham mos ravishda oshib boradi. Neft organik xom ashyoning asosiy manbalaridan biridir.

5.
II. XOM-ASHYOTASNIFI


Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har xil sinflari va geterosiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarning fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog‘liqdir.
Geterotsiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farqli bo‘lib, ular har xil haroratlarda har xil tezlikda eriydilar. Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat tutilgan komponentlarni ajratib olish maqsadida, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi.
Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har xil moddalami eritadigan bo’ladi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinsipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib (denarafinlab) olinadi. Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to‘liq, ikkinchisini qisman eritadi.
Masalan: fenol polisiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi va shu bilan birga moyning uglevodorodlarini eritadi. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikning pastligi natijasida ekstrakt yoki gacli bilan birgalikda moyni qimmatbaho komponentlarini liant olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o‘tib ketadi. Birinchi hodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida csa deasfaltizatning sifati pasayadi. Erituvcliilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo'shilsa ularning selektivligi va erituvchanlik qobiliyatini o'zgartirib yuboradi.
6.
Suv qo'shilganda crituvchining selektivligi ortadi, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo'shish esa selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini oitiradi. Erituvchilar quyidagi talablaiga javob berishi kerak:
a) Erituvchi keng harorat oraligida o‘zini tanlovchi — erituvchanlik qobiliyatiga ega boiishi kerak.
b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o'zi erimasligi kerak.
d) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo‘lishi kerak.
e) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert boiishi kerak (xomashyoga nisbatan), zaharli boimasligi va portlashga xavfsiz boiishi kerak. 0 Erituvchi yengil va toiiq regeneratsiya qilinishi kerak. '
g) Erituvchi past parlanish haroratiga ega boiishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvning sarfi va umuman energetik xarajatlar kamayadi.
j) Erituvchi arzón va defitsit boimasligi kerak.

Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muhimdir: •


1. Jarayonning harorati.
2. Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati.
3. Xomashyo va erituvchilarning nisbati.
4. Erituvchini xomashyo bilan o‘zaro ta’sir usuli.

Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO2 gaz) o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Erituvchini moy eritmasidan va kerak boimagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:


a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida haydab olinadi.
b) Suv pari bilan haydab olinadi.
7.
d) Vakuum ostida haydaladi. Tozalangan mahsulotda erituvchining qoldiq miqdori 0,005- 0,02 % dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o‘tib ketishi mumkin. Bu asosan erituvchini yetarli darajasida selektiv bo‘lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o‘zining tuzilishi bilan qimmatbaho va keraksiz komponentlar oraiigida turgan uglevodorodlar yo'qotiladi. Bu komponentlarni yana ichki rafmat deyiladi. Bu komponentlarning yo‘qotilishi asosiy mahsulot chiqishini pasaytiradi.

Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullar hilatt tiltil Ib olinadi. I
1.ekstrakt eritmasining haroratini pasaytirish bilan.
2. ekstrakt eritmaga suv qo‘shish bilan.
3. ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo‘shish bilan.
4 Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan uning natijasida birinchi uch usulni qo‘llagan.
8.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling