O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


O„zbekistonda faoliyat yuritadigan sug„urta kompaniyalari uchun


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana20.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1634300
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

O„zbekistonda faoliyat yuritadigan sug„urta kompaniyalari uchun 
belgilangan minimal ustav kapitali miqdori
4

t/r 
Sug‗urta faoliyati shakllari 
2020 yil 1 iyuldan 
(mlrd.so‗m) 
1. 
Ixtiyoriy sug‗urta uchun 
15,0 
2. 
Majburiy sug‗urta uchun 
25,0 
3. 
Qayta sug‗urta uchun 
35,0 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustda qabul 
qilingan PQ-4412-sonli ―O‗zbekiston Respublikasining sug‗urta bozorini 
isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta‘minlash chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Qarori mamlakatda sug‗urta biznesini yuritishga keng shart-
sharoit yaratish hamda uni rivojlantirishning strategik yo‗nalishlarini 
belgilashda muhim dastak bo‗ldi. Respublikada moliya bozorini yanada 
rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish 
ko‗lamini kengaytirish, sug‗urta tashkilotlari faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada iste‘molchilarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 
chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Respublikada moliya bozorini 
yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish 
ko‗lamini kengaytirish, sug‗urta tashkilotlari faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada iste‘molchilarning huquqlari va 
4
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2017 yildagi PF–5197-son 
―O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ba‘zi hujjatlariga o‗zgartish va 
qo‗shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‗z kuchini yo‗qotgan, deb hisoblash 
to‗g‗risida‖gi Farmonining 1-ilovasi 


20 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 
chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga islohotlarning 
hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o‗sishini ta‘minlashga, aholi 
hayotining sifati va darajasini oshirishga yo‗naltirilgan moliyaviy 
xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug‗urta bozorining rolini 
kuchaytirishni va sug‗urta vositalarini keng qo‗llashni taqozo etmoqda. 
Milliy sug‗urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal 
rivojlanishini ta‘minlash, sug‗urta xizmatlarining talab yuqori bo‗lgan 
yangi turlarini joriy etish, iste‘molchilarning sug‗urta bozoriga bo‗lgan 
ishonchini oshirish maqsadida qator yo‗nalishlar belgilangan: 
sug‗urta sohasidagi me‘yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, shu 
jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda 
ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish; 
tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini 
joriy etish orqali sug‗urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini 
ta‘minlashga qaratilgan sug‗urta faoliyatini tartibga solish tizimini 
institutsional rivojlantirish; 
sug‗urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv 
darajasini, to‗lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning 
aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sug‗urtalovchilarning investitsiya 
faoliyatini rivojlantirish; 
sug‗urta brokerlari faoliyatini faollashtirish, sug‗urta agentlarining 
ishlash tizimini takomillashtirish, bank sug‗urta mexanizmlarini joriy 
etish, shuningdek, umuman sug‗urta bozori professional ishtirokchilarining 
rolini oshirish orqali sug‗urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va 
kengaytirish; 
sug‗urta xizmatlari iste‘molchilari va sug‗urta faoliyatining boshqa 
sub‘ektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug‗urta 
savodxonligini va sug‗urtaga bo‗lgan ishonchini oshirish, sug‗urta 
bozorining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash; 
yangi innovatsion sug‗urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori 
bo‗lgan an‘anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‗rsatilayotgan 
sug‗urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish; 
sug‗urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‗urta 
xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish; 
sug‗urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‗urta sohasida 


21 
ta‘lim berishning zamonaviy usullarini qo‗llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
rag‗batlantirish; 
milliy sug‗urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori 
darajada ushlab turish hamda uning investitsiyaviy jozibadorligini, shu 
jumladan, milliy sug‗urta bozorini xalqaro va xorijiy sug‗urta bozorlari 
bilan integratsiyalashuvni jadallashtirish orqali oshirish. 
Umuman olganda, sug‗urtada biznes jarayonlarini masofadan turib 
boshqarishni tashkil etish nafaqat kompaniyada ish yuritish xarajatlari 
tejalishini, balki bir vaqtning o‗zida sug‗urtaning ko‗lamini kengaytirish 
imkonini beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling