O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Mashg`ulotni tashkil etish tamoyillari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

2.4 Mashg`ulotni tashkil etish tamoyillari 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, kurash mashg`ulotlarini tashkil etish muayyan 
talablar va qoidalarga amal qilishni nazarda tutadi. Bunday qoidalar va tartiblar 
majmuini birlashtirgan holda mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillari deyish 
mumkin. 


29 
Zamonaviy 
pedagogika 
nazariyasida 
uqitish 
tamoyillari 
quyidagi 
yo`nalishlarga qaratilganligi ta‘kidlanadi. 
1. O`qitishning tarbiyaviy xususiyati. 
2. Har tomonlama rivojlantirish. 
3. Sog`lomlashtirish. 
Sport kurashlari bo`yicha mutaxassislarning fikricha mashg`ulotlarni tashkil 
etish tamoyillari o`z ichiga sport tayyorgarligini tashkil etishning didaktik 
mohiyatini birlashtiradi. Mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillari quyidagilardan 
iboratligi yetakchi olimlar tomonidan ta‘kidlab o`tilgan (F.Kerimov, 2001). 
1.Ilmiylik tamoyili. 
2.Yengillik (osonlik) tamoyili. 
3.Muntazamlilik tamoyili. 
4.Onglilik va faollik tamoyili. 
5.Ko`rgazmalilik tamoyili. 
6.O`quv materialini puxta o`zlashtirish tamoyili. 
7.Jamoali o`qitish va individual yondashish tamoyili. 
8.O`qitishning amaliyot bilan botlikligi tamoyili. 
9.O`qituvchi (murabbiyning) yetakchilik tamoyili. 
Sportdagi 
jadal 
rivojlanish 
sport 
mashg`ulotlarini 
har 
tomonlama 
takomillashtirish va yaxshilashni nazarda tutmoqda. Bu boradagi izlanishlar va 
kuzatishlar xorijiy olimlar ilmiy ishlarida ham o`z aksini topgan. 
Bizning fikrimizcha, kurashchilar tayyorlash va mashg`ulotlar tashkil etish 
umumiy pedagogika va sport mashg`ulotlari nazariyasi tamoyillari asosida tashkil 
etilishi zarur. 
Bir qator maxsus adabiyotlardagi ma‘lumotlarni umumlashtirgan holda kurash 
bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etish tamoyillarini quyidagicha tavsiya etamiz. 
1.Onglilik va faollik tamoyili. 
2.Ko`rgazmalilik tamoyili. 
3.Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. 
4.Ilmiylik tamoyili. 
5.Individuallashtirish va kuchiga yarashalilik tamoyili. 
Onglilik va faollik tamoyili. O`qitish va o`rgatish jarayonlari doimiy ravishda 
ongli munosabatni talab etadi. Mashqni o`rganish mobaynida sportchi nimani 
o`rganayotganligi va uning ahamiyatini tushunishi lozim. Aks holda mashqni 
o`rganish jarayonlari samarasi pasayadi. 
Onglilik va faollik tamoyilining asosiy jihati shundaki, har qanday 
o`rganilayotgan mashq yoki mashq elementiga ongli va faol munosabat 
shakllantirilgan bo`lishi lozim. 
Onglilik va faollik tamoyilini mashg`ulot jarayonida amalga oshirishda 
quyidagilarga ahamiyat qaratish lozim: 
bajarilayogan barcha harakat amalllari ongli ravishda bajarilishi, maqsadga 
qaratilgan bo`lishi lozim; 
bajarilayotgan v a o`rganilayotgan mashqlar mohiyati va ularning ahamiyati 
tushuntirilishi kerak; 


30 
mashqlarni bajarish tartibi va tuzilishi shunday tuzilishi kerakki, natijada 
ilgarigi mashqlar oson va aksincha yangilari qiyinroq tuyulsin; 
mashqlarni 
bajarish 
jarayonida 
shug`ullanuvchilarning 
qiziqishlari 
pasaymasligiga ahamiyat qaratish lozim. 
Ko`rgazmalilik tamoyillari. Kurashda o`rgatish va mashqlarni takomillashtirish 
uchun asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Ma‘lumotlarga qaraganda inson miyasida 
shakllanadigan harakat amallarining kalla qismi bevosita ko`rish orqali o`rganish 
natijasida amalga oshar ekan. Bundan ko`rinadiki, ko`rgazmalilik tamoyili kurash 
usullari, texnik harakatlarini o`rganishda muhim o`rin tutadi. 
O`qitishning ko`rgazmalilik tamoyili mashqni o`rgatishning har bir bosqichida 
namoyon bo`ladi. Trener bevosita tushuntirish, tasvirlash va ko`rsatib berish orqali 
ushbu tamoyil talablarini amalda bajarishi mumkin. Ko`rgazmalilik tamoyilini 
amalda qo`llash uchun quyidagi talablarni bajarish tavsiya etiladi: 
o`rgatilayotgan mashq albatta, yaxlit holatdan bo`laklarga bo`lib o`rgatish 
tomon borishi kerak; 
mashq to`g`risidagi to`liq tasavvur (mashqning tashkil formasi, bajarilishi, 
tezligi, harakatlar uyg`unligi va boshqalar) sportchilarda shakllanishi kerak; 
murakkab mashqlar qismlarga bo`lib o`rgatilishi lozim va keyinchalik ular 
umumiy birlikka birlashtiriladi. 
Ko`rgazmali vositalardan foydalanish o`z o`rnida olib borilishi kerak. 
Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Kurashda biror bir mashqni malaka 
darajasida egallash, va umuman, yuqori sport natijalariga erishish tizimli 
mashg`ulotlar olib borish va mashg`ulotlarda muntazam ishtirok etishni talab etadi. 
Bu degan so`z, mashg`ulotda shunchaki ishtirok etibgina qolmay, balki, maqsadli 
ravishda, reja asosida shug`ullanishni anglatadi. 
Tizimlilik va muntazamlilik tamoyilining mohiyati shuni ko`rsatadiki, 
mashg`ulotlar borgan sari murakkablashib va qiyinlashib boradi. Shunga qaramay 
sportchi mashg`ulotlarda doimiy ishtirok etishi va mahoratini oshirib borishi lozim. 
Butun bir mashg`ulotlar umumlashgan holda sportchi tayyorlarligini yaxlit 
tuzilishini aks ettirishi kerak. Mazkur tamoyil talablariga ko`ra mashg`ulotlar 
doimiy ravishda o`sib boradi va oldingi mashq kelgusi mashqning mantiqiy davomi 
sifatida aks etadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling