O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov
Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)
5.5 Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan kelib chiqadigan muhim qoida va talablar Yakkama-yakka kurashish turlaridagi sport trenirovkasi sportchilarining asosiy tayyorgarlik formalari sifatida jismoniy tarbiya sistemasining barcha qonuniyatlari, xususiyatlari va prinsiplariga buysunadi. Ular quyidagilardan iborat: - har tomonlamalik, ya‘ni aqliy, axloqiy, g‗oyaviy, siyosiy, jismoniy va estetik tarbiya hamda mehnat tarbiyasining qo‗shib olib borilishi; - ilmiylik; - sog‗lomlashtirish va amaliy yo`nalishda; - bo‗lishlik; - xalqchilik va internatsionalizm. Bu prinsiplarning mazmunini jismoniy tarbiya sistemasining sotsial funksiyalarni, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari va qurilish vazifalari bilan belgilanadi. Sistema kishilarning jismoniy tomondan takomillashuviga yordam berishga, ularda keng dunyoqarash, yuksak axlokiy sifatlar va to‗g‗ri estetik idrokni tarkib toptirishga da‘vat etilgan. Jismoniy tarbiya sistemasi-xalqimizning jismoniy kamol topishiga qaratilgan tashkiliy, metodologik, ilmiy-pedagogik prinsiplar va talablar yig‗inlari bo‗lib hisoblanadi. Shu boisdan ham u oila tarbiyasidan tortib to Qurolli kuchlardagi jismoniy tayyorgarlik va professional amaliy-jismoniy tayyorgarlikkacha bo‗lgan o‗z bosqichlariga ega. Kurashchilarning sport trenirovkasi o‗ziga xos xususiyatlarga ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yo`qdir. Bu esa trenerlari ana shu xususiyatni e‘tiborga olishga majbur etadi. Chunki uning asosida sport trenirovkasiga xos bo‗lgan imkoniyatlar yotadi. Bu qonuniyatlarga quyidagilar kiradi: 1) qat`iy ixtisolashish va trenirovka protsessini individuallashtirish tufayli yuqori sport natijalariga intilish hissi va shunga yo‗nalganlikni tarbiyalash. Bu mamlakatimizda sport faoliyatining tashkil etilishi, musobaqalar sistemasi va sportning rag‗batlantirilishi kabi barcha yo‗llar bilan qiziqtirish natijasida amalga oshiriladi. 2) tanlagan sport turida har tomonlama rivojlanish bilan ixtisoslashishning birligi hamda shaxsni garmonik rivojlantirishga intilish. 3) tanlangan sport turida yil davomida va ko‗p yillar mobaynida trenirovka protsessining o`zluksizligi. Trenirovkalarning sportchi organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal rivojlantirishga va har bir mashg‗ulotdan olingan samaraning bundan oldingi mashg‗ulot samarasiga qo‗shilib borishini hisobga olib, mahorat cho‗qqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar organizmning talab etilgan holati qisman bo‗lsada tiklanmasligi ko‗zatilsa, trenirovkalarning davriyligiga yo‗l qo‗yiladi. Sportchining trenirovka nagruzkalari va dam olishi qayta ko‗rib chiqiladi. 4) nagruzkalar dinamikasida maksimumga yo‗l tutib asta-sekin va sakrab- sakrab mashq qilishni qo‗shib olib borish. 96 Maksimum yuklama deganda organizmning funksional imkoniyatlari doirasidagi yuklamani tushunmoq kerak va hech qachon uni holdan toyguncha yuklama berish bilan tenglashtirish mumkin emas . 5) trenirovka jarayonining siklligi deganda, trenirovka ishi davrlari va fazalarining ayrim mashqlar, mashg‗ulotlar, trenirovka bosqichlari va davrlari qisman takrorlanadi. Ana shu siklli davrda mikrotsikllar 3-5 kun, mezotsikllar va makrotsikllar farqlanadi. Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirovkasi jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh sportchini birinchi kundanoq o‗rgatish lozim. Ishga faqat professional mahoratni emas balki qalb to‗rini ham sarflab kirishish kerak. Bularning barchasi milliy kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan miliy kurash bilan shug‗ullanishga yondashish hissini hosil qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur. 1) trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga o‗rgatish hamda yuqori natijalarga o‗z-o‗zini takomillashtirishga intilish hissini tarbiyalash kerak. 2) mehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport rejimiga axloq normalariga qat‘iy rioya qilishga odatlantirish lozim. 3) texnik–taktik harakatlarning ma‘nosiga tushunish, sherigi, raqiblarining fikrlari va harakat uslubini bilib olishga o‗rgatish, kurash nazariyasini chuqur analiz qilish yo`li bilan o‗z tajribasini boyitish zarur. 4) usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni va kurashdagi masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur‘ati, tezligi amplitudasini o‗zgartirish bilan texnik harakatlarni ijodiy bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish, kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish o`quvini tarbiyalash. 5) texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, o‗z kurash usulini majbur etish, g‗alabaga erishish uchun darsdagi trenirovka harakatlarini kurash vaziyatida malakalariga o‗rgatish. 6) asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va o‗z repertuaridagi kurashish harakatlariga oid ko`nikmalarini, kurash variantlari va kombinatsiyalarini rivojlantirish uchun uy sharoitida doimo o‗z mahoratini takomillashtirishga odatlantirish. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling