O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
-rasm. O„zbekiston sug„urta bozorining tarkibiy tuzilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
1-rasm. O„zbekiston sug„urta bozorining tarkibiy tuzilishi
1 Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyatini saqlash maqsadida davlat tomonidan to‗lovlarni kafolatlash jamg‗armalari tashkil etiladi, ular sug‗urtalovchilarni moliyaviy tomondan qo‗llab-quvvatlash bilan bir qatorda sug‗urta qildiruvchilarning ijtimoiy himoyasini kafolatlaydi va ta‘minlaydi, shu bilan birga ularning sohaga bo‗lgan ishonchi mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Sug‗urta kompaniyalari tashkiliy-huquqiy shakliga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi: aksiyadorlik sug‗urta kompaniyalari, ya‘ni aksiyalarni sotish orqali mablag‗larni jalb qilish asosida sug‗urta kompaniyalarini tashkil etish shaklida; qayta sug‗urta kompaniyalari, katta va xavfli risklarni ikkilamchi sug‗urtalashni ta‘minlaydigan sug‗urta kompaniyalari; o‗zaro sug‗urta jamiyatlari, uning a‘zolarining ulushli ishtiroki orqali mablag‗larni jalb qilish asosida sug‗urta jamg‗armasini tashkil etishni etishni ta‘minlaydi; davlat sug‗urta kompaniyasi – bu davlat tomonidan tashkil etilgan sug‗urta fondini tashkil etishning ommaviy huquqiy shakli. Sug‗urta kompaniyalarining moliya sektoridagi yana bir muhim jihati shundaki, ular ixtisoslashgan kredit tashkilotlari singari xo‗jalik faoliyatining ayrim soha va tarmoqlarini kreditlaydi, ya‘ni moliyaviy resurslarni joylashtirish orqali ko‗mak beradi. Sug‗urta kompaniyalari 1 Rasm mf.uz sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan chizilgan. 10 aktivlari bo‗yicha tijorat banklaridan keyingi yetakchi o‗rinlarni egallaydi va iloji bo‗lsa, ularni kredit kapitali sifatida ishlatadi. Ular to‗plagan resurslarning tabiati ularni qimmatli bozor orqali uzoq muddatli ishlab chiqarish kapital qo‗yilmalarida foydalanishga imkon beradi. Nisbatan qisqa muddatli qarz mablag‗lariga asoslangan banklarda bunday imkoniyatlar mavjud emas. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari, xususan hayot sug‗urta tarmog‗ida faoliyat yuritadigan sug‗urta kompaniyalari sug‗urtalanuvchilar hisobidan shakllantiriladigan sug‗urta fondi mablag‗laridan unumli foydalanib, iqtisodiy samaraga erishish maqsadida kapital bozorida yetakchi o‗rinni egallaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling