O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Asosiy holat va siljishlarga o„rgatishning texnika, taktika va usuliyoti


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

4.6 Asosiy holat va siljishlarga o„rgatishning texnika, taktika va usuliyoti 
 
O‗zbekcha milliy kurashga o‗rgatish metodikasini biz kurashning olimpiada 
turlari rezervi sifatida razryadi sportchilar va sport masterlari tayyorlovchi 
mashg‗ulotlarning vositalari, metod va turli formalari birligi deb qaraymiz. 
Kurashchilarni tayyorlash texnikasi, taktikasi va metodikasini bayon qilishda 
materiallar o‗zaro bog‗liq holda yuritiladi. Bunda o‗qitish va tarbiyalash metodikasi 


79 
shug‗ullanuvchilarning trener rahbarligida ijodiy mustaqil faoliyati uchun 
beriladigan topshiriqlar sistemasi asosida tuziladi. 
Mazkur metodika nayzabozlik, boks kabi yakkama-yakka olishish turlarida 
keng ochib berilgan. Shuningdek, buni milliy kurashda ham ochib berishga harakat 
qilingan. Biz materiallarni quyidagicha sistema bo‗yicha bayon qilamiz: 
1. Shug‗ullanuvchilar oldiga xususiy vazifa qo‗yish. 
2. Kurashchilarni uyushtirish va harakatlar to‗g‗risida axborot berish. 
3. Harakatlar va ularni bajarishga doir topshiriqlar. 
4. Trenerning nimalarga e‘tibor berishini, kamchiliklarni va xatolarni 
yo‗qotishga oid bergan metodik ko‗rsatmalari, texnik-taktik harakatlarni shaxsan 
baholash. 
 
4.7 Kurashchining tik holati va uning tur-holatlari 
 
Xususiy vazifa: 
Kurashchining tik holatlarga o‗rgatish. 
Guruhni o‗ziga qaratib, ikki sherenkaga saflanganidan keyin, trener kurashchi 
tik holatining taktik ahamiyatini tushuntiradi hamda hujum va himoya harakatlarida 
kurashchining eng qulay, foydali holati sifatida uni namoyish qilib ko‗rsatadi. 
Shundan keyin, trener tik holatini bajarish texnikasidagi asosiy tomonlarini, qo‗l, 
oyoq, gavda, boshning holatini bayon qiladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq. 
1-topshiriq. Asosiy tik turish holatidan chap, o‗ng oyoqni oldinga bir qadam 
tashlash, oyoqlari tizzadan bir oz bukish, gavdani oldinga bir oz engashtirish, yarim 
bukilgan qo‗llarni oldinga chiqarish, gavda og‗irligini har ikki oyoqqa bir xilda 
taqsimlash bu kurashchining yuqori tik turishi. 
Mustaqil ravishda 8-10 marta kurashchining yuqori tik turish holatini 
egallangan holda shu holatni 5-6 sekund, his etish va dastlabki holatga qaytish. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
Turish holatini egallab barqaror holatni his eting. 
- ortiqcha zo‗riqmang; 
- qo‗llarni haddan tashqari oldinga uzatmang; 
- oyoqlarning to‗g‗ri joylashishiga e‘tibor bering; 
- gavda og‗irligini har ikki oyoqqa bir xilda taqsimlang, oldinga qarab turing. 
2-topshiriq. Kurashchining tik turish holatini egallang, ammo yuqori, o‗rtacha, 
past turish holatlarini almashtirib turing. Trener topshiriqni berish bilan birga 
turlicha tik turish holatlarini ko‗rsatadi.
Turlicha tik turish holatlarini bajaring. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling