O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 


126 
 “IQTISODIYOT NAZARIYASI” 
FANIDAN TA‟LIM TEXNOLOGIYASINING 
KONSEPTUAL ASOSLARI 
1. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining dolzarbligi va ahamiyati 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan 
milliy xo`jalik qaror topmoqda va uning institusional jihatlari takomillashmoqda. 
Transformasiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo`lishi va uning jahon xo`jaligiga 
qo`shilishi o`ziga xos yangi tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va muayyan qonuniyatlar 
shakllanadi. O`zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, 
cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy 
ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo`nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. 
Fanning asosiy maqsadi talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini 
tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g`oyalar va yondoshuvlar evolyusiyasini aniq tushunchalar 
orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi 
ustuvor yo`nalishlarini o`rgatishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi 
predmetini chuqur o`rganish, barcha jamiyatlarga xos bo`lgan nazariyalar, umumiy 
qonuniyatlardan xabardor bo`lish, nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg`ab olish, 
bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy 
ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o`rganishning dolzarbligini ko`rsatadi. ―Iqtisodiyot 
nazariyasi‖ har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi va farovonligi
uning globallashuv shart-sharoitlaridagi faoliyati, axborotlashuv darajasi qanday bo`lishidan 
qat‘iy nazar iqtisodiy tafakkur tarzini kengaytirishda nazariy-ilmiy va uslubiy asos bo`lib 
xizmat qilaveradi. Ushbu fanning ob‘ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Shu nuqtai 
nazardan qaraganda, iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini nazariy 
jihatdan tadqiq etadi, turli jamiyatlarda namoyon bo`lish xususiyatlarini aniqlaydi, yangi 
tushunchalar va atamalarning ishlab chiqilishida salmoqli rol o`ynaydi, qolaversa, boshqa 
iqtisodiy fanlar uchun uslubiy-nazariy ishlanmalarni, yondoshuvlarni, g`oyalarni taqdim etadi. 
Shuning uchun bu fanni o`rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati ham yuqori hisoblanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling