O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Sug„urta kompaniyalarining moliya sektoridagi o„rni va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
1.2. Sug„urta kompaniyalarining moliya sektoridagi o„rni va
ahamiyati Sug‗urta bozorining asosiy bo‗g‗ini – bu sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatishga ixtisoslashgan va maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan sug‗urta kompaniyalari hisoblanadi. Sug‗urta kompaniyalari moliyaviy vositachi 8 sifatida faoliyat yuritadigan tijorat tashkiloti bo‗lib, u sug‗urta risklarini qabul qilish orqali sug‗urta shartnomalarini tuzish va u bo‗yicha sug‗urta javobgarligini olib borish orqali foyda olish maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxs hisoblanadi. Sug‗urta faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya talab qilinadi. Sug‗urta tashkiloti tavakkalchilikni baholaydi, ularga muvofiq keluvchi sug‗urta mukofotlarini undiradi, sug‗urta zaxiralarini shakllantiradi va belgilangan tartibda va shartlarda o‗z aktivlarini vaqtincha joylashtiradi, ko‗rilgan zararlarni aniqlaydi va uning miqdorini belgilaydi, shuningdek shartnomada ko‗rsatilgan hollarda sug‗urta to‗lovlarini amalga oshiradi. Sug‗urta kompaniyasi mustaqil xo‗jalik sub‘ekti sifatida faoliyat yuritib, o‗z faoliyatida boshqa sug‗urtalovchilar bilan munosabatlarni qayta sug‗urta va birgalikda sug‗urtalash asosida amalga oshiradilar. Sug‗urta o‗z mohiyatiga ko‗ra noxush hodisalarning yuz berishi natijasida ko‗riladigan zararlarni qoplash maqsadida zaxira fondlarini shakllantirishni ifodalaydi. Sug‗urtalanuvchi sug‗urta kompaniyasi bilan sug‗urta shartnomasini tuzadi va shartnomaga muvofiq sug‗urtalovchiga sug‗urta mukofotlari to‗lovini amalga oshiradi. Umuman olganda, barcha sug‗urtalovchilarning to‗lovlari zaxira fondini tashkil etadi va sug‗urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug‗urta kompaniyasi sug‗urtalanuvchilarga shartnomada belgilangan sug‗urta summasi doirasidagi mablag‗larni to‗laydi va shu bilan noxush hodisalardan kelib chiqadigan zararlarni kamaytiradi. Sug‗urtalanuvchilar tomonidan to‗lanadigan mukofotlar miqdori maxsus me‘yorlar bilan belgilanadi, ular ma‘lum bir hodisa (sug‗urta hodisasi)ning sodir bo‗lish ehtimollik darajasiga bog‗liq bo‗lib, sug‗urta summasiga nisbatan hisoblanadi. Sug‗urta summasi (sug‗urta to‗lovi) esa sug‗urta shartnomasi va (yoki) maxsus me‘yoriy hujjat bilan belgilangan va sug‗urta hodisasi yuz berganda sug‗urtalovchi tomonidan sug‗urtalanuvchi yoki sug‗urtalangan shaxsga to‗lanadigan pul mablag‗larini ifodalaydi. Sug‗urta munosabatlarining amalga oshish doirasi tor bo‗lib, qayta taqsimlash faqatgina sug‗urta kompaniyalari va sug‗urta qildiruvchilar o‗rtasida amalga oshiriladi. Sug‗urtalovchi faoliyati o‗ta mas‘uliyatli faoliyat bo‗lib, zimmasidagi majburiyatlarning bajarilmasligi unga ko‗pgina salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qatorida sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ham mavjud bo‗lib, bugungi kunda sug‗urtalovchilar ularga rioya etgan holda faoliyat yuritadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling