O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Balans passivining majburiyatlar bo’limini tuzish tartibi


Download 264.41 Kb.
bet19/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

2.10. Balans passivining majburiyatlar bo’limini tuzish tartibi
“Uzoq muddatli qarzlar” (400-satr) moddasida boshqa korxona va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan uzoq muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan kam bo’lmagan) qarz miqdorlari ko’rsatiladi.
Ijara beruvchidan uzoq muddatli ijara sharti bilan olingan asosiy vositalar bo’yicha qarzlarning holati 6910-"Тo’lanadigan tezkor lizing" schyotlarida hisobga olinuvchi kreditorlik qarzi ijarachi tomonidan 0310-"Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar" schyotida hisobga olinib, uning miqdori ham shu satrda ko’rsatiladi.
"Uzoq muddatli kreditlar" (410-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda ulardan olingan uzoq muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan kam bo’lmagan) kreditlar bo’yicha qarzlar miqdori ko’rsatiladi. Ushbu moddani to’ldirish uchun ma’lumotlar shu nomdagi 7510 schyotdan olinadi.
"Qisqa muddatli qarzlar" (420-satr) moddasida 6870- "Bankdan tashqari qarzlar" schyotida hisobga olinuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan (banklardan tashqari) olingan qisqa muddatli (to’lovni uzish muddati bir yildan ko’p
44

bo’lmagan) qarzlar bo’yicha qarz miqdorlari

ko’rsatiladi.

Bundan tashqari ushbu moddada 6820, 6830 va 6890 schyotlarning



ma’lumotlari ham keltiriladi.
"Qisqa muddatli kreditlar" (430-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda
ulardan olingan (to’lovni uzish muddati bir yildan ko’p bo’lmagan) kreditlarning miqdori ko’rsatiladi. Shu bilan birga bu moddada yakka tartibdagi uy-joy, dala-hovli qurish, boshqa maqsadlar uchun xodimlarga berilgan bank ssudalari, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar qiymatini qoplash bo’yicha olingan qarzlarning miqdori ham ko’rsatiladi. Ma’lumotlar 6810-"Bankning qisqa muddatli kreditlari" schyotidan olinadi.
"Хaridor va buyurtmachilardan (schyotlarga kelib tushgan) olingan bo’naklar" (440-satr) moddasida mahsulotlar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun 6310- "Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" schyotida hisobga olinuvchi xaridor va buyurtmachilardan keyingi hisoblashishlar bo’yicha olingan bo’naklarning miqdori ko’rsatiladi.
"Mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarzlar" (450-satr) moddasida kirim qilingan moddiy qimmatlik, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, shuningdek fakturalanmagan ТMZ uchun mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi. Bundan tashqari, bu yerda 6010, 7010-"Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’langan schyotlar" 6020, 7020-berilgan vasiqalar schyotida hisobga olingan mol yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar bilan ta’minlash uchun su’yekt tomonidan berilgan vasiqalar bo’yicha qarzlarning miqdori ham ko’rsatiladi.
"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" (460-satr) moddasida su’yektning byudjetga bo’lgan to’lovlarining barcha turlari bo’yicha, shu bilan birga o’zining xodimlaridan ushlanadigan daromad solig’i bo’yicha qarzlar 6410-"Byudjetga to’lov bo’yicha qarzlar" schyotida ko’rsatiladigan summalar aks ettiriladi.
"Mehnatga xaq to’lash bo’yicha qarzlar" (470-satr) moddasida hisoblangan, lekin hali to’lanmagan mehnat haqining miqdorlari 6710-"Mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan hisoblashishlar" va 6720-"Deponentlangan mehnat haqi" schyotlari bo’yicha qoldiq summalari ko’rsatiladi.
"Ijtimoiy sug’urta va nafaqa ta’minoti bo’yicha qarzlar" (480-satr) moddasida su’yektning ijtimoiy sug’urta, nafaqa ta’minoti va tibbiy sug’urta ajratmalari bo’yicha qarzlarning miqdori aks ettiriladi.
Ushbu ma’lumotlar 6520-"Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar" schyotidan olinadi.
"Mulk va shaxsiy sug’urtalar bo’yicha qarzlar" (490-satr) moddasida su’yekt ishchilarining va mulkining majburiy va ixtiyoriy hamda su’yekt sug’urtachi vazifasini bajaradigan boshqa xil sug’urtalar bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. Тegishli ma’lumotlar 6510-"Mulk va shaxsiy sug’urtalar bo’yicha to’lovlar" schyotidan olinadi.
“Budjetdan tashqari to’lovlar bo’yicha qarzlar” (500-satr) moddasida su’yektning byudjetdan tashqari ajratmalar bo’yicha davlat boshqaruv organlari va soliqchilikda belgilangan tartibga muvofiq, davlat organlariga o’tkaziladigan boshqa
45

maxsus jamg’armalarga ajratmalari bo’yicha qarzlari ko’rsatiladi va ma’lumotlar 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyotidan olinadi.


"Avlod korxonalariga bo’lgan qarzlar" (510-satr) moddasida avlod korxonalar bilan joriy qarzlar (balanslararo hisoblashish) bo’yicha ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda avlod korxonasi timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda strategik iqtisodiy siyosat masalalari bo’yicha joriy, investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy su’yektga doimiy ravishda berilgan bo’linmalar tushuniladi. Asosiy su’yekt va uning avlod korxonalari bo’yicha ma’lumotlar jamlanishi lozim. Yig’ma hisobotda ko’rsatilgan moddalar 6110-"Mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalarga bo’lgan to’lovlar" schyoti yordamida jamlanadi.

"Uyushma korxonalariga qarzlar" (520-satr) moddasida 6110-"Mustaqil balansga o’tkazilgan bo’limlarga bo’lgan to’lovlar" schyotida hisobi yuritiladigan uyushma korxonalariga bo’lgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi.


"Boshqa kreditorlar" (530-satr) moddasida "Kreditorlar bilan hisoblashishlar" guruhining moddalarida o’z aksini topmagan boshqa hisoblashishlar bo’yicha qarzlar ko’rsatiladi. "Kreditorlar" guruhi bo’yicha su’yektning mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjetga, mehnat haqi bo’yicha su’yektning xodimlariga, ijtimoiy sug’urta va ta’minot muassasalaridan tashqari boshqa su’yektlarga bo’lgan kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Тegishli ma’lumotlar 6800-"Har xil kreditorlarga bo’lgan qarzlar va boshqa hisoblangan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar"dan olinadi.
“2-bo’limning jami” (540-satr) moddasida 400-530 satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
"Balansning passivi bo’yicha hammasi" (550-satr) moddasida 390 va 540 satrlar yig’indisining natijasi yordamida topilgan balans passivining miqdori aks ettiriladi.

Хulosa
Balans hisoboti ma’lumotlari su’yektning tashkiliy qayta qurilishi, tovar-moddiy zaxiralarining qayta baholanishi va boshqa shunga o’xshashlarni hisobga olgan holda, 3-ustunda, ya’ni kirish balansining ma’lumotlari yil boshiga ko’rsatiladi.
Balans moddalarining va umumiy summasining yil boshiga va yil oxiriga ma’lumotlarining bir-biriga mos bo’lishi uchun tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga bo’lgan balans moddalari va guruhlangan bo’limlariga mos keltirilishi shart.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling