80
O‗rta masofa – kurashchilar bir-birlarini uzatilgan qo‗l
masofasida ushlab
oladilar.
Uzoq masofa – kurashchilar
ushlasha olmaydilar, bir-birlarini chamasi 1,5-2
metr oralig‗ida turadilar.
Masofadan tashqari – kurashchilar bir biridan ko‗proq masofa narida turadilar.
Juftlama qadam bilan oldinga, orqaga va tomonlarga siljish usullarini namoyish
qilish trenerga yuzi bilan qaragan holda ikki sherenkaga o‗tkaziladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq
1-topshiriq. Chap o‗ng turish holatidan bitta-bitta juftlama qadam tashlab 1
daqiqa mobaynida oldinga siljish, keyin orqaga turib to‗g‗ri qadam tashlab qaytish.
Metodik ko‗rsatmalar:
- oyoqlarni chalishtirmay, orqada turgan oyoqni yerga oyoq uchi bilan qo‗yish;
-
oyoqlarni uncha keng ham, uncha tor ham qo‗ymagan
holda bir oz bukib
turish;
- oyoqni taxminan tovon kengligida qo‗yish.
2-topshiriq. Oldinga, orqaga, chapga va o‗ngga yakka qadam bilan siljish.
Qadamni dastlab bir maromda tashlash, keyin esa ritmni o‗zgartirish – goh tez, goh
o‗rtacha, goh sekin suratda qadam tashlash. Topshiriq
ikki daqiqa mobaynida
bajariladi.
Metodik ko‗rsatmalar:
- siljiyotganda sherigiga ahamiyat berib borish, u bilan to‗qnashib ketmaslikka
intilish;
- sur‘at
va ritmni buzib, qadam uzunligini o‗zgartirish,
goh kichik, goh
o‗rtacha, goh katta qadam tashlash;
- qo‗llarni pastga tushirmasdan turib, go‗yo sherigini ushlab turganday harakat
qilish.
3-topshiriq. Yakka holda siljishni turli xilda birlashtirib takomillashtirish.
Uzoq masofada bir-biriga qarama qarshi ikki sherenkaga saflanish.
Birinchi raqamlilar masofani
saqlashga harakat qiladilar,
ikkinchi raqamlilar
esa masofani buzadilar. Topshiriq 1 daqiqa mobaynida bajariladi, so‗ngra raqamlar
almashiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: