O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Sug„urta mahsulotlarini sotish bosqichlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana20.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1634300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 
5-rasm. Sug„urta mahsulotlarini sotish bosqichlari
7
 
Amaliyotda sug‗urta kompaniyalari o‗z mahsulotlarini sotishning 
turli yo‗llaridan foydalanadilar. Hozirgi paytda sug‗urta mahsulotini 
sotishning bir qancha yo‗llari mavjud
8

1) sug‗urtalovchining shtatdagi va shtatdan tashqari xodimlari bo‗lgan 
vakillari (agentlari) orqali va shunda sotishning bu yo‗li kompaniyaning 
eng muhim yo‗nalishiga aylanadi; 
2) sug‗urta hamkorligi doirasida taqdim qilingan sug‗urtalovchi 
vakolatiga muvofiq mustaqil ixtisoslashgan sug‗urta vositachilari – 
brokerlar orqali; 
3) sug‗urta mahsulotini sotish asosiy mashg‗uloti hisoblanmaydigan 
mustaqil vositachilar – bank, supermarket, avtosalon, sayohat agentliklari, 
pochta va boshqa tashkilotlar orqali – sug‗urtalovchi bilan tuzilgan 
operatsiya to‗g‗risidagi bitim doirasida; 
4) bevosita sug‗urta kompaniyasi ofisida; 
5) telefon, pochta yoki kompyuter tizimi orqali. 
Agar sug‗urta qildiruvchi sug‗urta polisini olish uchun bevosita 
sug‗urta kompaniyasiga murojaat qilsa va to‗g‗ridan-to‗g‗ri sug‗urta 
shartnomasini tuzsa, demak, jarayon sotishning to‗g‗ridan-to‗g‗ri, vositasiz 
usulidan foydalanilgan bo‗ladi. Bunday usul sug‗urtalovchiga ancha arzon 
tushadi, chunki sotish zanjirida vositachi ishtirok etmaydi va mijoz 
7
Rasm muallif tomonidan chizilgan. 
8
Jask Kinder, Jr.Garry Kinder ‖Secrets of Successful Insurance Sales‖ ma‘lumotlari. 


25 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri sug‗urtalovchiga murojaat etadi. U buni xohlagan 
sug‗urta ofisiga kelib, telefon orqali yoki sug‗urtalovchining saytiga kirib 
murojaat qilishi mumkin. Sug‗urta kompaniyasi telefon orqali yoki 
internet kanallari orqali mol-mulk yoki tibbiy tekshiruv ko‗rigini talab 
qilmaydigan birmuncha oddiy sug‗urta mahsulotlarini sotishi mumkin. 
Ko‗pincha bu standartlashgan polislarni sug‗urta qildiruvchi internet
pochta yoki kuryer orqali olishi mumkin. 
2-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling