O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


-BOB SPORT JIHOZLARI BILAN BAJARILADIGAN MASHQLAR


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

3-BOB SPORT JIHOZLARI BILAN BAJARILADIGAN MASHQLAR
 
3.1 Amortizator bilan mashq bajarish. 
Amartizator - kuch o‗stirishning juda yaxshi vositasi hisoblanadi. Tajriba shuni 
ko‗rsatadiki, gantel va shtanga bilan mo‘tadil shug‗ullanish natijasida mashqlarni 
bajarishda «portlash va kuch» xususiyati hosil bo‗ladi. Endi amortizatorga kelsak, 
u nafaqat kuchni, balki umuman quvvatni, chidamlilikni, gavdani mutanosibligini 
rivojlantiruvchi manbadir. Amartizator sifatida dorixonalarda sotiladigan qalinligi 
3-5 mm, uzunligi 2-5 m rezina bilan foydalanish mumkin. 
Shuni eslash kerakki, bint tarangligi mashq paytida bilakka o‗rab-o‗rab
bajarishga bog‗liqdir. Undan tashqari, mashq bajarganda elastik bint qarshiligi
harakat oxirida maksimal bo‗lishi kerak. 
1-mashq. D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda pastda
ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni to‗g‗ri tutgan holda yon tomondan qo‗lni yozib 
bosh ustiga ko`tariladi. Bajarilganda tirsaklarga bukiling. 
Ikki seriyadan har birida 12 martadan takrorlanadi. 
2-mashq. D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda pastda
ushlab turiladi. Bajarilishi: qo‗llarni to‗g‗ri tutgan holda oldinga-yuqoriga 
ko`taring. Mashqni ikki marta har birida 10-14 martadan bajariladi. 
3-mashq.D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda bel 
balandligida ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni yelkagacha ko‗tarib bukish va yozish. 
Mashqni 2 marta 10-12 martadan bajariladi. 
4-mashq. D.x-chalqancha yotgan holatda amartizator bosh ustida ushlab 
turiladi, rezina uchlari to‗g‗ri qo‗llarda bosh ustida ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni 
bukmay amartizatorni tortib sonlar ustiga tushiring. 
Mashq ikki marta 10-12 martadan takrorlanadi. 
5-mashq. D.x-to`rtinchi mashqning o‗zi– elastik bintni iyakka (tirab) gavda 
bilan tortib boradi. Mashqni ikki marta 10-15 martadan bajaraladi. 
6-mashq. D.x-polga o`tirgan holatda amartizator oyoq uchlariga ilinadi. 
Bajarilishi: gavdani bir oz engashtirib, eshgak
eshuvchi singari qo‗llarni sekin
bukib va yozish. Qo‗llar bukilganda belgacha keladi. Mashqni ikki marta 10-12 
martadan bajariladi. 
7-mashq. D.x-oltinchi mashqning o‗zini gavdani ko‗tarib, peshanani
tizzalarga, qo‗llarni oyoq uchlariga tekkizish bilan bajarish. Mashqni ikki marta 25-
30 martadan takrorlash 
 8-mashq. D.x-oyoqlar juft, qo‗llar belda amartizator orqadan polga bog`lanib, 
oyoqning to‗pig`iga bog‗lanadi. Bajarilishi: o‗ng oyoqni oldinga siltab ko`taring, 
sung amartizatorga yuzlanib o`ng oyoqni orqaga siltang. Har bir oyoqda mashq 
10-12 martadan takrorlanadi. 
9-mashq. D.x-amartizator uchi boshda tasmaga bog‗lanadi. Ikkinchi uchi 
oyoqlar tagida. Bajarilishi: qo‗llarni tizzalarga tirab, gavdani oldinga-pastga egish. 
Mashqni ikki marta 10-12 martadan bajariladi. 


49 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling