O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 105.99 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi105.99 Kb.
#196408
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi EK-53 Sharobiddinov Navro'zbek

Iqtisodiy taraqqiyot modeli (fransuzcha modele - o’lchov, namuna) - mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi XX asrning 50-yillarida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi (kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya). XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shart-sharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼmuriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Albatta, iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum darajada oʻtkazadi.

Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy harakterda boʻladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet iqtisodiy taraqqiyot modellarini koʻrsatish mumkin. Ular ichki taraqqiyot omillari, shart-sharoitlari, ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqa jihatlari bilan bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Misol uchun osiyocha taraqqiyot modeli jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan boʻlib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi asosiy oʻrinda tursa, yevropacha modelda iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitiga moslashuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yoʻnalishi, yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining yuqori hissasi koʻzga tashlanadi. Lotin Amerikasi modeli xomashyo tamoyiliga qurilgan boʻlib, undiruvchi sanoat tarmoqlarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi, iqtisodiyotda mayda tovar ishlab chiqarishning sezilarli darajasi bilan harakterlanadi. 70-80-yillarda shakllangan Osiyo-Tinch okeani modelining tipik xususiyati yuqori texnologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish ilmiy bazasining rivojlanganligidir. Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli tipik xomashyo yoʻnalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining ortiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urugʻchilik, qabilalar oʻrtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik bilan tavsiflanadi. Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli MDH mamlakatlariga xos boʻlib, ularni ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona standartlar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respublikalarining 70 yildan ortiq birga boʻlishi iqtisodiy munosabatlarning yaqinlashuviga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida va hatto uning oʻrtalariga kelib ham bu mamlakatlar tashki savdo oborotining yarmidan koʻprogʻi MDHga toʻgʻri kelar edi. Ammo keyinchalik bu tendensiya milliy taraqqiyot modellarida yetakchi oʻrinni egallay olmadi. Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajaga koʻtarildi. 90-yilning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish — xomashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real iqtisodiy taraqqiyot modeli boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talontaroj qili-nishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chikargan edi. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrosanoat majmui (ASK.) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelar edi. Industrial iqtisodiy taraqqiyot modeli ning samaradorligini Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi tasdiqlagan. Taraqqiyotning xizmat koʻrsatish yoʻnalishi ham Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkin edi. Bu yoʻldan borayotgan Yevropa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning 40% shu soxada yaratiladi. Baʼzi mamlakatlarda turizm YAIMning 25% ni hosil qiladi. Oʻzbekiston yuqorida sanalgan modellardan birontasidan voz kechmadi, balki oʻzining iqtisodiy taraqqiyot modelida ulardan foydalandi. Boy tabiat resurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chet el investitsiyalarini kiritish imkonini bermoqda. ASK rivojlanishi qishloq aholisini ish bilan taʼminlashga olib kelmoqda. Qishloqda mamlakat aholisining 60% yashaydi. Industrial taraqqiyot iqtisodiyotni eksportga, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishga undamoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yoʻnalishini kuchaytirmoqda. Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli xalqning tarixiy tajribasi, anʼanaviy madaniyati bilan belgilangan. Chunki islomning xususiyati shundaki, u faqatgina din emas, balki unga sigʻinadigan xalqlarning turmush tarzidir. Shuning uchun ham 70 yildan ortiq davr mobaynida tashqaridan tiqishtirilgan "sovet turmush tarzi" bu yerda keng tomir otmadi.

Islohotlarning dastlabki yillarida Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarda tajribadan oʻtgan u yoki bu iqtisodiy taraqqiyot modelini qabul qilishi lozim degan fikr yurar edi. Hatto turk yoki xitoy modellarini qabul qilish zarurligi taʼkidlangan edi. Ammo Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov mamlakatga oʻz yoʻli, oʻz taraqqiyot modeli zarurligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 5 tamoyili — iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, davlat bosh isloxotchi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish — oʻzbek modelining asosini tashkil etadi. Qisqa vaqt ichida iqtisodiy taraqqiyotning oʻzbek modeli oʻzining hayotiyligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun 1995-yil keskin burilish yili boʻldi. Shu yili sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha islohotgacha davr darajasiga toʻla erishildi. YAIMning pasayishi sezilarli sekinlashdi. 1996-yildan boshlab esa YAIM ishlab chiqarishning barqaror ijobiy tendensiyasi davom etmoqda: 2001-yilda YAIM 4,5% ga oʻsdi, sanoat mahsuloti qajmi 8,1%, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari 4,5%, qurilish ishlari 3,3%, chakana tovar aylanmasi 9,5% ga oʻsdi. Oʻzbek modeli hali oʻtish davrining boshidayoq koʻp ukladli, aralash, tashqi beqarorlashtiruvchi omillardan xoli boʻlgan milliy bozor iqtisodiyotining shakllanishini taʼminladi. YAIM ishlab chiqarish surʼatlarining birinchi marta aholi oʻsish surʼatlaridan ustun boʻlishiga erishildi, YAIM tarkibiga jamgʻarish va investitsiyalar nisbatlarida yuqori sifat oʻzgarishlari taʼminlandi. Oʻzbek Iqtisodiy taraqqiyot modeli ning bosh maqsadi — ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni taʼminlashdan iborat.



Ijtimoiy-iqtisodiy tizim va uning turlari.

Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmuyi. Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot subʼyektlari, ishlab chiqarish omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar maʼlum qonunqoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi. Iqtisodiy tizim masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiqlashtirish va boshqarish usuliga koʻra tasniflash koʻproq tarqalgan. XXI asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, iqtisodiy tizimning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; ishlab chiqarish harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi. Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta iqtisodiy tizim boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda iqtisodiy tizim ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi iqtisodiy tizimlar bor, ularning biri ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi iqtisodiy tizim kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda iqtisodiy tizimga texnologik va ishlab chiqarishning harakteri, ishlab chiqarishning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta iqtisodiy tizim yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shart-sharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir qarashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi. So’nggi bir yarim-ikki asrda dunyoda turli xil iqtisodiy tizimlar faoliyat ko’rsatdi: bozor iqtisodiyotida ustun bo’lgan ikkita bozor tizimi – erkin raqobatdosh bozor iqtisodiyoti (sof kapitalizm) va zamonaviy bozor iqtisodiyoti (zamonaviy kapitalizm), shuningdek, ikkita nooziq-bozor tizimi – an’anaviy iqtisodiy tizim va ma’muriy buyruqbozlik tizimi. Bundan tashqari, sobiq sotsialistik mamlakatlar – MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari, shuningdek, sotsialitik Xitoy va Vetnamning bozor munosabatlariga o’tishi o’tish davri tipidagi iqtisodiy tizimning shakllanishiga olib keldi. U yoki bu iqtisodiy tizim doirasida alohida mamlakatlar va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishining turli modellari mavjud.



Download 105.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling