O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy xo‗jaliklarda bir yil davomida vujudga 
keltirilgan va bevosita iste‘molchilarga borib tushishi mumkin bo‗lgan tayyor pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‗ladi. 
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard 
mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab 
chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zayiralarni to‗ldiradi. 
Ya‘ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‗sish hisobga olinishi zarur
chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga 
olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‗g‗ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda 
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM 
hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‗p marta hisobga olishlarni 
bartaraf qilish uchun, xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‗shilgan qiymatlar 
yig‗indisi olinadi. 
Qo‗shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan 
yetkazib beruvshilardan sotib olingan va iste‘mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 
Boshqacha aytganda qo‗shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab 
chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy 
xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM yopdamida milliy iqtisodiyotda tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga hapakat qilinadi. 
YAMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pipovapd tovaplar va xizmatlarning 
bozor bahosidagi summasi bo‗lganligi uchun tovarning o‗zi, uning nafliligi ko‗paymagan
holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish 
umumiy hajmining hap xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng 
tarqalgan ko‗psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho 
berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan 
milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‗zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot 
esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAMM qiymatini 
faqat narx o‗zgarmagan taqdirda o‗zaro taqqoslash mumkin bo‗ladi. Bundan tashqari narx 
darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‗sishi) yoki deflyatsiya (narx 
darajasining kamayishi) o‗rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini 
beradi. Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma‘lum guruh 
tovarlar va xizmatlar to‗plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning 
miqdorining bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning 
boshlang‗ish davpi "bazis yil" deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u 
quyidagi ko‗rinishni oladi: 
Narx indeksi =
100
*
нархи
товарлари
лик
истеъмолчи
йилидаги
базис
нархи
товарлари
лик
истеъмолчи
йилдаги
жорий
 
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‗plami yoki iste‘mol savatining narx 
indeksi hisoblanadi. G‗arb mamlakatlari va xususan AQShda bu indekslar ichida eng keng 


61 
qo‗llaniladigani iste‘molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida
tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste‘molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‗z ichiga 
oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy 
darajasini hisoblash uchun YAMM narx indeksidan foydalaniladi. YAMM narx indeksi ancha 
keng tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga nafaqat iste‘molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, 
davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar 
va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAMM narx indeksi, nominal YAMM ni real YAMMga 
aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. 
Nominal YAMM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan baholarda 
ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi. 
Ma‘lum yil uchun YAMM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini 
ko‗psatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2000 yil Respublikamiz xalq xo‗jaligida 3104,5 
mlrd. so‗mlik YAIM ishlab chiqarilgan. 1999 yil YAIM qiymati 2128,7 mlpd. so‗mni tashkil 
qilgan. 
2000 yilga YAMM narx indeksini aniqlash uchun, 2000 yildagi mahsulotlar narxlari 
summasini xuddi shu rajmdagi va turdagi tovaplarning 1999 yil narxlari summasiga bo‗lish 
zarur, ya‘ni 3194,5:2128,7q1,5 yoki 150,0%. 
Agar biz YAMM narx indeksini qator yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga 
ularni solishtirib tahlil qilish imkonini beradi. 
Jopiy yildagi nominal YAMMni real YAMMga aylantirishning ancha oddiy va 
to‗g‗ridan to‗g‗ri usuli nominal YAMMni narx indeksiga bo‗lishdir, ya‘ni, 
Real YAMM nominal YAMMni Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining 
ko‗rsatkichi YAMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‗lgan 
bir qator o‗zaro bog‗liq ko‗rsatkichlar mavjud bo‗ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli 
tomonlarini xarakterlab beradi. 
YAMM ko‗rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‗rtasidagi farq) kiradi. Ammo 
turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‗i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy 
iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) 
ko‗rsatkichidan foydalaniladi. YAMM ma‘lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida 
ishlab shiqarilgan va iste‘mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor 
baholaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‗shilgan qiymatlar yig‗indisi 
sifatida chiqadi. 
YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‗rsatkishi sifatida bitta muhim 
kamshilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy 
kapitalning o‗rnini qoplash uchun zarur bo‗lgan qiymatni ham o‗z ishiga oladi. 
YAMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan asosiy kapital 
qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) 
ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi. 
YAMM – amortizatsiya yillik summasi q SMM. Shunday qilib, SMM amortizatsiya 
ajratmasi summasiga kamaytirilgan YAMM sifatida chiqadi. 
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‗rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri 
soliqlar korxona tomonidan o‗rnatiladigan bahoga qo‗shimsha hisoblanadi. Bunday soliqlar 
og‗irligi iste‘molchi zYAIMasiga tushadi va uning hisobiga o‗zlarining daromadining bir 
qismini yo‗qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar 
shiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi deb ko‗rsatiladi. 
SMM – biznesga egri soliq milliy daromad. 
Amaliyotda ishlab shiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab shiqarilgan MD 
– bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD – bu 
ishlab shiqarilgan MDdan yo‗qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo‗qotishlar va r. k. ) va 
tashqi savdo qoldig‗i shiqarib tashlangan miqdorga teng. 
Bizning amaliyotda MD iste‘mol va jamg‗arish fondiga ajratiladi. Iste‘mol fondi – bu 
milliy daromadning jamiyat a‘zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun 


62 
jamiyat ehtyojlarini (ta‘lim, mudofaa va r. k. ) qondirishni ta‘minlashga ketadigan qismi. 
Jamg‗arish fondi – bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta‘minlaydigan 
qismi. 
Milliy daromadni, daromadlap bapcha turlarini (amortizatsiya ajpatmasi va biznesga 
egri soliqlardan tashqari) qo‗shib chirish yo‗li bilan ham aniqlash mumkin. 
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy straxovaniyaga ajpatmalar, korxona 
foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda yy xo‗jaliklari qo‗liga 
kelib tushmaydi. Aksincha, yy xo‗jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy 
to‗lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi. 
Shaxsiy daromad ko‗rsatkichini topish uchun milliy daromaddan yy xo‗jaliklari 
qo‗liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib 
tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga
qo‗shishimiz zarur. 
Milliy daromad - ijtimoiy sug‗urta ajratmasi - korxona foydasiga soliqlar - 
korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi, ijtimoiy to‗lovlar, shaxsiy daromad. 
Shaxsiy daromaddan soliqlari to‗langandan keyin, yy xo‗jaliklarining to‗liq tasarrufida
qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar to‗langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan 
to‗lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‗li bilan hisoblanadi. Soliqlar 
to‗langandan keyingi daromad uy xo‗jaliklari eng oxirida ega bo‗ladigan daromad hisoblanib, 
alohida shaxs va oilalar o‗z tasarrufida by daromadlarning bir qismini iste‘mol uchun 
sarflaydi va boshqa qismini jamg‗armaga yo‗naltiradi. Makroiqtisodiy ko‗rsatkishlarning 
qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‗rsatkishlar butun tizimi nisbatini ko‗rgazmali 
tasavvur qilishimiz mumkin bo‗ladi. 
Ichki milliy mahsulot – Amortizatsiya q SMM. 
Sof milliy mahsulot - Egri soliqlar q MD. 
Milliy daromad – ijtimoiy sug‗urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona 
taqsimlanmaydigan foydasi q ijtimoiy to‗lovlar q Shaxsiy daromad 
Shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlar to‗lanadigan keyingi daromad. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling