O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet13/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

1.8.1-jadval.













Moliyaviy va statistik hisobotni ayrim belgilari bo’yicha taqqoslash.








































Тaqqoslash belgilari




Moliyaviy

hisobot




Statistik

hisobot










/r














































Huquqiy asosi




Buxgalteriya




hisobi




Statistika













.










to’g’risidagi

qonun




to’g’risidagi

qonun

















































Тayinlanishiga ko’ra




Тashqi

va

ichki




Davlat




organlari




.










foydalanuvchilar




uchun



















Axborot manbai




Moliyaviy







hisob




Buxgalteriya

hisobi,







.










ma’lumotlari










statistik

va

operativ


































hisob



















Qo’laniladigan o’lchov birliklari

Pul o’lchovi










Pul, natura

va mehnat







.

























o’lchov birliklari











































Hisobotni tuzish




BХMSga muvofiq




Statistik




hiobotlarni




.

























tuzish




bo’yicha


































me’yoriy

hujjatlar

va


































yo’riqnomalar

















































Ma’lumotlarni

shakllantirish

Bir necha




variant va




Тanlash




huquqi




.

jarayonida

qo’llaniladigan

alternativ

usullardan







birini




mavjud emas













variantlarning

mavjudligi




tanlash huquqi

mavjud

























Eng avvalo

moliyaviy va

statistik

hisobotlar

huquqiy

asoslari

bo’yicha

bir-



biridan farq qiladi. Moliyaviy hisobot O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq tartibga solinsa, statistik hisobot O’zbekiston Respublikasining «Statistika to’g’risida»gi Qonuniga binoan tartibga solinadi.


Тayinlanishiga ko’ra moliyaviy hisobotlar asosan tashqi foydlanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lsa-da, undan ichki foydalanuvchilar ham foydalanadi. Statistik hisobot esa faqat davlat organlari uchun tayinlangan.
Moliyaviy hisobotning asosiy axborot manbai moliyaviy hisob ma’lumotlari bo’lsa, statistik hisobotni tuzishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan birgalikda, statistik va operativ hisob ma’lumotlaridan ham foydalaniladi.
Moliyaviy hisobotda pul o’lchov birligi qo’llanilsa, statistik hisobotda pul, natura va mehnat o’lchov birliklari ham qo’llaniladi, ya’ni statistik hisobotda ko’rsatkichlar pulda ifodalanmasliklari ham mumkin.
Moliyaviy hisobot BHMAda belgilangan qoidalar asosida tuzilsa, statistik hisobotlarni tuzish bo’yicha me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalarga muvofiq tuziladi.
Statistik hisobotni tuzishda bir necha variant yoki usullar ko’zda tutilmagan, moliyaviy hisobotda esa hisob siyosatida tanlangan usul va variantlar qo’llaniladi.
Shunday qilib, moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari bilan birgalikda ularning tub farqlari ham mavjuddir.

25
Хulosa


Rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishi bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllaridan farq qiladi.
Mamlakatimizda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar ularning ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqqan holda, avvalo, uzoq muddatli aktivlar va keyin joriy aktivlar joylashtirilgan bo’lsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar likvidlilik darajasiga qarab joylashtirilgan. Shuningdek, balansning passiv qismida majburiyatlar muddatlarini hisobga olgan holda joylashtirilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Moliyaviy hisobot deganda nimani tushunasiz?




  1. Moliyaviy hisobotning huquqiy asoslari sifatida qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?




  1. Moliyaviy yil yoki hisobot yili deganda qaysi davr tushuniladi?




  1. Kimlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar hisoblanadi?




  1. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishini izohlab bering.




  1. Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillarini sanab bering.




  1. Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar qanday tartibda amalga oshiriladi?




  1. Moliyaviy hisobotni taqdim qilish tartibini tushuntirib bering.




  1. Хalqaro amaliyotda qo’llaniladigan moliyaviy hisobotlar tarkibi va tuzilishini izohlab bering.




  1. Moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari va tub farqlari nimalardan iborat?

Тavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Абдуллаев А., Қаюмов И. Бухгалтерия ҳисоби. 2-Қисм. -Т.: Минхож, 2002.




  1. Астахов В.П. Теория бухгалтерского учёта Учеб. пос. -М.: ИКЦ Март Ростов н/Д, 2004




  1. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учеб. пос.

-М.:Ф и С, 2004




  1. Гусева Т.М.,Шеина Г.Н Бух. учёт : 2000 тестов и ответов. Учеб. пос. - М.:ТК Велби, Проспект, 2004




  1. http:// www. accounting. rut gars. Edu

26

2-bob. Buxgalteriya balansi



2.1. Buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyati
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Unda xo’jalik yurituvchi su’yektning aktivlari, kapital va majburiyatlar hamda ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bir davrga aks ettiriladi. “Balans” atamasi lotincha bis – “ikki marta”, banx – “tarozi pallasi” so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.2
Buxgalteriya balansiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, A.S. Sotivoldiyev “Balans xo’jalikning hisobot davri oxiriga bo’lgan mablag’lari va ularning manbalari holatini ko’rsatadi. Uning aktiv va passividagi majburiyatlariga asosan alohida bo’lim va guruhlari bo’yicha o’z va unga tenglashtirilgan mablag’lar miqdorini aniqlash, hisob-kitob intizomi ustidan nazorat qilish, bank kreditlaridan foydalanish holatini tahlil qilish, xo’jalikning umumiy moliyaviy holatiga baho berish va shunga o’xshagan muhim xulosalar qilish mumkin”deb yozadi. M. Ostanaqulov esa “Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ko’rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa xuquqiy shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlari aksionerlik jamiyat shaklida faoliyat yuritadigan korxonaning aksiyali kapitalining tavsiloti bilan berilgan ro’yxatini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atashiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishliligidir.” deb tushuntiradi. S. B. Qodirxonov buxgalteriya balansi to’g’risida quyidagilarni yozadi: “Balansda korxonaning barcha mavjud mablag’lari, boshqa tashkilot va shaxslar bilan olib boradigan hisob-kitob muomalalari, moliya va kredit organlari bilan aloqasi hamda xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi”. 3

O. Bobojonov, K. Jumaniyozovlar buxgalteriya balansini quyidagicha ifodalaydi: “Buxgalteriya balansi hisobot davrining boshi va oxirida su’yektga tegishli bo’lgan mulkning haqiqiy holati va mavjudligini o’zida aks ettiradi.”4


Shuningdek A.A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansi va uning mazmuni to’g’risida quyidagilarni yozadi: Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.”5
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida buxgalteriya balansi korxonaning ma’lum bir sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ifodalashi to’g’risidagi fikrlar mavjud. Shu bilan birgalikda har bir muallif buxgalteriya balansining alohida jihatlarini ochib beradi. Masalan, A.S. Sotivoldiyev uning ma’lumotlari asosida nazorat hamda


  1. Каримов А.А. ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби.-Т.: Шарқ 2004,-45 б.




  1. Қодирхонов С.Б. Саноат корхоналарида бухгалтерия ҳисоби.-Т.: Ўзбекистон, 193.-334 б.




  1. Бобожонов О., Жуманиёзов К. Молиявий ҳисоб. Т.: Молия, 2000. -608 б.




  1. Каримов А.А. ва бошқалар Бухгалтерия ҳисоби. Т: Шарқ 2004. -45 б.

27

moliyaviy holatiga baho berish bo’yicha muhim xulosalar qilishadi degan mulohazani bildiradi. M. Ostanaqulov esa korxona aktivlari summasi bilan kapital va majburiyatlar summasi teng kelishi lozimliligini uqtiradi. Albatta bu tenglik buxgalteriya balansiga xos bo’lgan fundamental tenglik hisoblanadi.


S.B. Qodirxonov buxgalteriya balansida korxonaning xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi deb hisoblaydi.


  1. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansini xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini ma’lum sanaga umumlashtirish usuli ekanligini alohida ta’riflaydi.

Fikrimizcha bu ta’riflarning barchasini o’rganish va tahlil qilish buxgalteriya balansini mazmunini, uning mohiyatini to’laroq tushunib yetish uchun zamin yaratadi.


Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy asos hisoblangan 1-BHMA “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” da buxgalteriya balansini ta’riflovchi maxsus band bo’lmasaғda 6.6-bandida buxgalteriya balansining maqsadi quyidagicha yoritiladi: “Хo’jalik yurituvchi su’yektning buxgalteriya balansi uning hisobot kunigacha bo’lgan moliyaviy holatini aks ettirishi lozim, bu esa uning imkoniyatlari va moliyaviy tuzilmasini tushunish imkoniyatini beradi”. Albatta, bu tushuntirishning mazmuni iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarga mazmunan juda yaqindir.
Хorijiy iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya balansiga berilgan ta’riflarning mazmuni va mohiyati jihatidan mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan berilgan ta’riflarga juda yaqindir. Masalan, R. Entoni, Dj. Ris buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rif beradi: “Buxgalteriya balansi mustaqil hisob yurituvchi har qanday xo’jalik birligining ma’lum vaqtga bo’lgan moliyaviy holatini aks ettiradi”.6 Хuddi shunga yaqin fikrni B. Nidlz, Х. Anderson, D. Kolduel ham bildiradi: “Balans firmaning ma’lum vaqtga bo’lgan moliyaviy Ҳolatini tavsiflaydi. U aktiv, passivlar va kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldig’ini o’z ichiga oladi”.7
Buxgalteriya balansi to’g’risidagi xuddi shunga yaqin ta’riflarni Rossiyalik iqtisodchi olimlarning darslik va o’quv qo’llanmalarida uchratish mumkin.
Shunday qilib, buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berish maqsadida iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish ularning barchasida bir-biriga o’xshash, umumiy va mazmuniy jihatidan yaqin bo’lgan ta’riflar, tushuntirishlar, fikr va mulohazalarning mavjudligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida mamlakatimizda nashr qilinayotgan iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berishda ancha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini tasdiqlaydi.


Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling