Nazariya deganda, u yoki bu voqelikning u yoki bu sohasini inson tafakkurida umumlashgan holda ifodalanishiga tushuniladi. Nazariya falsafiy ma’noda keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda olganda u kishilarning amaliy faoliyatidan farqli o‘laroq umuman, fan, bilim demakdir. Nazariya amaliy faoliyat asosida paydo bo‘ladi. Nazariya tajribani umumlashtiribgina qolmasdan, narsa va hodisalarning yangi tomonlarini aloqa va bog‘lanishlarini ochib beradi. Shu bilan bir qatorda tomonlarni, aloqa va bog‘lanishlarni amaliyotda ijod qilishga ko‘maklashadi. Tor ma’noda esa, nazariya deb qat’i muayyan shaklga ega bo‘lgan kundalik bilim tushuniladi.
Ijodkor biron-bir narsa va hodisani bilishda uning tashqi tomonini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ma’lum xossa va xususiyatlarining tamoyillarini o‘zida qayd qiladi. So‘ngra ijod qiluvchi narsa va hodisaning (ob’yektning) mohiyatiga chuqurroq yondasha boshlaydi. Ob’yektga taalluqli qonunlarni ochib oladi, qonunlarning xossalarini izohlaydi. Ob’yektning ayrim tomonlari haqidagi bilimlarni bir butun, yaxlit tizim sifatida shakllantiriladi. Shu yo‘l bilan hosil qilinadigan mukammal, hartomonlama chuqur bilim ichki mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan nazariyadir. Barcha fan nazariyalardan iborat. Masalan: hozirgi zamon fizikasi kvantlar nazariyasi, nisbiylik nazariyasi, elementar zarralar nazariyasi va boshqa nazariyalardan tashkil topgan. Ta’kidlash lozimki, olam narsa va hodisalari haqidagi nazariyalarning o‘zi ham nazariyaga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunday holda bu jarayon metanazariya deb ataladi. Amaliy faoliyatda nazariyalarni bir-biridan farq qilishi muhim ahamiyatga ega.
Har qanday nazariya qanchalik haqiqat bo‘lmasin, ob’yekt haqida to‘la, uzil-kesil, mutlaq tugallangan bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib borayotgan bilim yangi dalillarni, qoidalarni ochib beraveradi. Bu dalil va qoidalarning mohiyati, mazmuni eski nazariyaga mos kelmasdan uning doirasiga sig‘maydi. Natijada, nazariyani o‘zgartirishni yoki yangi nazariya yaratishni talab etadi. Bir nazariyani ikkinchi nazariyaga o‘tishi bilish nazariyasining qonuniyatli hodisasidir. Albatta, bu jarayonda eski nazariyaning ma’lum bir jihatlari yangi nazariyada saqlanib qolishini ham unutmaslik lozim. Izlanuvchi yoki ijodkor ularni inobatga olganda, faoliyati unumli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |