O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
-MAVZU. SUG„URTADA BIZNES JARAYONLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
2-MAVZU. SUG„URTADA BIZNES JARAYONLARI
2.1. Sug„urta faoliyatidagi asosiy biznes jarayonlarining tuzilishi Sug‗urta biznesi iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan ijtimoiy kafolatni ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‗urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub‘ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‗z zimmasiga oladi. Sug‗urta biznes muhitini avtomatlashtirish juda murakkab jarayon bo‗lib, bu holat jarayon ishtirokchilarining ko‗pligi, shuningdek sug‗urta mahsulotlarining xilma-xilligi va biznes yuritishning korporativ standartlari bilan bog‗liq. Sug‗urta jarayoni ishtirokchilarning o‗nlab toifalarini o‗z ichiga oladi - sug‗urtalovchilar, sug‗urtalanuvchilar, sotuvchilar (agentlar, brokerlar, boshqa vositachilar), anderrayterlar, qayta sug‗urtalovchilar, sug‗urta da‘volarini qondiruvchilar, buxgalterlar, rejalashtiruvchilar, menejerlar. Ushbu toifalarning har biri o‗z ierarxik tuzilishiga ham ega bo‗lishi mumkin. Barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan ko‗pincha kompaniyaning korporativ standartlariga bog‗liq bo‗lgan biznes-jarayonlarda birlashadilar. Bunda sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi o‗rtasidagi munosabatlar sug‗urta mahsulotlari orqali aniqlanadi, ularning har biri o‗z navbatida sug‗urta ob‘ektlari, xatarlari, qoidalari va atributlari to‗plamidan iborat bo‗ladi. Hozirgi raqobat bosqichida har qanday tashkilotning biznes jarayonlarini optimallashtirish vositalaridan biri bu ularning raqamlashtirilishi hisoblanadi. Raqamlashtirish biznes jarayonlarini tubdan o‗zgartiradi va optimallashtiradi. Bu kompaniya samaradorligi ortishiga va mijozlar tajribasining yanada mukammallashishiga olib keladi. Sug‗urta kompaniyasining biznes jarayonlari asosiy va ta‘minlanadigan jarayonlarga bo‗linadi. Sug‗urta kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari bo‗lib marketing, sug‗urta mahsulotlarini ishlab chiqish, sug‗urta mahsulotlarini sotish, anderrayting, sug‗urta xizmatlari, sug‗urta da‘volarini qondirish hisoblanadi (3-rasm). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling