Bilishda empirik va nazariy bosqichlar ham e’tirof etiladi. Empirik yoki tajribaviy uslub ham bilish uchun muhim ahamiyatga ega. Tajribaga ega bo‘lib, narsa va hodisalar tahlil qilinganda olingan ma’lumotlar ishonarli bo‘ladi. Bunda sezgilarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Sezgilar bergan ma’lumotlarni mantiqiy tahlil qilish bilan bilimga ega bo‘linadi. Tajriba orqali olingan bilim hayotiydir. Bu bilimni inson fan, amaliy faoliyatda ko‘proq tatbiq etadi va qo‘llaydi. Bilimda o‘tkazilgan tajribani o‘ta mubolag‘alashtirib ham bo‘lmaydi. Unga ham ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Bilishning boshqa usullari ahamiyatini pasaytirmagan holda ularning har biridan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Jumladan, bilishda biryoqlamalikdan uzoqlashgan holda nazariy tafakkurni ham e’tirof etish kerak. Ana shunda ijod o‘zining to‘laqonliligiga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |