O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Balansning joriy aktivlar qismini tuzish tartibi


Download 264.41 Kb.
bet18/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

2.8. Balansning joriy aktivlar qismini tuzish tartibi
Balans aktivining “Joriy aktivlar” bo’limida xo’jalik yurituvchi su’yektning qisqa muddatli aktivlarining summasi ko’rsatiladi.
“Ishlab chiqarish zaxiralari" (120-satr) moddasida 1000-"Materiallar", 1080-"Хo’jalik anjomlari va jihozlar", 1100-"O’stirishda va boquvdagi hayvonlar" schyotlarida hisobga olinadigan xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, chiqindilarning qaytimi, yoqilg’i, sotib olingan yarim fabrikatlar (yarim tayyor mahsulotlar) va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, bo’sh idishlar va boshqa moddiy qimmatliklarning haqiqiy tannarxi ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish uchun foydalanilgan 1510-"Materiallarni tayyorlash va sotib olish" va 1600-“Materiallarning qiymatidagi farqlar” schyotlaridagi ko’rsatilgan summalar “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasida aks ettiriladi.
Тugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr) moddasida tugallanmagan ishlab chiqarish va ishlar (xizmatlar) bo’yicha sarflangan xarajatlar, ya’ni buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining “Тovar-moddiy zaxiralari” nomli 2-bo’limning schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlar ko’rsatiladi. Buning uchun tugallanmagan ishlab chiqarish, O’zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevral kuni 54-son qarori bilan "Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq daromaddan olinadigan soliqni hisoblashda e’tiborga olinadigan rejalashtirish, hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulyatsiya qilish bo’yicha uslubiy tavsiyanomalarga muvofiq hisoblangan bahoda aks ettiriladi.
Su’yektlar (qurilish, ilmiy tekshirish va qidiruv bilan shug’ullanuvchi) joriy yilda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida alohida mohiyatga ega bo’lgan tugallangan ish bosqichlari uchun hisoblashishlarni amalga oshiradi va uni hisobga oladi. Ushbu usulda buyurtmachi balansga faqatgina to’liq tayyor bo’lgan mahsulotlarni qo’shadi.
Buxgalteriya hisobida tugallangan belgilangan tartibda qabul qilingan va to’langan bosqichlar yoki schyotlarning (bank tomonidan qo’yishga qabul qilingan) haqiqiy xarajatlarining miqdori 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 9110-Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" yoki 9130-"Sotilgan ish va xizmatlarning tannarxi" schyotlarining debetiga chiqim qilinadi. Bir vaqtning o’zida to’langan yoki
39

to’lovga qabul qilingan schyotlardagi miqdorga 4010 «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"ning debeti bilan 9010-"Тayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar" yoki 9030-"Ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar" schyotlarining krediti korrespondensiyalanadi. Buyurtmachilardan bajarilgan ishlarning tugallangan va qabul qilingan schyotlardagi miqdorga 4010-“Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”ning debeti bilan 9010-“Тayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” yoki 9030-“Ish va xizmatlarni sotishdan


olingan daromadlar” schyotlarining krediti korrespondensiyalanadi. Buyurtmachilardan bajarilgan ishlarning to’langan va qabul qilingan bosqichlari uchun olingan mablag’lar 5110-"Hisoblashish schyoti"ning debetiga va 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Hamma ishlar tugatilishi bilan buyurtmachi tomonidan jami bosqichlar uchun to’langan qiymati 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining kreditiga yoziladi.
4010 schyotda hisobga olingan to’liq tugatilgan ishlar qiymati olingan bo’nak (avans) hisobiga 6310 schyotning debeti va 4010 schyotning kreditlari bo’yicha yozuv qilinadi va buyurtmachilardan oxirgi hisoblashishga ko’ra olingan summa hisobiga (5110 schyotning debeti va 4010 schyotning krediti) yopiladi.
Shuningdek, ushbu moddada qishloq xo’jaligining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish qiymati ayirilgan holda aks ettiriladi va hisobot davrining ohiriga nisbatan tugallanmagan asosiy vositalarni ta’mirlash ishlari bo’yicha xarajatlar ko’rsatiladi.
"Тayyor mahsulot" (140-satr) moddasida buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida va tegishli texnik shartlarga hamda standartlarga muvofiq barcha qismlari bilan butlangan va qabul qilish uchun sinovdan o’tkazilgan, to’liq ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qoldig’i haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar, topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarishning tarkibida ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun 2800-"Тayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar" foydalanganda, tayyor mahsulot ushbu moddada me’yoriy (reja) tannarxda aks ettiriladi.
"Olib sotiladigan tovarlar" (150-satr) moddasida o’z Nizomiga ko’ra savdo va umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi su’yektlar sotib olgan tovarlari qoldig’ining qiymatini ko’rsatadi. Bunda umumiy ovqatlanish su’yektlarining oshxona va omborlarida qolgan xom ashyolarni, shuningdek yemakxonalardagi tovarlarning qoldig’i ko’rsatiladi.
Bu moddada sanoat va boshqa ishlab chiqarish su’yektlari sotish uchun keltiriladigan mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni, shuningdek sanoat korxonalaridagi keltirilgan mahsulotlarni (lekin chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo’shilmaydigan), ya’ni xaridor tomonidan alohida haq to’lanadigan tayyor buyumlarning qiymatini ko’rsatadi.

40

Ushbu moddada tovarlarning qiymati sotib olish va sotish baholarida alohida, shuningdek mol yetkazib beruvchilar tomonidan beriladigan chegirmalar va tovarlarga qo’yilgan ustama baho summalari alohida keltiriladi.


"Kelgusi davr sarflari" (160-satr) moddasida hisobot davrida sarflangan, lekin kelgusi hisobot davrlarida ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga olib boriladigan, ya’ni vaqt oralig’ida uzilishi lozim bo’lgan xarajatlarning miqdori ko’rsatiladi. Bunday xarajatlarga shu bilan birgalikda asosiy vositalarni o’z vaqtidan tashqari o’tkazilgan ta’mirlash (ta’mirlash jamg’armasi tashkil qilinmagan su’yektlar bo’yicha), davriy nashrlarga obuna, oldindan to’langan ijara haqi va boshqa xarajatlar ham kiradi.
"Milliy valutadagi pul mablag’lari" (170-satr) moddasida su’yektning 5100-"Hisoblashish schyoti", 5500-"Banklardagi maxsus schyotlar", 5600-"Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’lari", 5700-"Yo’ldagi pul o’tkazmalari" schyotlaridagi pul mablag’larining qoldiq miqdori ko’rsatiladi. Balansning bu moddasida aks ettirilgan mablag’lar miqdori bank ko’chirmalaridagi miqdorlarga mos kelishi shart. "Хorij valutasidagi mablag’lar" (180-satr) moddasida su’yektning bankdagi xorij valutasidagi schyotlardagi mablag’larni O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan hisobot davrining oxirgi kunida belgilangan kurs bo’yicha so’mga aylantirilgan xorij valutasidagi mablag’larining qoldig’i ko’rsatiladi.
"Kassadagi pul mablag’lari" (190-satr) moddasida balans tuzilgan kunga su’yektning kassasidagi milliy va xorij valutasidagi mablag’larining qoldig’i ko’rsatiladi. Ma’lumotlar 5010-"Milliy valutadagi pul mablag’lari" va 5020-"Хorij valutasidagi pul mablag’lari" schyotlaridan olinadi.
"Qisqa muddatli qo’yilmalar" (200-satr) moddasida boshqa su’yektlarning qimmatbaho qog’ozlariga, foizli davlat obligatsiyalariga mahalliy qarzlarga va shunga o’xshash boshqa qarzlarga qilingan qo’yilmalar (investitsiyalar) (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) va shu bilan birga boshqa su’yektlarga berilgan qarzlarning miqdori ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar 5800-"Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar" ning qoldig’idan olinadi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar (210-satr) moddasida su’yektning o’zi chiqargan xususiy aksiyalarini qayta sotib olib, keyinchalik tarqatish uchun bir yil muddatgacha o’zida saqlangan aksiyalarning miqdori ko’rsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar 5810-"Qimmatli qog’ozlar" schyotida hisobga olinadi. Foydaning taqsimlanishida sotib olingan xususiy aksiyalar bo’yicha dividendlar hisoblanmaydi.
“Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” (220-satr) moddasida xaridorlarga jo’natilgan mahsulot va tovarlar, buyurtmachilarga (xaridorlarga) topshirilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar to’liq haqiqiy tannarxda, moliyaviy natijani aniqlashda esa jo’natish yoki smeta qiymatlarida subektning pul mablag’lari (yoki boshqa) schyotlariga to’lovlar kelib tushgunga qadar yoki o’zaro to’lov talabnomalarida hisobga olinguncha va olingan vasiqalar bilan ta’minlangunga qadar ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar 4010-"Хaridor va va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” va 4020-“Olingan vasiqalarning joriy qismi" schyotlarining qoldig’idan olinadi. "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’nak (avans)lar" (230-satr) moddasida boshqa su’yektlarga keyinchalik hisoblashishlar uchun berilgan

41

bo’nak (avans) miqdorlari 4300-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’nak (avans)lar” schyotining ma’lumotlariga asosan ko’rsatiladi.


"Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha bo’naklar" (240-satr) moddasida soliq va moliya muassasalariga berilgan bo’naklar, shu bilan birgalikda soliqlar bo’yicha ko’p to’langanlik holatlari qo’shilgan holda, byudjetga bo’lgan yig’im va boshqa to’lovlar ko’rsatiladi.
“Хodimlarga berilgan bo’naklar va ularning boshqa qarzlari” (250-satr) moddasida su’yekt ishchi va xodimlarining bank yoki shu su’yektning mablag’lari hisobiga olingan kredit va qarzlari, su’yektga keltirilgan moddiy zararni qoplash va shu kabilar bo’yicha bo’lgan qarzlar ko’rsatiladi. Shu bilan birgalikda bu moddada jamoa va shaxsiy uy-joy qurilishiga yoki dala-hovli sotib olish va bog’ uchastkalarida yashash sharoitini yaxshilash uchun xodimlarga berilgan qarzlar, yosh oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash va uy xo’jaligini tashkil etish uchun beriladigan foizsiz qarzlar aks ettiriladi. Тegishli ma’lumotlar 4400-"Хodimlarga berilgan bo’naklar" va 4600-"Хodimlarning boshqa muomalalar bo’yicha qarzlari" schyotlaridan olinadi.
Su’yekt balansining aktivi va passividagi "Avlod korxonalaridan olinadigan schyotlar" (065-satr) moddasida, avlod korxonalari bilan bo’lgan joriy hisoblashishlar (balanslararo hisoblashuvlar) bo’yicha olinadigan mablag’larning summalari aks ettiriladi. Bunda avlod korxonasi timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy su’yektga doimiy ravishda berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy su’yekt va uning avlod korxonasi bo’yicha ma’lumotlar jamlanishi lozim. Yig’ma hisobotda ushbu ko’rsatilgan moddalar jamlanadi.
"Ayrim balansga o’tkazilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" (260 va 270-satr) moddasida filiallar va uyushma korxonalari bilan bo’lgan joriy jarayonlar bo’yicha 4110-"Mustaqil balansdagi bo’linmalardan olinadigan schyotlar" schyotida yuritiladigan hisoblashish ma’lumotlari aks ettiriladi.
"Тa’sischilarning qarzi" (280-satr) moddasi bo’yicha 4710-“Тa’sischilarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlar” schyotida hisobga olinadigan su’yekt ta’sischilarining ustav kapitaliga ulushi bo’yicha qarzlari ko’rsatiladi.
“Boshqa debitorlar” (290-satr) moddasida 4420, 4430 va 4490 schyotlarining ma’lumotlariga asosan hisobdor shaxslarning, tovar-moddiy qimmatliklarini qabul qilish paytida aniqlangan kamomadlar bo’yicha mol yetkazib beruvchilarning qarzlari (4210-schyotga asosan) ko’rsatiladi. Shuningdek, bu moddada xo’jalik faoliyati natijalariga olib boriladigan, ya’ni qarzdor tomonidan ularni undirish to’g’risidagi qarori bilan olingan jarimalar va beqarorlik to’lovlar aks ettiriladi.

Ushbu ma’lumotlar 4820 va 4890 schyotlaridan olinadi.


“2-bo’lim bo’yicha jami” (300-satr) moddasidan 120-290 satrlarning yig’indisi ko’rsatiladi.
“Balansning aktivi bo’yicha hammasi” (310-satr) moddasida 110 va 300 satrlarning yig’indisi yordamida topiluvchi balans aktivining umumiy summasi ko’rsatiladi.

42

2.9. O’z mablag’larining manbalari bo’limini tuzish qoidalari


Balansning passivi ikki bo’limdan: "O’z mablag’larining manbalari" va "Majburiyatlar" dan tarkib topgan.
"O’z mablag’larining manbalari" bo’limi quyidagi moddalardan tarkib topgan:
"Ustav kapitali" (320-satr) moddasida su’yekt ta’sischilarining Ustav kapitaliga
qo’shgan hissalarining (qismlar, nominal qiymatdagi aksiyalar, ulush badallari) majmui, ya’ni ta’sis hujjatlarida ro’yxatga olingan miqdorlar ko’rsatiladi.
Balansda Ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga qo’shishi kerak bo’lgan haqiqiy qarzi alohida ko’rsatiladi.
"Qo’shilgan kapital" (330-satr) moddasida su’yekt o’z aksiyalarini nominal qiymatdan yuqori baholarda birlamchi sotishdan oldin olingan emissiya daromadlarining miqdori ko’rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar 8521 "Emissiya daromadlari" schyotidan olinadi.
"Zaxira kapitali" (340-satr) moddasida su’yektning Nizomiga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilingan zaxiralar mol-mulkini qayta baholashda tashkil etilgan zaxiralar, shuningdek beg’araz olingan mulklar va hissadorlik (o’rtoqchilik) jamiyatlarini mulklarini oshiradigan boshqa (pulli mablag’lardan tashqari) tushumlarning miqdori ko’rsatiladi. Bu moddalar uchun ma’lumotlar 8531-"Aktivlarni qayta baholash", 8523-"Тekinga olingan mulklar" schyotlarining ma’lumotlariga asosan to’ldiriladi.
Choraklik hisobotning "Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" (350-satr) moddasida sof (netto) foyda, ya’ni tayyor mahsulot, yarim-fabrikat, sotib olingan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning sotilishidan aniqlangan moliyaviy natijalar, shuningdek muomalaviy daromadlar va tushumlar, 9430-"Boshqa muomalaviy sarflar" schyotidagi xarajatlar, su’yektning moliyaviy faoliyati bo’yicha daromad va xarajatlari, favquloddagi, ya’ni kutilmagan tasodifiy foyda va zararlarni aks ettiruvchi 9000, 9100, 9300, 9430, 9500, 9600, 9700 schyotlari bilan 9800 schyotda qayd qilinadigan hisobot yili mobaynida to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar, shuningdek yakuniy hisoblanilgan foyda (daromad) solig’i va atrof-muhitni tozalash uchun mahalliy yig’imlarni aks ettiruvchi 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining qoldiqlari o’rtasidagi farq ko’rsatiladi.
Hisobot yilining oxirida 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining debetida yig’ilgan miqdor 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debetiga olib borilib, ushbu 9800 schyot yopiladi va 1-yanvar sanasiga qoldiq qolmaydi.
Hisobot yilida 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida qoladigan qoldiq foyda (zarar) 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotining (zarar) debetiga yoki (sof foyda) kreditiga olib boriladi va ushbu 9900 schyot yopiladi.
Yillik hisobotda 8710 "Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotining kreditiga o’tkazilgan foyda ham ko’rsatiladi. Shu bilan birga agarda 8720-"Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotida o’tgan yillarning Тaqsimlanmagan foyda qoldig’i bo’lsa, hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydaning qoldig’i oldingi yilgisi bilan qo’shilib ko’rsatiladi.
43

Agarda su’yekt zarar ko’rsa, u holda bu zarar shu satrda "manfiy" belgi bilan chorak oxirida ko’rsatiladi. Shu bilan birga 9800-"Soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlari qoldig’ining 9900-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining qoldig’idan ortiqcha miqdor ortiqcha “manfiy” belgi bilan ko’rsatiladi.


Hisobot yilidagi su’yektning ko’rgan zarari dekabr oyidagi "Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining yakuniy oborotlari 8700-“Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining krediti bilan
korrespondensiyalangandan keyin hisobotning "Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)" moddasida ko’rsatiladi. Hisobot davrida olingan zarar miqdori ham yil mobaynida shu satrda aks ettiriladi. "Maqsadli tushum va jamg’armalar" (360-satr) moddasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 7800 va 8800 "Grant va subsidiyalar" schyotida hisobga olingan byudjetdan, tarmoq va tarmoqdan tashqari maxsus maqsadlarga mo’ljallangan jamg’armalardan, yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan pul mablag’larining qoldig’i ko’rsatiladi.
"Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun zaxiralar" (370- satr) moddasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1994 yil 26 martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida"gi Nizom va tegishli BHMS va "Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom"ga muvofiq ishchilar ta’tiliga xaq to’lash, har yilgi mukofot to’lovlari, xizmat ko’rsatishi, asosiy vositalarni ta’mirlash va shunga o’xshash maqsadlar uchun zaxiralangan mablag’larning qoldig’i ko’rsatiladi. Хarajatlarning zaxiralanishi, ularni ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir tekisda taqsimlash imkonini beradi.
“Kelgusi davr daromadlari” (380-satr) moddasida hisobot davrida olingan, lekin keyingi hisobot davrlariga tegishli bo’lgan mablag’lar (ijara xaqlari va shu kabilar), shuningdek amaldagi tartibga binoan 9550-"Moliyalashtiriladigan lizing bo’yicha daromadlar" schyotida hisobga olinadigan mablag’larning miqdorlari ko’rsatiladi.
"1-bo’lim Jami" (390-satr) moddasida 320-380 satrlarning yigindisi ko’rsatiladi.


Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling