O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana20.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1634300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 
 
1-chizma. Konvertlarda yuborilgan reklama jo„natmalarining 
“taqdiri”
11
 
Jo‗natilgan nomalar konvertlarga joylashtirilgan bo‗lsa, ularning 
o‗qilishi 88 foizgacha o‗sishi ham mumkin. Biroq agar shartnoma 20 
grammdan yengil bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 54 foizga tushib ketadi. Aholining 
56 foizi pochta orqali reklama jo‗natilishi iste‘molchilarni mahsulotlar va 
xizmatlar to‗g‗risida boxabar etish uchun foydali hamda kerakli ekanligini 
11
Jask Kinder, Jr.Garry Kinder ―Secrets of Successful Insurance Sales‖ ma‘lumotlari. 
100% pochta orqali 
reklamajo‟natmalari 
40 % jo‘natmalar 
shaxs tomonidan 
ochib o‘qilib, tashlab 
yuborilgan 
88 %i ochilgan 
12 %и ochilmasdan 
tashlab yuborilgan 
8 %i o‘qilmasdan 
tashlab yuborilgan 
40 % jo‘natmalar shaxs 
tomonidan o‘qilgan 
6 % jo‘natmaga javob 
bor, qo‘shimcha 
ma‘lumot so‘ralgan yoki 
xaridga rozi bo‘lingan 
24 %i o‘qib tashlab 
yuborilgan 
10 %i bir chetga surib 
qo‘yilgan 


29 
tan oladi. Telefon usuli pochta orqali muloqotdan birmuncha farq qiladi. 
Bu o‗rinda agentning ehtimoldagi mijoz bilan telefon orqali so‗zlashuvi 
muqaddima bo‗lib xizmat qiladi
12
. Agar taklifga dastlabki munosabat 
ijobiy bo‗lsa, sug‗urta qiluvchi mijozga taklifni yozma ravishda yuboradi 
va keyingi harakatlar ―pochta‖ usulida davom etadi. Buyuk Britaniyada 
masalan, bunday usul bilan avtomobil sug‗urtasi mahsulotlarining 35 
foizi sotiladi. 
2.3. Sug„urta biznesida tariflarni ishlab chiqish uslubiyoti 
 
Mijoz sotib olayotgan sug‗urta xizmati uchun to‗lashi kerak bo‗lgan 
sug‗urta mukofoti miqdorini hisoblash uchun sug‗urta tarifi stavkasini 
aniqlash lozim bo‗ladi. Sug‗urta mukofotlarining tarif stavkalari tarif davri 
uchun hisoblab chiqiladi, har qanday sug‗urta turi bo‗yicha tarif stavkasi 
brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‗urta 
qoplamasi to‗lovlari uchun zaxira summasi) va sug‗urtachining faoliyat 
yuritish xarajatlaridan (odatda u ―yuk‖ deb ataladi) iborat bo‗ladi. Brutto-
stavkada bu ikkala qismning nisbati, ularning mohiyatidan kelib chiqib, 
turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka brutto-stavkaning 
asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‗urta turiga qarab, 60-95 
foizgacha ulush to‗g‗ri kelishi mumkin, ―yuk‖ hisobiga esa, shunga mos 
ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
Sug‗urta 
shartnomasi 
bo‗yicha 
qancha 
sug‗urta 
turi 
sug‗urtalanayotgan bo‗lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat 
bo‗ladi. Masalan, hayotni aralash sug‗urtalash bo‗yicha netto-stavka 
belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, o‗lim holati yuz berganligi 
uchun, mehnat faoliyatini yo‗qotish holati uchun kabi netto-stavkalardan 
tashkil topadi.
―Yuk‖da sug‗urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi 
qismlarni o‗z ichiga oladi:
- ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi 
xodimlarga to‗lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi); 
- sug‗urta polislarining joylashtirganligi uchun haqlar; 
- sug‗urta agentlari, menejerlar uchun haqlar. 
To‗lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki ―yuk‖ka nisbatan 
foizlarda aniqlanadi. Foiz to‗lovlaridan tashqari rag‗batlantirishlar ham 
12
Jask Kinder, Jr.Garry Kinder ―Secrets of Successful Insurance Sales‖ ma‘lumotlari. 


30 
amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy sug‗urta qilish tarmog‗i klasslari bo‗yicha ―yuk‖ sug‗urta 
ishini yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zaxirasiga ajratmalar 
qilish va rejalashtirilgan foyda summalarini ham o‗zida aks ettiradi. 
Brutto-stavkani hisoblashda dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‗ngra 
unga ―yuk‖ (odatda brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‗shib 
hisoblanadi. Brutto-stavka qo‗yidagicha aniqlanadi: 
MS=
(%)
100
Ю
НС


Bu yerda, MS - brutto-stavka; 
NS - netto-stavka; 
Yu(%) - yuk (foizlarda ifodalanadi). 
Majburiy sug‗urta turlari bo‗yicha tariflar me‘yoriy hujjatlar bilan 
o‗rnatilsa, ixtiyoriy sug‗urtada esa, sug‗urtalovchi tomonidan mustaqil 
ravishda aniqlanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling