O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti kurs ishi mavzu: ilmiy ishda ifoda tarzi bajardi: ilmiy rahbar: toshkent 2021
lmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi
Download 56.62 Kb.
|
ILMIY ISHDA IFODA TARZI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot
XULOSAXulosa qilib aytish mumkinki, ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi. Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish talab etiladi. Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko‘zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo‘ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar qilish jarayoni kechadi.
faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish); real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish; yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish. Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog’liq va u quyidagilarni o’z ichiga oladi: - qog’oz va uning hajmiga bo’lgan talab; - chap, o’ng tomondan, yuqori quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi; - sahifalarga tartib raqamlarini qo’yshi; - rasmiylashtirish muharriri; - jadval va rasmlarni berilishiga talablar; - bosish shrifti va intervali; - bayon etilish ishi; - boshqa tildagi annotasiyalarga bo’lgan talab. Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan, amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon qilinayotgan mavzu bo’yicha xulosadan iborat bo’lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarga havola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilishi kerak. Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustaqil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko’ra tekshiruv o’z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farkli tomonlarni
E’lon qilishga takdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim hollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassis tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassis tomonidan yoziladi. Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo’lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi. Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik huquqit oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart. Download 56.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling