O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
O'zbekistonda iste'mol talabi raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik
Download 0.53 Mb.
|
Kurs ishi Nosirov Timur ST-52
5. O'zbekistonda iste'mol talabi raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.
O’zbekistonda isteʼmolchi talabini qondirish va unga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo’nalishlari. Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, soglom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Hisob-kitoblarga kora, Ozbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33 905,8 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 % ga osdi. Bundan kelib chiqish mumkinki, mamlakatimizda potensial istemolchilar miqdori osib bormoqda. Bu oz navbatida ushbu potensial istemolchilar talabini qondirish uchun tegishli choralar korish zarurligini bildiradi. 2019 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,3 mln. somni, nominal o'sish sur'ati 119,7 % ni, real o'sish sur'ati esa 104,5 % ni tashkil etgan. Bundan oz-ozidan istemolchilarning talabida ham osishlar kuzatilishi mumkinligidan dalolat beradi.1 1.www.mineconomy.uz O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti Hisob-kitoblarga kora, jahon boylab oshib borayotgan talabni qondirish uchun 2050 yilgacha hozirgiga qaraganda 70 foiz kop oziq-ovqat ishlab chiqarilishi lozim. Ammo aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Ozbekistonning qishloq xojaligi eng islohot talab qiladigan sohalaridan biri bolib qolayotgani ayon. Markaziy Osiyoda, jumladan Ozbekistonda narxning kotarilishi eng avvalo qishloq xojaligi yoki oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish faktorlariga qaram boladi. Ishlab chiqarish esa, eng avvalo suv muammolariga bogliq. Ma'lumki, Ozbekiston suv ta'minoti muammolariga ega. Suvning asosiy qismi daryoning yuqori qismidagi mamlakatlarda - Tojikiston, Qirgiziston va qisman Qozogistonda jam bolgan. Global iqlim ozgarishi tufayli Ozbekistonda suv miqdori tobora kamayib boradi. Bu esa, albattaki, ilk navbatda qishloq xojaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni pasaytiradi. Iqlimning ozgarishi don, suv va gosht mahsulotlari miqyosiga ham salbiy ta'sir korsatadi. Shunday ekan, Ozbekistonda kelajakda kundalik oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi va boshqa mintaqalardan importning kopayishini kutsak boladi. Albatta, vaziyatdan foydalanib, ba'zi Markaziy Osiyo mamlakatlari narx-navolarni kotarib yuborishlari mumkin. Shuning uchun mahsulotlar oldi-sotdisi mintaqa davlatlari darajasida nazorat qilinishi kerak. Ammo, mintaqa mamlakatlarining bir birini siyosiy jihatdan yoqtirmasligi inobatga olinsa, narxlarni nazorat qilish juda qiyin boladi. Boshqa tarafdan, demografik osishni ham hisobga olish kerak. Markaziy Osiyoda tugilish darajasi eng yuqori bolgan mamlakatlar bu - Ozbekiston va Tojikistondir. Demak, bu mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyoji tobora ortib boraveradi. Narx- navolarning kotarilishi bojxona tolovlari va chegaradan otishda tosiqlarni kuchaytiradi. Bu, oz navbatida, kichik-kichk janjallarni keltirib chiqarishi va aholini boshqa mintaqalarga kochishga majburlashi mumkin. Kontrabanda va soya iqtisodi ham kuchayadi. Mintaqada narxlarning kotarilishini, istemolchilar talabini qondirish uchun eng avvalo suvni tejaydigan resurslardan foydalanishga otish zarur. Suvdan kam foydalanish va tejash kerak. Daryo boyida joylashgan qoshni davlatlar ortasida suvdan foydalanish boyicha bitimlar imzolanishi kerak. Buning uchun mamlakatlar bir-biriga yon berishlarga borishlari, mojarodan cheklanishlari va siyosiy ambitsiyalardan voz kechishlari zarur. Bundan tashqari, aholi osishini nazorat qilish kerak. Paxta kabi suv kop talab qiladigan mahsulotlardan voz kechib, oziq-ovqat yetishtirishga asosiy e'tiborni qaratish zarur. Ana oshandagina chetdan keltiriladigan mahsulotlarga ehtiyoj kamayadi. Ya'ni poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlarni yetishtirishga koproq e'tibor qaratish kerak. Ularni chetga sotish hisobiga boshqa mahsulotlarni keltirish mumkin boladi. Yana gosht va sut mahsulotlarini kopaytirish haqida ham jiddiy oylab korish kerak. Xulosa qilib aytganda qishloq xojaligida istemolchi talabini qondirish kop tarmoqli bolishi zarur. Buning uchun nima ekishni va nima ishlab chiqarishni fermerlarning oziga qoyib berish lozim. Davlat oziq-ovqat zaxirasi haqida oylaydigan bolsa, uni fermerlarni biror narsani yetishtirishga majburlash orniga soliq va kredit tizimlarini yaxshilashi zarur. Xullas, ma'muriy buyruqbozlik tizimidan voz kechish va iqtisodiy ta'sir vositalarini ishlab chiqish zarur. Ozbekistonda istemolchi talabiga tasir etuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. 1. Istemolchilar xohish-istagi. Aholining milliy urf-odatlari, ananalari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bogliq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda tasiri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning ozgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining ozgarishi kabilar tasirida malum bir tovarlarga talab ozgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi. Ushbu holatda istemolchilar talabini nazorat qilishi uchun avvalambor taklif hajmini talab hajmiga tenglashtirish lozim. Shundagini bozor muvozanati yuzaga keladi. Aks holda, talab kop taklif kam bolgan holatda istemolchi yutkazadi. 2. Aholi tarkibidagi ozgarishlar. Aholi tarkibi oziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi Ozbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar kopaysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab osadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmogi kop bolgan sharoitdagi talab, albatta, ozgaradi. Mamlakatimizda aholi soni yiliga ortacha 2 foizga yoki 600 mingga oshishini hisobga olsak yillik ishlab chiqarish hajmini ham shu maromda amalga oshirib boorish zarur. Aks holda, bu aholi ortasida tabaqalanishni oshirib yuborishi, mavjud talabni qondirish imkoniyatini pastlatishi mumkin. 3. Aholi pul daromadlarining ozgarishi. Aholi pul daromadlarining osishi tovarlarga miqdoriy talablarning kopayishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bolgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining ozgarishi asosida istemol tuzilishida ozgarish bolib, ular ish haqlarining 14% dan kop qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-rozgor tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambagal deb etirof etiladi; Aholi pul daromadlari ozgarishi natijasida uning istemol talabida ham osish yoki tushish kuzatiladi. Bunda hollarda ishlab chiqarish hajmini aholi daromadi osishi bilan bir maromda bolishini taminlab borishga erishish zarur. 4. Ornini bosuvchi tovarlar bahosining ozgarishi. Masalan, saryog bahosining ozgarishi margarinning bahosini ozgarishiga olib keladi. Saryog bahosining osishi uni ornini bosuvchi margaringa bolgan talabning kopayishiga olib keladi. 5. Bir birini toldiruvchi tovarlar bahosining ozgarishi. Bozorda benzin bahosining kotarilishi avtomobillarga bolgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin istemol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. Yoki fotoplyonka narxining osishi uni ishlatish uchun zarur toldiruvchi fotoapparatlarga bolgan talabni malum darajada kamayishiga olib keladi; 6. Bozor miqyoslari. Malumki, bozorlar oz kolamiga binoan mahalliy, regional, milliy va jahon bozorlariga bolinadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, malum tovarlarga bolgan talab shunchalik osadi, talab ham oz navbatida oz hajmini kuchaytiradi; 7. Pulning qadrsizlanishining kutilishi boyicha shov-shuvlar insonlar ortasida malum tovarlarga talabni kuchaytiradi. Otish davrida talab hajmini aniqlash va u togrisida malum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir. 8. Reklama ham talab darajasiga tasir qiladi. Radio, televidenie, matbuotdagi reklamalar hamda tovarning yuqori sifatli va xaridorni jalb etuvchi shaklda oralishi, qadoqlanishi, jilo berilishi hamda uning muayyan afzalliklari va qayerda sotilishi kabi axborotlar mazkur tovarga talabni kuchaytiradi. Ushbu holat malum bir turdagi tavorlar ortasida sodir bolib, bu barcha turdagi tovarlarga birday tasir qilmaydi. Bunday holatda istemolchilar tomonidan asosan bir turdagi tovarlga ehtiyoj oshib boradi. Raqobatning amal qilishi malum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, oz-ozidan, evolyutsion yol bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta-kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, yani iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Mamuriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero. Prezidentimiz takidlaganidek. bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda kop yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski mamuriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni taminlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ov to'siqlarni bartaraf etishimiz zarur».Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishining eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlarberish, kelishish kabi mavjud mamuriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi. Shunga kora, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar boyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon boMishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur; b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqyelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishi ni ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas. Ozbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy orin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oz egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, kop ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, Ozbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yoli, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xojalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga otishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy masuliyat asosida oz manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda 0zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash togrisida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga kora, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to'lashlari, girromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli ozgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga kora, 0zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat togrisida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va girrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to'xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan, ikki muhim yonalish, ya'ni birinchidan, monopoliyaga qarshi tartibga solishning prinsipial yangi korinishi bolib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqyeini suistemol qilishning oldini olish va unga barham berishni kozda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bolib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va soglom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qoyilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda 0zbekistonda monopoliyaga qarshi organ - Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga royxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti boyicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qomitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining « 0zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish togrisida»gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo'mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qomitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 0zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qollab-quvvatlash davlat qomitasiga aylantirildi. Respublikada monopol mavqyeiga ega bolgan korxonalarni Davlat reyestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib korsatish lozim: 1. Monopol mavqyeidagi korxonalar mahsulotlariga нархларнинг eng yuqori darajasini yoki rentabellikning nerapasini belgilab qo'yish. 2. 0 ‘z monopol mavqyeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi» Nizom asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» (1996 yil, aprel) Qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan, respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yol qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida etibor beriladi.Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri - bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqyeini suiistemol qilishning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik boyicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-korxonalarda Davlat reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrlarga malum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Reyestrga olingan xojalik yurituvchi subyektlar oz mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o'tkazishlari shart. Keyingi yillarda Davlat reyestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar saImogining oshishi va boshqa omillar tasirida ko'pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reyestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reyestrda 716 xo'jalik yurituvchi subyekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat boyicha royxatga olingan bo'lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xojalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari boyicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa, 17 barobarga qisqardi.Respublikada faqat 2003-2004 yillar davomida monopol mavqyeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta masuliyati cheklangan jamiyatlaring nizom jamgarmasi davlat ulushi, 1657 ta korxona va obyektlar to'liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi.11 Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan respublika xo'jalik birlashmalari («0 zgoshtsutsanoat», «Oziq-ovqatsanoat», «0zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) nizom jamgarmasi davlat ulushi bo'lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («0zbekyengilsanoat» DAK, « 0 zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o'rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu oz navbatida raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi. Xulosa Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, yani milliy daromad istemol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Keng manoda istemol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy istemolga ajraladi. Istemolchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamgarishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.Istemol va jamgarma hajmi hamda unga tasir korsatuvchi omilar ortasidagi bogliqlik istemol va jamgarma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalami bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilaming nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilaming fikriga kora, jamgarma banklaming real foiz stavkasi qanchalik yuqori bolsa, ulaming qiziqishlari shu qadar kuchli boladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilaming bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xojaliklarining istemol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bogliq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy istemolning kelgusidagi istemoldan afzalligini takidlaydi. U istemol sarflari darajasiga tasir korsatuvchi asosiy omil sifatida uy xojaliklarining joriy daromadlarini korsatadi. Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati va ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo'ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni maqbul (optimal) taqsimlashga imkon yaratadi. 0 z miqyosiga ko'ra, raqobat eng avvalo, ikki turga tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo'linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to'rtta shakli alohida ajratilib korsatiladi. Bular erkin raqobat, monopollashgan raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. Erkin raqobat va monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko'p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas. Raqobat xojalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xojalik yuritishda teng imkoniyatlarni taminlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib hukmronlik mavqyeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling