O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya balansining rivojlantirilishi
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Buxgalteriya balansi bo’limlari va moddalarining tavsifi
- 2.5. Buxgalteriya balansi moddalari bilan moliyaviy hisobotning boshqa shakllari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
2.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya balansining rivojlantirilishi
Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari buxgalteriya balansining tuzilishi va uning ko’rsatkichlarida ham bevosita o’z aksini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning buxgalteriya balanslari xalq xo’jaligi tarmoqlari va mulkchilik shaklidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek, ularda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topgan edi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining amal qila boshlashi, buxgalteriya hisobi va uning natijaviy ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etuvchi buxgalteriya balansini ham tubdan qayta ishlashni hamda yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirishni talab qila boshladi. Korxonalar faoliyatiga 1991-yildan yangi buxgalteriya balansi joriy qilindi. Ushbu buxgalteriya balansi tuzilishi va shakl jihatidan oldingi buxgalteriya balansidan tubdan farq qiladi. Yangi buxgalteriya balansi umuman olganda bozor iqtisodiyoti talablariga moslashgan bo’lib, aktiv tomonida hisobot 30 kunigacha bo’lgan korxona mulki qiymati va qarz munosabatlari bo’yicha olishga tegishli summa aks ettiriladi. Passivda korxonaning qarzga olgan mablag’lari va kreditor qarzlari bo’yicha majburiyatnomalari ko’rsatiladi. Bu qarzlarni qaytarish korxona mulki qiymatini yoki tushadigan daromadini kamaytiradi. Passivdagi summadan aktivdagi summani ortiqchasi korxonaning o’z aktiv mablag’ini ko’rsatadi va u hisobot balansining passivida o’z mablag’lar manbai bo’limida aks ettiriladi. Yangi balans jadvali aktivda ham, passivda ham uch bo’limdan iborat bo’lib, uning shakli 1-jadvalda ko’rsatilgan. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichga ko’tarilishi buxgalteriya balansini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda 1991-yildan amal qila boshlagan buxgalteriya balansini takomillashtirish zaruriyati vujudga keldi va bu 1997-yil amaliyotga joriy qilingan buxgalteriya balansida o’z aksini topdi. 1997-yil 1-yanvardan korxona balansiga, balansning aktiv va passiv bo’limlarini nomlanishiga o’zgartirish kiritishdan tashqari, korxona mablag’larini uzoq muddatli va joriy aktivlarga, korxona mablag’lari manbalarini esa xususiy mablag’lar manbalari va majburiyatlarga bo’lish ham amalga oshirildi.
o’zgarishi hamda korxona mablag’lari va ularni qoplash manbalarining tegishli turlari bo’yicha jamlashni amalga oshirish imkoniyatini vujudga keltirdi. Ikkinchidan, korxona balansida ko’rsatilayotgan mablag’lar va ular manbalarining ma’nosini yanada aniqroq ifodalash maqsadida, ayrim bo’limlarining talqini o’zgartirildi. Uchinchidan, xalq xo’jaligini rivojlantirishning markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot tizimining mazmuni, korxona balansi ko’rsatkichlarida ham o’z aksini topgan edi va yangi balansda ularga to’la barham berildi. Тo’rtinchidan, balans ko’rsatkichlarida iqtisodiyotni davlat rahbarlari uchun zarur ma’lumotlardan xolos qilindi va unda erkin iqtisodiyot sharoitida tashqi foydalanuvchilar uchun kerakli ko’rsatkichlar bilan to’ldirildi. 31 Beshinchidan, mamlakatimiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishi va respublikamizning jahon integratsiyalashuvi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi su’yektlarning hisob va hisobot tizimining xalqaro andozalariga ancha yaqinlashtirildi. Shu bilan birga hozir korxonalar amaliyotida qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining mazmunan va shaklan xorijiy rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansiga ancha yaqinlashtirilgan bo’lsa-da, ulardan farqli jihatlari ham mavjud. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’lami bilan bevosita bog’liq bo’lib, barcha sohalarda shu jumladan buxgalteriya hisobidagi islohotlarning ham evolyutsion tarzda davlat rahbarligida amalga oshirish bilan bog’liqdir. Shunday qilib, buxgalteriya balansining bugungi kundagi rivojlanish darajasini hozir iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar talabiga javob berishini e’tirof etgan holda, kelgusida uni yangi bosqichda rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlash mumkin. 2.4. Buxgalteriya balansi bo’limlari va moddalarining tavsifi Hozir amaliyotda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari ham ikki bo’limdan iborat. Buxgalteriya balansi aktivida mablag’lar quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan. 1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar; 2-bo’lim. Aylanma aktivlar.
1-bo’lim. O’z mablag’lari manbalari; 2-bo’lim. Majburiyatlar.
32 olingan aksiyalar, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar alohida moddalar bilan ko’rsatiladi. Balans aktivining 2-bo’limi “Joriy aktivlar” deb ataladi, bu aylanma mablag’larning 3 guruhga ajratish mumkin bo’lgan barcha summasidir. Zaxiralar va sarflar - ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotiladigan tovarlar, bo’lajak davrlar xarajatlari; Pul mablag’lari – kassadagi, valuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar, qayta sotib olingan o’z aksiyalari; Debitorlar – xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, bo’nak to’lovlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, shuba korxonalar bilan hisob-kitoblar, uyushgan korxonalar bilan hisob-kitoblar, ta’sischilar va boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar. Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat bo’ladi: O’z mablag’lari manbalari; Majburiyatlar. Balans passivining birinchi bo’limida o’z mablag’lari aks ettirilib, ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan: ustav sarmoyasi; qo’shilgan kapital; zaxira sarmoya; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar); maqsadli tushumlar va fondlar; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak davrlar daromadlari. Oxirgi ikkita modda oldingi yillar balansida qisqa muddatli majburiyatlar sifatida 3-bo’limda ko’rsatiladi. Aslida esa bu mablag’lar o’z mablag’lariga kiritilishi kerak. Balans passivining ikkinchi bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha mablag’lar ko’rsatilgan. Bu majburiyatlar uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlar, olingan kreditlar, shuningdek, turli kreditorlik qarzlari bo’lishi mumkin. Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga (yil boshi va oxiriga) bo’lgan xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini izoh berish (rasshifrovka qilish) uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutiladi. 2.5. Buxgalteriya balansi moddalari bilan moliyaviy hisobotning boshqa shakllari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va o’zaro teng bo’lishi kerakligini anglatadi. Buxgalteriya balansi moddalarining umumiy ichki o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz: Balans aktiviniig barcha bo’limlari summasi uning passivi barcha bo’limlari summasiga teng: 1BA+2BA = 1BP + 2BP 33 Korxonalar mablag’ining bir xil summasi ikki ko’rinishda: tarkibiga va joylashuviga ko’ra, shuningdek yuzaga kelish manbalari bo’yicha ko’rsatiladi. Тarkibiga ko’ra - korxona mablag’larini tashkil etgan qismlar, ya’ni asosiy vositalar, tovar zaxiralari, pul mablag’lari va sh.k.larning jamuljamini anglatadi. Mablag’larnipg joylashuviga ko’ra - mablag’larning qayerda asosiy vositalar, aylanma vositalar, kassa, hisob-kitob schyotida va sh.k.da joylashganligini ko’rsatadi. Mablag’larning har bir summasi (asosiy vositalar, tovar zaxiralari, naqd pullar) o’z yuzaga keladigan manbalariga (mazkur korxona muassislarining o’z mablag’lari, jismoniy va yuridik shaxslardan (banklardan) olingan qarzlar) ega. O’z mablag’lari summasi, odatda, uzoq muddatli aktivlar summasidan ortiq bo’lishi kerak: 1BP > 1BA Korxonaning o’z mablag’laridan asosiy vositalar sotib olish va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar joylash maqsadida, qolgan qismidan esa - aylanma mablag’larni (ishlab chiqarish zaxiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari va sh.k.) qoplash uchun foydalaniladi. O’z mablag’larining uzoq muddatli aktivlardan kam ekanligi korxona aylanmadan tashqari aktivlarni qoplash uchun qarz olingan mablag’ summasidan foydalanilganidan dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’ayritabiiy holat deb qaralib, odatda, korxona to’lovga qodir emas deb topiladi. Aylanma aktivlarning umumiy summasi, ya’ni tovar zaxiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari, hisob-kitoblarga qo’shilgan mablag’i majburiyatlarning umumiy summasidan ortiq bo’lishi lozim: 2BA > 2BP. Aylanma vositalarning katta qismi, odatda, qarz olingan mablag’lar emas, balki o’z mablag’lari hisobiga qoplanishi shart. Agar majburiyatlar summasi (2BP) aylanma aktivlar summasidan ortsa, bu aylanma mablag’larning barcha summasi qarz olingan mablag’lar hisobiga shakllanganligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday korxona to’lovga qodir emas va iqtisodiy jihatdan nochor deb hisoblanadi. Uzoq muddatli majburiyatlar uzoq muddatli aktivlardan ortmasligi kerak: UMM < 1BA Buni uzoq muddatli aktivlarning birinchi navbatda o’z mablag’lari hisobiga shakllanish bilan izohlash mumkin. Uzoq muddatli kredit va qarzlardan asosiy vositalar, kapital va uzoq muddatli qo’yilmalarni investitsiyalash uchun foydalaniladi. Ular shuningdek, aylanma aktivlarda (tovar zaxiralarini xarid qilish, pul mablag’larni yaratish va h.k.) ishlatiladi. O’z aylanma mablag’lari o’z mablag’lari manbalaridan kichik bo’lishi shart, chunki o’z aylanma mablag’lar korxona o’z mablag’ining bir qismidir. Aylanma aktivlar aylanmadagi o’z mablag’lari va qisqa muddatli kredit va qarzlar, shuningdek aylanma vositalarni to’ldirishga yo’llangan uzoq muddatli kredit va qarzlar yig’indisiga teng bo’lishi shart. Bu hol aylanma aktivlar (aylanma mablag’lar) korxonaning o’z mablag’laridan, aylanma vositaga yo’nalgan qisqa muddatli qarzlardan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Moddalarning ushbu bog’liqligi ham buxgalteriya balansi yakunlari summasining o’zgarishlarini belgilaydi. 34 Amaliyotda buxgalteriya balansi moddalari o’zgarishining to’rt turini kuzatish mumkin. Faqat balans aktivi moddalari yakunining o’zgarishi. Masalan, hisob-kitob schyotidan kassaga pul olingan, bunda kassadagi pul ko’paydi va hisob-kitob schyotidagi pul miqdori ozaydi, biroq o’zgarishlar o’zaro teng bo’lgani sababli balans aktivi yakuni o’zgarmaydi. Balans passivi moddalari summasining o’zgarishi. Daromad muayyan qismining biron-bir fondga qo’shib yuborilishini misol bo’lib xizmat qilishi mumkin: foydalanilmay qolgan daromad hajmi kamayadi, biroq buning hisobiga tegishli fond ortadi. Balans aktiv va passiv moddalari summalarining teng ravishda o’sib borish tomoniga o’zgarishi. Masalan, yetkazib beruvchidan materiallar kelib tushdi. Buning natijasida 1000 schyotning aktiv moddasi ko’payadi va yetkazib beruvchilardan qarzi (passiv moddasi) xuddi ana shu summaga ko’payadi, ya’ni balansning har ikkala - aktiv va passiv qismlari teng ravishda o’sadi. Balans aktiv va passiv yakunlarining muvozanati buzilmaydi. Balans aktiv va passiv moddalari summasining teng ravishda kamayib borish tomoniga o’zgarishi. Masalan, yetkazib beruvchiga hisob-kitob schyotidan material uchun haq to’lanadi. Buning natijasida 5100 schyotining aktiv moddasi kamayadi va yetkazib beruvchilardai qarzdorlik (passiv moddasi) bir xil summaga kamayadi, ya’ni balansning har ikkala qismi teng ravishda kamayadi. Balans aktiv va passiv yakunlarining muvozanati buzilmaydi. Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va teng bo’lishi kerakligini anglatadi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling