O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
O„zbekistonda sug„urta faoliyatini avtomatlashtirishning
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
1.3. O„zbekistonda sug„urta faoliyatini avtomatlashtirishning
ahamiyati Bugungi kunda respublikamizda milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida modernizatsiyalash, texnik yangilash, diversifikatsiya qilish va ayniqsa AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari)ni keng joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Boshqa sohalarda bo‗lgani kabi, iqtisodiyotning sug‗urta sektorida ham AKTga asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va sug‗urta kompaniyalari faoliyatida AKTni to‗laqonli qo‗llash xususiy va davlat tuzilmalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash bilan bir qatorda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlar (shu jumladan sug‗urta faoliyati sohasidagi)ning o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tegishli xorijiy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanishda sug‗urta kompaniyalarida bir qator muammolarga duch kelinmoqda. Ularga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlar hajmining kattaligi va nazorat qiluvchi organlar uchun taqdim etiladigan hisobotlarni tuzishning murakkabligi (Sug‗urta bozorini rivojlantirish agentligi, soliq inspeksiyasi); tahlil qilish uchun zarur bo‗lgan statistik ma‘lumotlarni to‗plash va qayta ishlashdagi muammolar; sug‗urta tariflarini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqishning murakkabligi; sug‗urta xizmatlari samaradorligini tezkor tahlil qilish zarurati; fond mablag‗larini oqilona sarflash uchun kompaniyaning moliyaviy holatini tezkor baholash zarurligi; 11 sug‗urtaning ayrim turlarini tegishli dasturiy ta‘minotsiz ishlab chiqish mumkin emasligi. Ushbu muammolarni ixtisoslashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT)ni joriy qilish va uni biznes jarayonlariga tatbiq etish orqali hal etish mumkin. Sug‗urta faoliyatidagi biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta‘minot nafaqat sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va yuqoridagi muammolarni hal qiladigan, balki sug‗urta kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirishni ta‘minlaydigan talablarga javob berishi kerak. Sug‗urta kompaniyasida axborot texnologiyalaridan foydalanish texnologik jarayonning barcha asosiy elementlarini qamrab oladigan va axborotni qayta ishlashning barcha bosqichlarida ma‘lumotlarning xavfsizligini to‗liq kafolatlaydigan tizimlarni joriy etishni o‗z ichiga oladi. Sug‗urta kompaniyasining axborot tizimini joriy etishga quyidagi sohalarni avtomatlashtirish orqali erishish mumkin: sug‗urta faoliyati; moliyaviy faoliyat; buxgalteriya hisobi va boshqa faoliyat. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling