O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Agrobiznes va uning turlari 
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‗jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‗rinishida 
namoyon bo‗ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo‗jaligi bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyat 
bilan shug‗ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‗jaligiga texnikaviy, 
ta‘mirlash xizmat ko‗rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib 
berish bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes 
agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha 
bo‗g‗inlarni qamrab oladi. 
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq 
xo‗jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda 
ko‗rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamshi bo‗g‗ini fermer va derqon 
xo‗jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu 
xo‗jaliklar o‗z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab 
chiqaruvchi fermerning o‗zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mexnatdan 
foydalanish ham mumkin. Fermer xo‗jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va 
Mehnat bevosita qo‗shiladi, bu esa yuqori samarani ta‘minlaydi. Fermer xo‗jaliklari mustaqil 
tuzilma bo‗lish sababli o‗z faoliyatini bozor konyukturasiga tez moslashtira oladi. Unda 
iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil 
qiladi. Bularning hammasi fermer xo‗jaligining yashovshanligini ta‘minlaydi. 
Respublikada 
islorotlarni 
amalga 
oshirishning 
dastlabki 
bosqishlaridayoq, 
Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo‗jaliklari, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishini tashkil 
etishning asosi sifatida faoliyat ko‗rsatishi lozimligini ta‘kidlab o‗tgan edi. Shu sababli 
respublikamizda qishloq xo‗jaligini fermerlashtirish agrar islorotlarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zahar ko‗rib ishlash natijasida og‗ir arvolga tushib 
qolgan davlat xo‗jaliklarining tarkibi fermer xo‗jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga 
aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‗jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer 
xo‗jaliklari uyushtirish hamda derqonning o‗z mol-mulki negizidan bunday xo‗jaliklarni 
derqon xo‗jaligi tashkil qilish yo‗li bilan boradi. Fermer xo‗jaligining barcha tashkiliy 
shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‗rsatadi. 
Fermer va derqon xo‗jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish 
O‗zbekiston respublikasining «Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida»gi, ―Dehqon xo‗jaligi 
to‗g‗risida‖gi, ―qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida‖gi qonunlarga 
hamda qishloq xo‗jaligida islorotlarni shuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy 
bitimlarga va rukumat qarorlariga asoslanadi. 
Bu qonuniy aktlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan 
uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustarkamlab qo‗yildi. Shu bilan, birga bu xo‗jalik uchun 
yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‗li 
bilan ularni rimoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo‗jaliklarini 
rivojlantirishni rag‗batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. 
Natijada Respublikada 2001 yil boshiga kelib fermer xo‗jaliklari soni 43800 dan ziyodni 
tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xo‗jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 889,7 ming 
gektarni tashkil qilib, bir xo‗jalik ixtiyoridagi yer maydoni 20,3 gektarga to‗g‗ri keladi. 2000 
yilda fermer xo‗jaliklarida butun qishloq xo‗jalik mahsulotlarining 5,1 foizi yetishtirilgan. 
Respublikada fermer xo‗jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‗rsatuvshi 
infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov 
punktlari, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlovshi kishik korxonalar tizimi shakllandi. 
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma‘lum turdagi qishloq xo‗jalik 
mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigasha qayta ishlashni qo‗shib olib 
boradigan korxonalardir. 


58 
Agrofirmalar ham qishloq xo‗jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste‘molga 
tayyor bo‗lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, 
shunonshi oilaviy xo‗jalik asosida ham tashkil topib, kishik zavodlar bilan birikishi mumkin. 
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. 
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‗liq 
ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvshi bir nesha xo‗jalik hamda korxonalarni 
birlashtiradi. Masalan, Bog‗dorshilik va uzumshilik bilan shug‗ullanuvshi xo‗jaliklar, ular 
mahsulotini qayta ishlovshi sex va zavodlar, yetkazib beruvshi savdo-sotiq korxonalari bir 
texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma 
ishtirokshilari ishlab chiqarish, xo‗jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan 
birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling