O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
53a15c8a42dcb
3.Soliq tizimi va uning vazifalari
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‗lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu byudjetga majburiy to‗lovlar shakli. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: -davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); -ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); -iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsa-da, davlat sarflari miqyosining o‗sishi o‗z navbatida soliqlarning o‗sishini taqazo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‗lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‗sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi. 1. Aholi sonining o‗sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o‗zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o‗sgan qismini ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash qo‗shimcha mablag‗larni zarur qilib qo‗yadi. 2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining ortishi ijtimoiy soxa xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. 3.Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‗sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‗p miqdordagi moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo‗shimsha xarajatlarning o‗sishini keltirib chiqaradi. Atrof-murit muammosini ral qilishda asosiy rol davlat YAIM zimmasiga tushadi. 4.Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug‗urtani rivojlantirish, ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, ijtimoiy ta‘minot, tekin meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy joy qurilishi kiradi. 5.Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta‘minlash xarajatlari hajmining o‗sishi. Hozirgi davrda davlatning soliq siyosatini O‗zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‗mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi. Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to‗lovlari soliq undirishning ob‘ektlari, soliq to‗lash tartibi, soliq to‗lash bo‗yicha imtiyozlar, soliq to‗lash bilan bog‗liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni ral qilishning umumiy tartibi O‗zbekiston Respublikasining soliq to‗g‗risidagi qonunlari bilan aniqlanadi. Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi: -barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‗liq bo‗lmagan holda soliq undirishning majburiyligi; -soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; -samarali ishlovshi korxonalarda hamda xo‗jalik yuritishning progressiv shakllari uchun soliq normalarining rag‗batlantiruvshi rolini ta‘minlash; -soliq to‗lovi bo‗yicha barcha sub‘ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. Soliq stavkasini belgilash bir qator prinsiplarga asoslanadi. 1. Naflilik prinsipi - har xil kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlisha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 96 Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R)‘ deyiladi yoki, % 100 ` D R R 2. To‗lovga layoqatlilik prinsipi - soliq miqdori soliq to‗lovshining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqasha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 3. Adolatlilik prinsipi - daromadlari va rukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‗yicha teng bo‗lgan kishilar teng miqdorda soliq to‗lashi zarur. Soliq bo‗yicha imtiyozlar qonunshilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o‗rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: - ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; - soliq to‗lashdan alohida shaxs yoki ma‘lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish; - soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; - soliq olinadigan summadan shegirish; - soliqli kredit (soliq olishni keshiktirish yoki soliq summasini ma‘lum miqdorga kamaytirish). Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar o‗rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‗sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‗linadi. 1. Agar soliqning o‗rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‗sib borsa, progressiv soliq hisoblanadi. 2. Daromadlar o‗sib borishi bilan o‗rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 3. Proporsional soliq o‗rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog‗liq bo‗lmagan holda o‗zgarishsiz qolishini taqazo qiladi. Bunda davlat butun xo‗jalik kon‘yunkturasiga umumiy ta‘sir ko‗rsatish maqsadida, soliq mexanizmidan keng foydalaniladi. Davlat iqtisodiyotdagi turg‗unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital quyilmalarning rag‗barlantiradi, hamda shu orqali iste‘molchilik va investitsion tovarlarga yalpi talabni kengaytirish uchun ancha kulay sharoit yaratadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‗sishiga olib kelishini birinchi bo‗lib amerikalik iqtisodshi A.Loffer asosladi. A.Lofferning mulorazalariga ko‗ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning kapital qo‗yilmalariga bo‗lgan rag‗batini susaytiradi, fan texnika taraqqiyotini to‗xtatadi, iqtisodiy o‗sishni sekinlashtiradi va bular oxiri oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavka (norma)si o‗sishi o‗rtasidagi bog‗liqlikning grafikda tasvirlanishi ―Loffer egri chizig‗i‖ nomini oldi. (7-rasm). 7-chizma. Laffer egri chizig„i. Grafik tik o‗qida soliq stavkasi (R), yotiq o‗qida - davlat byudjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng yuqori tushum (V1)ni 97 ta‘minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‗ladi, chunki rech kim tekinga ishlashni xorlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‗rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg‗armalar, investitsiyalar, bandlilikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‗sishini ta‘minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko‗payadi, davlat daromadlari hajmi o‗sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‗y beradi. Lekin o‗z-o‗zidan tushinarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me‘yorida amal qilgan holdagina namayon bo‗ladi. Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi shundaki, soliq normasining oshishi yoki tushishi shubrasiz kapital qo‗yilmalar o‗sish sur‘atiga to‗siq bo‗luvshi yoki aksincha rag‗barlantiruvshi ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko‗plab omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar ishida muxim o‗rinni siklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling