O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet77/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

8.5.1-chizma.
Davlat tomonidan belgilangan hisobotlar uchun zarur ma’lumotlarning shakllanishi


Dastlabki hujjatlar

Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi


Hisob-kitoblar, yig’ma va boshqa hisob registrlari



Moliyaviy, statistik va soliq hisobotlari

Тabiiyki, buxgalteriya hisobi ham ushbu xo’jaliklarda sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining mazmuni, turi va hajmini e’tiborga olgan holda turli darajada tashkil qilinishi mumkin. Shu nuqtai nazardan O. Bobojonov va D.Matyaqubovlarning quyidagi fikrlari o’rinlidir.


  1. Бобожонов О., Матякубов Д. Х¤жалик юритувчи субъектларнинг бош¢арув ¦исобини юритишда ¦исоб сиёсатининг ¤рни.. //Хал¢аро-илмий –амалий конференция материаллари. Тошкент: ТМИ, 2002 йил 15 март. 246б.(108 б).

149


«Hisob siyosatini tuzish jarayonini me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishdan tashqari soliq rejasi bilan chambarchas bog’langan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki uni tuzishga quyidagi omillar ta’sir qiladi;

-su’yektning huquqiy va tashkiliy tuzilishi;

-hajmi;

-faoliyatining hududi42.


Korxonalarning hajmi ko’proq hisob siyosatining uslubiy jihatlariga nisbatan texnikaviy va tashkiliy jihatlariga ko’proq ta’sir qiladi. Chunki sodir bo’lgan operatsiyalarni aks ettiruvchi dastlabki hujjatlar, ularni qayta ishlashda qo’llaniladigan hisob registrlari va hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi ishchi schyotlari rejasi ham turlicha tartibda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan buxgalteriya hisobini tashkil qilishga bag’ishlangan ilmiy maqolalar va iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini yuritishda ularning hajmi, ixtisoslashuvi, mahsulot turlari va qayta ishlash sohasining rivojlanish darajasidan kelib chiqish maqsadga muvofiq43, deb hisoblaydi.
Hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan asosiy masalalar nafaqat moliyaviy, statistik va soliq hisobotlarini, balki xo’jalikni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarini shakllantirishi bilan bog’liq masalalarga ham qaratilishi zarur.
Ma’lumki, tadbirkorlik su’yektlari o’zlarining istiqboldagi rivojlanishini belgilashlari uchun nafaqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan, balki boshqa iqtisodiy ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Bunda buxgalteriya hisobi fermer xo’jaligi faoliyati haqida haqiqiy axborotlar berish bilan ishtirok etadilar. Bu yerda buxgalteriya hisobi o’z vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishi uchun, eng avvalo, iqtisodiy ko’rsatkichlarning taqqoslash imkoniyatini vujudga keltirishi zarur. Chunki fermer xo’jaligi istiqboldagi rivojlanishini belgilab olish uchun o’tgan yillardagi faoliyatini tahlil qiladi.
Shu nuqtai nazardan xo’jalikda yetishtirilayotgan mahsulotlarning rentabellik darajasi tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sishga erishish uchun qanday yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish va ularning sifatini yaxshilash uchun yana qancha xarajatlar qilinishi hamda ulardan kutiladigan daromadlar tahlil qilinadi. Shuning uchun ham yuqoridagi uchinchi va to’rtinchi masalaning yechimini topishda buxgalteriya hisobining texnik jihatida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishda ishchi schyotlar rejasi, buxgalteriya hisobining
shakllari hamda hisob registrlarini tanlash, hujjatlarning rekvizitlarini takomillashtirish, hujjatlar aylanishi, shuningdek, boshqa ularning tarkibiy qismlarida hisobga olinishi lozim.
«Korxona barcha sintetik schyotlar yig’indisidan o’z faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda moliya-xo’jalik muomalalarini aks ettirish uchun zarur sintetik schyotlarni tanlaydi. Korxona sintetik schyotlarga qo’shimcha subschyotlarni kiritishi, aniqlashi va chiqarishi, shuningdek, subschyotlarga

42 Бобожонов О., Матякубов Д. Х¤жалик юритувчи субъектларнинг бош¢арув ¦исобини юритишда ¦исоб сиёсатининг ¤рни. //Хал¢аро-илмий –амалий конференция материаллари. –Тошкент: ТМИ. 2002 йил 15 март. 246-бет.
43 £ша ерда. 109 -бет.
150

qo’shimcha analitik hisoblarni belgilash huquqiga ega»44. Bundan tashqari tadbirkorlik su’yektlari analitik hisob ob’yektlarini aniqlaydi.


Hisob siyosatining texnik jihatidagi asosiy masalalardan biri buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi hisoblanadi. hozirgi kunda ushbu masalaning dolzarbligi tadbirkorlik su’yektlari uchun hujjatlar aylanishining umumiy tartibi ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham ular yirik korxonalarda qo’llaniladigan hujjatlar shaklidan foydalanadilar.
Bizningcha, hisob siyosatida hujjatlar aylanishini rasmiylashtirishda xo’jalik yurituvchi su’yektlarda tuziladigan dastlabki hujjatlar va ularning harakati o’rganilishi zarur.
Fikrimizcha, hujjatlar aylanishini hisob siyosatida to’g’ri rasmiylashtirish uchun ularni quyidagi ketma-ketlikda tahlil qilish zarur:

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling