O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
53a15c8a42dcb
126 “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TA‟LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI 1. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining dolzarbligi va ahamiyati Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo`jalik qaror topmoqda va uning institusional jihatlari takomillashmoqda. Transformasiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo`lishi va uning jahon xo`jaligiga qo`shilishi o`ziga xos yangi tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va muayyan qonuniyatlar shakllanadi. O`zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo`nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. Fanning asosiy maqsadi talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g`oyalar va yondoshuvlar evolyusiyasini aniq tushunchalar orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi ustuvor yo`nalishlarini o`rgatishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o`rganish, barcha jamiyatlarga xos bo`lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo`lish, nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg`ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o`rganishning dolzarbligini ko`rsatadi. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi va farovonligi, uning globallashuv shart-sharoitlaridagi faoliyati, axborotlashuv darajasi qanday bo`lishidan qat‘iy nazar iqtisodiy tafakkur tarzini kengaytirishda nazariy-ilmiy va uslubiy asos bo`lib xizmat qilaveradi. Ushbu fanning ob‘ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini nazariy jihatdan tadqiq etadi, turli jamiyatlarda namoyon bo`lish xususiyatlarini aniqlaydi, yangi tushunchalar va atamalarning ishlab chiqilishida salmoqli rol o`ynaydi, qolaversa, boshqa iqtisodiy fanlar uchun uslubiy-nazariy ishlanmalarni, yondoshuvlarni, g`oyalarni taqdim etadi. Shuning uchun bu fanni o`rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati ham yuqori hisoblanadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling