O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Vositalar: bajarish texnikasi shug‗ullanuvchilar o‗zlashtirib oladigan yoki tez 
o‗zlashtirib oladigan yengil mashqlar; signal, belgilar bo‗yicha turli holda saflanish 
va qayta saflanishlar; har xil yurish-yugurish, umumiy va maxsus tayyorgarlik 
hamda maxsus xarakterdagi gimnastika mashqlari; kuch, tezkorlik, chidamlilik
epchillik, egiluvchanlik, cho‗zilish va muskullarni bo‗shashtirish mashqlari, 
harakatlar safligi oid mashqlar, yuklamalarni asta-sekin oshirib, eng oddiy sakrash, 
umbaloq oshish mashqlari, shuningdek, oddiy harakatli o‗yinlar va yakkama-yakka 
olishish elementlari bo‗lgan mashqlar va h.k.. 
Darsning asosiy qismida vazifalarni bajarish bilim berish bilan bir vaqtda, 
ta‘lim, tarbiya berish, sog‗lomlashtirish vazifalari, kurashga oid umumiy va maxsus 
vazifalar hal etiladi. Shu bilan harakat apparatini va organizmning barcha tizimlarini 
har tomonlama rivojlantirish, hamda mehnat va sport faoliyatida zarur bo‗lgan 
jismoniy sifatlarni tarbiyalash: 
-shug‗ullanuvchilarning harakat faoliyati, kurash sohasidagi bilimlar, 
―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ test me‘yorlariga doir hayotiy muhim bo‗lgan amaliy 
kunikma va malakalar bilan qurolantirish vazifasi qilib qo‗yiladi. 
Asosiy vositalar. Buyumlarsiz va buyumlar, koptok, va boshqalar bilan 
bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi, tayyorgarlik va maxsus mashqlar. Asosiy 
mashqlar – kurashdagi taktik-texnik harakatlar, sport kurashini barcha turlarini 
elementlaridan foydalanish shular jumlasidan, yengil atletika, gimnastika, suzish, 
sport o‗yinlari va hakozo. 


32 
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi 
sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik 
tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham xal etiladi. 
Darsning yakunlovchi qismida esa organizmni nisbatan tinch holatga keltirish 
bilan yakunlanib quyidagi vazifalarni hal etadi: 
- organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan muskullarni ortiqcha 
zo‗riqishni kamaytirish; 
- emotsional holatni tartibga solish, mashg‗ulotni yakunlash ishlarini qisqacha 
tahlil qilish va baholash, uyga vazifa berish va hakozo. 
Birinchi faza - darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda 
mashg‗ulotning puxta o‗ylangan konspekt-rejasini tuzish; zalni, maydonchani, 
jihozlarni, tulum va hakozolarni tayyorlash, shug‗ullanuvchilar kontingenti soni
tayyorgarligi vazifalari va hakozolarni hisobga olish. 
Dars konspektiga yaxshi tayyorgarlik ko‗rgan guruh rahbarlari, hakamlar, 
razryadchi sportchilar, axborotchilar va hakozolarning mavjudligini hisobga olish 
muhimdir. 
Ikkinchi faza – darsni o‗tish hisobiga darsni o‗z vaqtida boshlash va 
shug‗ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mashg‗ulot mavzusini qisqacha bayon qilish, 
xususiy vazifalarni va talabalarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan 
topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy uslubiy 
ko‗rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‗qotish zarurligini 
aytish, hatti-harakatlarni baholash bilan qo‗shib olib boriladi va bunday dars 
talabalarning ijodiy mustaqilligini oshiradi. 
Uchinchi faza - darsni yakunlash – darsning yakunlovchi qismida o‗qituvchi 
o‗zi uchun ham, talabalar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan materialni 
tahlil qiladi va kelgusi mashg‗ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u dars rejasida 
materialni qanday o‗zlashtirilganligi, yuklama o‗quvchilarga qanday ta‘sir 
etganligini, qanday yangi uslub yoki usullardan foydalanganligi, tarbiya, mustaqil 
ishlar, uy vaziflari va boshqalarda nimaga e‘tibor berish kerakligini qayd qiladi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling