81
yengini yuqorisidan yoki pastidan ushlab, juftlama qadam bilan turli tomonga siljish
2 daqiqadan keyin turish va ushlash holatini mustaqil ravishda o‗zgartirish.
Metodik ko‗rsatmalar:
- siljitayotganda qadamlarni xilma-xillashtirish, juftlama yoki qo‗shaloq qadam
tashlash;
- siljish tezligini xilma-xillashtirish, qadam uzunligini o‗zgartirish;
- siljiyotib ushlash holatini: yuqoriroq, pastroq, o‗ziga o‗ngay qilib o‗zgartirish;
- yonida mashq o‗tkazilayotgan juftlarga e‘tibor berish, ular bilan to‗qnashib
ketishdan saqlanish.
2-topshiriq. Xuddi shunday sherigi
bilan ushlashib oldinga, orqaga, yon
tomonlarga va aylana bo‗lib siljish. Sherigi bir oz qarshilik ko‗rsatadi.
Metodik ko‗rsatmalar.
- shoshilmasdan, ushlab olish uchun qulay paytni tanlash;
- siljiyotganda barqaror turish holatini saqlash;
- necha marta tortib o‗tkazganligini hisoblab borish;
- sherigini tortib o‗tkazganda qoidani buzmaslik, ushlab olgach qo‗lni qo‗yib
yubormaslik.
Mashqlarni bajargandan keyin trener har bir shug‗ullanayotgan
juftlikdan
necha marta tortib o‗tkazganliklarini so‗raydi va ularning harakatlarini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: