O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti kurs ishi mavzu: ilmiy ishda ifoda tarzi bajardi: ilmiy rahbar: toshkent 2021


Ilmiy tadqiqot muammosining qo‘yilishi


Download 56.62 Kb.
bet12/15
Sana05.01.2022
Hajmi56.62 Kb.
#205115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ILMIY ISHDA IFODA TARZI

2.2 Ilmiy tadqiqot muammosining qo‘yilishi


Muammo - ilmiy tadqiqot ishidagi yechimi talab kilinadigan nazariy va amaliy masala bo‘lib, u mavzuning dolzarbligi asoslanishi assosida shakllantiriladi, ya’ni ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metodologik jiqatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘ladi.

Muammo ilmiy tadqiqot ishida shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda to‘liq bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘ladi. Demak, u sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi.

Ilmiy tadqiqot ishi davomida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga moye tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo‘lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yondashuvni qila olishlik, ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq ishchi farazni to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.

Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim;

  • muammoni izlash;

  • xususiy muammolarni ko‘yish (muammo yechimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash);

  • muammoni yechish.


Download 56.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling